So’nggi yangiliklar

23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  4 23:07АПЛ. "Арсенал" — "Челси". Парти, Сака ва Мудрик асосий таркибда  3 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  148 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  14 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  11 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  3 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  3 20:07Асрор Алиқулов: "Олимпиада йўлланмасини қўлга кирита оладиган таркибимиз бор"  2 19:59"Милан" Жиру ўрнига кимни олиб келади?  2 19:40Ўзбекистон U-23 терма жамоаси "Халифа" стадионида!  13 19:22Рауль "Реал"ни тарк этишга тайёр  4 19:01Ўзбекистон ва Вьетнам ўзаро ўйинлар тарихи ёхуд "қорли финал"ни эслаб  4 18:30Тухель АПЛ ва Ла Лига ўртасида танлов қилди  3

OCHL. SHota Arveladze: "Negredoga qarshi hushyor o'ynashga intilamiz" Yangiliklar

OCHL. SHota Arveladze: "Negredoga qarshi hushyor o'ynashga intilamiz"

Ertaga, 19 fevral kuni OCHL saralash bahslari doirasida "Al-Nasr" - "Paxtakor" o'yini o'tkaziladi.

Bugun esa ana shu uchrashuvdan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. "Championat.asia" xodimi SHahboz Beg'amov "sherlar"ning OCHL guruh bosqichiga chiqishi hal bo'ladigan bellashuvni yoritish maqsadida BAAga yo'l olgan. Ayni paytda Dubaydagi "Al Maktum" stadionida "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze hamda jamoa himoyachisi Egor Krimec ishtirokidagi matbuot anjumani bo'lib o'tdi.


SH.Arveladze: - Bizni bir o'yindan iborat qiyin bahs kutib turganini bilamiz. Guruh bosqichiga chiqish uchun tig'iz taqvimda o'ynash va yaxshi futbol ko'rsatish talab etiladi.

- Raqib o'yinlarini kuzatdik, kuchli jihatlarini o'rgandik. Bu jamoani hurmat qilamiz, ammo oldimizga g'alaba qozonish maqsadini qo'yganmiz.


Negredoga qarshi hushyor o'ynashga intilamiz. SHunga harakat qilamiz. Xalqaro tajribamizdan foydalanishga urinib ko'ramiz.


- Bunday musobaqada o'ynaganda hamisha muvaffaqiyat sari intilish zarur. Ertaga esa bir o'yindan iborat to'qnashuvda buni uddalashga urinamiz.

Bu jamoa ilgari O'zbekiston klublari bilan o'ynagan, ammo ular bir necha yil oldin kechgan. Bizni kutib turgan bellashuvda buning ahamiyati yo'q. Ertaga zafar quchish lozim bo'lgan odatiy uchrashuvni o'tkazamiz. Unda aynan qanday o'ynashimiz o'yinning borishi va raqibga ham bog'liq. Imkoni boricha "Nasr"ning kuchsiz taraflaridan foydalanishga intilamiz.



E.Krimec: - Biz bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Avvalgi haftada Iroq jamoasini mag'lubiyatga uchratdik. Guruh bosqichiga yo'llanma olish uchun endi navbatdagi bellashuvda g'olib chiqishimiz kerak. Biz buni uddalashga intilamiz. Oldimizga yutuqqa erishish maqsadini qo'yganmiz.

- Ertangi o'yin oldidan raqibni chuqur o'rgandik, o'yinlarini tahlil qilib, kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganib chiqdik. Murabbiylarimiz kerakli ko'rsatmalarni berishgan va ertaga shunga qarab o'ynaymiz.

- Ertangi raqibimiz haqida etarlicha tasavvurga egamiz. Umuman arab jamoalariga qarshi ko'p o'ynaganmiz va ularning hamma tomonlarini o'zlashtirganmiz. Ertangi bellashuvda muxlislar bizdan faqat g'alaba kutmoqda. OCHL guruh bosqichiga chiqishni maqsad qilganmiz va bu yo'lda ertaga g'alaba uchun maydonga tushamiz.

Reyting: +51   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика