So’nggi yangiliklar

19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  1 18:50Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 18:45Про лига. "Арал" – "Локомотив" 1:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  1 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  17 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  2

OCHL. "SHabab Al Ahli"ga mag'lub bo'lgan AGMK so'nggi o'ringa tushib qoldi Yangiliklar

OCHL. "SHabab Al Ahli"ga mag'lub bo'lgan AGMK so'nggi o'ringa tushib qoldi

Teglar :  AGMKSHabab Al Ahli
Osiyo chempionlar ligasi 4-turidan o'rin olgan "SHabab Al Ahli" - AGMK uchrashuvi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

OCHL-2021 guruh bosqichi.
"A" guruhi, 4-tur.
24 aprel, shanba.
"SHabab Al Ahli" - AGMK 3:1
Ar-Riyod, "Qirol Fahd" stadioni.
Hakamlar:
Sabah Al-Qaysi (Iroq), Hayder Ali Ubaydee (Iroq), Amir Davud Alvindavi (Iroq), Ali SHaban (Kuvayt).

Gollar: Xarib Abdalla (3, 1:0), Karlos Eduardo (11, 2:0), SHoxruh Gadoev (14, 2:1), Ahmad al-Hashmi (30, 3:1).

AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 77.Dilshod Ahmadaliev (20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 35), 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo'raev, 74), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar SHoahmedov, 46) - 94.Elvin Fortes (21.Sanjar Jumaboev, 52), 18.Aleksandr Kasyan, 28.SHohruh Gadoev (10.Husniddin G'ofurov, 46).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev - 9.Zafar Polvonov, 11.Murod Toshmatov, 15.Abbos Otaxonov, 19.SHeroz Jalolov.

"SHabab Al Ahli": 55.Majid Nosir, 2.Salmin Hamis, 3.Karlos Eduardo (4.Muhammad Marzuq, 76), 5.Volid Abbos, 7.Jaloliddin Masharipov, 15.Abdalla Al Naqbi, 34.Xarib Abdalla (22.Yahyo Al Gassani, 90+1), 36.Hamdan Al Kamoli, 62.Abdulaziz Sanqur, 77.Ahmed Al Hashmi, 88.Majid Hassan.
Zaxira: 17.Hassan Hamza, 9.Abdulaziz Haykal, 21.Muhammad Jobir, 30.Muhammad Juma, 66.Saud Abulrazoq, 78.Eyd Hamis, 99.Igor Jesus, Ahmad Jamil.

Ogohlantirish: Majid Nosir (15), Sardor Rahmonov (28), Sanjar Tursunov (41), Volid Abbos (90).

Shabab Al-Ahli Dubai FC

Harib Abdalla Suhail - 3', Carlos Eduardo - 11', Ahmed Al Hashmi - 30'

AFC Champions League Grp. A . 4-tur

25/04/2021, 01:00

1
:
3
Tugadi

AGMK

Shohruh Gadoev - 14'

45'
90'
3'  Harib Abdalla Suhail
11'  Carlos Eduardo
15'  Majed Naser
30'  Ahmed Al Hashmi
43'  Harib Abdalla Suhail
76'  Carlos Eduardo (Mohammed Marzooq)
90'  Walid Abbas
90'  Harib Abdalla Suhail (Yahya Al Ghassani)
14'  Shohruh Gadoev
28'  Sardor Rakhmanov
35'  Dilshod Akhmadaliev (Mirgiyoz Suleymanov)
41'  Sanzhar Tursunov
46'  Shohruh Gadoev (Husniddin Gafurov)
46'  Mirjamol Kasimov (Sanjar Shaakhmedov)
52'  Alvin Fortes (Sanjar Jumaboev)
74'  Sanzhar Tursunov (Dilshod Djuraev)

YANGILASH

Tugadi. Hech nima demayman. SHunchaki o'yin tugadi.

Siqilib kettime. Hujumda mano yo'q. Ustiga-ustak darvozabon ham aktyorlikni boshlab yubordi. Mana sizga Osiyo pitboli.

To'g'ri brat. U urushish uchun chiqarilgan. Faqat provokaciya qilmoqda futbolchilarimizga.

87. UXXXXXX!! "SHabab" futbolchisi avtogol urib qo'yishiga sal qoldi.

85. Husniddin, nervichit qilmang... Asabni asrang. 

Do'stlar, navbatdagi turda "Al Hilol" bilan o'ynaymiz. Nima deb o'ylaysiz, balki, kuchni ushbu o'yinga saqlash kerakdir?!

81. Bilasizmi, Akram Komilov qizil oladi deb o'ylagandim. So'nggi umid foli bo'lsa kerak deb o'ylagandim. Va ushbu o'ylarim uchun barchadan uzr so'rayman. Mana shu tekstni yozgunimcha AGMK futbolchilari ikki marta to'p oshirishda xatolikka yo'l qo'ydi. Mayda detal.

80. Bugun yigitlar 3-golga qadar yaxshi o'ynashdi. Uchinchi gol har tomonlama sindirdi...

78. O'yin tugashi bilan bor alamimni pabjidan olaman shekilli( Hay mayli, hammasi yaxshilikka bo'lsinda.

74. Balki u sodiq emas, undan boshqasiga kerak emasdir)

Hakamlikdan noligan kunimiz o'yinimiz o'xshaydi. O'yinimiz o'xshamaganda esa hakamlikdan nolimaymiz. Bir kam dunyo deb shuni aytishsa kerak...

Bilasizmi, nima alam qiladi? Gollarni o'zimiz olib kelganimiz alam qiladi. O'z xatolarimizning qurboni bo'layotganimiz alam qiladi. Futbolchilar mayda epizodlarda xato qilib, kichik xato katta xatoga olib kelayotgani alam qiladi. 

66. Bir qo'l TDM o'ynab chiqdim) Hali ham hujum bo'lmadi.

60. Kasyanning zarbasi noaniq ketdi.

58. UXXX!! Xavfli vaziyat yuzaga kelgandi. AGMKning hujumi zarbagacha etib bormadi.

55. Temp juda past. Ikki tomon ham hujum qilmayapti...

Narigi tomonda 4:1 azizlar) "Istiqlol" peshqadamlikni qo'liga olmoqda. Biz esa pastdan peshqadammiz)

50. Harib Abdallaning zarbasini posbonimiz ushlab oldi.

Tasavvur qiyapsizmi) "Istiqlol" "Al Hilol"ni savalamoqda. Hisob 3:1!

47. UXXXXX!! Al-Hashmi ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi...

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

2 daqiqa qo'shib berildi.

41. Sanjar Tursunovga sariq. Naqadar omadsiz taym.

39. Jarimadan uzatilgan to'pdan keyin yana Sardor Rahmonov fol ishlatdi. 

36. ZARBAAAAAA!! Sanjar Tursunovning zarbasi noaniq ketdi.

35. Bir necha daqiqa oldin jarohat olgan Dilshod Ahmadalievning o'rniga Mirg'iyoz Sulaymonov maydonga tushdi.

33. Uxxxxx!! Xavfli vaziyat! Yaxshiki Sardor Rahmonov o'zini yo'qotib qo'ymadi va Ahmad al-Hashmidan to'pni olib qo'ydi.

30. Gol! Nimalar bo'lyaptiya. Boburbek Yo'ldoshev raqibga golni sovg'a qilgani alamli bo'lyapti.

28. Raqibni ushlab qolgani uchun Sardor Rahmonov ogohlantirildi.

25. AGMK burchak zarbasiga ega bo'lgandi. Sardor Rahmonov hujumda fol ishlatgani uchun to'p "SHabab"ga olib berildi.

19. ZARBAAAA!! Kasyanning boshi bilan yo'llagan zarbasini raqib darvozasi ustuni qaytardi!

18. Biz topdik! Karlos Eduardoga sariq kartochka ko'rsatilgan. U Kasyanga qarshi fol ishlatgandi.

14. GOOOOOOOOOOOOOLLLL!!! Ahmadalievning ajoyib pasidan keyin SHoxruh Gadoev hisobni qisqartirdiiii!!!

Akajon, o'yin 1:0 bilan emas, 2:0 bilan boshlanmoqda.

11. Gol! Tan olish kerak, Eduardo gol urishni "yorib qo'ydi"! Juda ajoyib golning guvohi bo'ldik...

10. Yovan Jokich o'z jarima maydonchasi yaqinida raqibiga qarshi fol ishlatdi. Bu sariq kartochkaga tortadigan fol edi. Hakam Yovanni ayadi.

7. ZARBAAAAAA!!! Hisob 2:0 ko'rinishiga kelishi mumkin edi. Qanotdan oshirilgan to'pni al-Hashmi boshi bilan darvozaga yo'lladi. To'p darvozaning ustidan o'tib ketdi.

3. Gol! AGMK himoyasidagi bo'shliqdan Xarib Abdalla unumli foydalandi...

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni "Qirol Fahd" stadioniga qaratamiz. AGMK ushbu stadionda "SHabab Al Ahli"ni yana bir bor mag'lub etishga harakat qilib ko'radi.

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика