OCHL. “SHabab Al-Ahli” penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi
26 sen 2020 21:33
Yangiliklar


OCHL. “SHabab Al-Ahli” penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi
O'yinda hisobni 1-taym o'rtalarida chiroyli zarbasi bilan Azizjon G'aniev ochdi. Uning uzoqdan tepgan to'pini davozabon qaytara olmadi. Ikkinchi bo'lim boshida Omar Al Soma penaltini aniq amalga oshirib, uchrashuvdagi muvozanatni tikladi – 1:1. SHu tariqa, asosiy bo'limlarda g'olib aniqlanmadi. Ekstra taymlarda ham tablodagi "birlar" o'zgarmadi va bosh hakam jamoalarni penaltilar seriyasiga taklif etdi. Futbol lotereyasida esa saudiyaliklar omadli chiqdi va chorak finalga yo'l oldi.
Aytish joiz, G'aniev penaltilar seriyasida ham zarba berishda adashmadi. Uning jamoasidan Ahmad Halil va Abdulla Al Naqbi raqib darvozabonini dog'da qoldirolmadi.
Al Ahli Omar Al Somah - 54', Hussain Abdul Ghani - 121', Lucas Lima - 121', Abdulrahman Ghareeb - 121', Motaz Hawsawi - 121' AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 26/09/2020, 19:40
Shabab Al-Ahli Dubai FC Azizjon Ganiev - 28', Yousef Jaber - 121', Azizjon Ganiev - 121', Saeed Ahmed - 121'
“Al-Ahli” (S.Arabistoni) – “SHabab Al-Ahli” (BAA) 0:1 (0:1, 1:0, 0:0, 0:0)
Gol: G'aniev 28, Al-Soma 53 (pen.)
Penaltilar seriyasi: 4:3
“Al Vakra” o'yingohi
“Al-Ahli”: Al-Ovays, Tamin, Xavsavi, Xindi, Al-Fatil, Al-Mojahid, Alasmari, Al-Moasher, Marin, Lima, Al-Soma
“SHabab Al-Ahli”: Nosir, Jobir, Abbos, Marzuq, Xaykal, Xassan, G'aniev, Alves, Xuseyn, Al-Hammadi, Konde
TAS-IX emas
O’xshash yangiliklar

Fikrlar