So’nggi yangiliklar

07:35Sofascore. Супер ўйин кўрсатган Файзуллаев ва Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 02:01Италия Суперкубоги. Нереснинг дубли "Наполи"га соврин олиб берди  1 01:27Элит ОЧЛ. Ҳамробеков жамоаси сўнгги дақиқаларда ғалабани илиб кетди, "Ал Ҳилол" ва "Ал Аҳли" меҳмонда зафар қучишди  0 01:05"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"  9 00:26Ироқ. Шерзод Темировнинг голи "Эрбил"ни мағлубиятдан қутқариб қолди, у 8 та баҳсда 8 та гол урди  4 00:00"Бунёдкор" уч футболчи билан шартномани узайтирди  0 23:41Расман: "Барселона" ва ПСЖ собиқ юлдузи 32 ёшида фаолиятини якунлади  2 23:13Рақиб қизил олса, "Ливерпул"га қийинроқ, "Эвертон"нинг кучи ҳам, заиф нуқтаси ҳам Грилиш. Топ чемпионатлар учрашувларидаги ўзига хос тактика ҳақида  1 22:53"Ғазалкент" машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  4 22:24Рўзиқул Бердиев: "Ал Иттиҳод" юлдузларга бой кучли жамоа"  7 22:04"Қизилқум" Шукуров билан шартома имзолади  1 21:33"Навбаҳор" Тошкентда йиғинни бошлади (ФОТО+ВИДЕО)  1 21:08Туркия. Шомуродов ва Файзуллаев гол урди, "Башакшехир" йирик ғалабага эришди  21 20:28Винисиус яхши ўйнамаётганини тан олмоқда, аммо...  5 19:50Европа топ-лигаларидан 136 нафар футболчи "йўқ" бўлиб қолди. Африка миллатлар кубоги режаларига ўзгартириш киритадиган клублар ҳақида   2

OCHL: Sardor Rashidov OFK nigohida Yangiliklar

OCHL: Sardor Rashidov OFK nigohida

Osiyo Futbol Konfederaciyasi rasmiy sayti Osiyo chempionlar ligasi chorak final bahslari oldidan ushbu bosqichda ishtirok etadigan jamoalarning eng muhim futbolshchilari haqida malumotlar berib bormoqda.

Avvalroq, Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubi azosi, O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Server Jeparov OFK matbuot xizmati nigohida bo'lgani haqida xabar bergan edik.

Qatarning “Al-Jaish” klubi safida harakat qilayotgan, O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Sardor Rashidov ham o'z klubining muhim futbolchisi sifatida OFK prevyusida qayd etildi.

OCHLdagi ishtiroki.

Sardor Rashidov
– “Al Jaish”

OCHLda o'tkazgan o'yinlari soni – 26

Kiritgan gollari soni – 4

"Bunyodkor" safidan "Qatar"ga ko'chib o'tgan futbolchi bugun "Al Jaish" safida OCHL o'yinlaridagi o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda. Endigina 25 yoshni qarshi olgan futbolchi OCHLda o'zining oltinchi mavsumini o'tkazmoqda va aytish kerakki bungacha futbolchi 1/8 finaldan keyingi bosqichga o'ta olmagan edi. Hozir esa, futbolchi nafaqat o'zining eng yaxshi mavsumini o'tkazmoqda, balki Osiyoning mavsumdagi eng kuchli jamoalaridan biri sifatida etirof etilishiga o'z hissasini qo'shmoqda. Qolaversa, o'zbekistonlik yarim himoyachi o'z o'yini bilan bunga qattiq kirishganini ko'rsatmoqda.

Guruh bosqichida "Nasaf" darvozasiga kiritgan yagona goli "Al Jaish"ni 1/8 bosqichiga olib chiqqan edi. Mazkur bosqichda "Al Jaish" Qatarning boshqa klubi "Lahviya"ni ikki o'yin natijasiga ko'ra 6:4 hisobida mag'lub etdi va Rashidov mazkur o'yinlarda ham jamoasining eng asosiy o'yinchilaridan biri sifatida etirof etildi.

Terma jamoaning asosiy yulduzlaridan biri sifatida Rashidov sentyabr oyida JCH-2018 saralash bahslarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. "Al Jaish"ning asosiy yulduzlaridan biri yaqin bir necha oy ichida katta uchrashuvlarda maydonga tushadi va o'zining qanday saviyadagi futbolchi ekanini isbotlashga intiladi.

Jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri

Sardor Rashidov o'zining to'purarlik va o'yinni o'qiy olish qobiliyati bilan o'tgan mavsumda jamoasning eng ko'p tilga olingan futbolchilaridan biriga aylandi. Jami 23 o'yinda 9ta gol urgan futbolchi o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Qatar Yulduzlar Ligasida jamoasin ing "Al Rayan"dan so'ng ikkinchi o'rinni egallashida katta rol o'ynadi.

Istedodli futbolchi yuqori tempda harakat qila olishi, tezlik va boshqa hislatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. SHuningdek, chap oyoqda ajoyib o'yin namoyish eta olishi va ajoyib texnikasini etirof etish lozim.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика