So’nggi yangiliklar

00:46Шмейхель "Селтик"да фаолиятини якунлаган Жо Харт ўрнини тўлдирди  1 00:29Маркос Льорентени кўриш учун салкам 10 минг км масофа босиб ўтган мухлис у билан учрашолмади  3 00:13Расман: Лени Йоро — "Манчестер Юнайтед" футболчиси!  1 23:52"Интер Майами" Месси иштирокида учинчи либосини намойиш этди  1 23:35Расман: Гринвуд — "Марсель" футболчиси!  0 23:13Норчаев дубль қайд этган баҳсда Ўзбекистон ОТЖ Янги Зеландияни мағлубиятга учратди  9 22:51"Реал Мадрид" "Ал Насср" футболчиси билан шартнома имзоламоқчи  6 22:38"Манчестер Сити" "Жирона" футболчисини таркибга қўшиб олди  6 22:14Расман: Микаутадзе — "Лион" футболчиси!  2 21:57Мбаппе "Реал"даги рақамини ўзгартирмоқчи  9 21:30Эшитдик-да! "Бунёдкор" хорватиялик футболчини ўз сафига қўшиб олди  8 21:03"Барселона"нинг 20 ёшли дарвозабони ҳаммомда вафот этди  10 20:46ОКМК Беларусь клуби билан ҳамкорлик шартномаси имзолади  8 20:29Ҳамдаллаҳ Саудиянинг бошқа клубига ўтиш арафасида турибди  3 20:12Назорат учрашуви. "Олимпик" "Металлург"ни мағлубиятга учратди  4

OCHL saralash. OKMK "Al Sib"ni minimal hisobda engdi, keyingi raqib - "Al Arabi" Yangiliklar

OCHL saralash. OKMK "Al Sib"ni minimal hisobda engdi, keyingi raqib - "Al Arabi"

Teglar :  OCHLAl SibOKMK
OCHL saralash bosqichidan o'rin olgan OKMK – "Al Sib" (O'mon) uchrashuvi yakunlandi.

OFK CHempionlar Ligasi-2023/24 

OKMK (O'zbekiston) –  "Al Sib" (O'mon) 1:0

15 avgust. OKMK sport majmuasi. 20:00 

Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)

Yordamchi hakamlar: Ali Ahmad, Muhammad Kazzaz (ikkalasi Suriya)

Zaxira hakami: Feras Tavil (Suriya)

Hakamlar nazoratchisi: Ismoil Safiri (Eron) 

Komissar: Ayman Mohammad Saud Harun (Iordaniya)

Mahalliy media oficer: Akmal Rahmatov 

Mahalliy bosh koordinator: Zoxirjon Akramxonov

Gol: 1:0 — 47, Xurshid G'iyosov.

OKMK: 1.Botirali Ergashev, 3.Sardor Rahmonov, 5.Anzur Ismoilov, 7.Dilshod Ahmadaliev (20.Islom To'xtaxo'jaev, 80), 8.Abdulla Abdullaev, 9.Ruben Sanches, 10.Xurshid G'iyosov (29.Vitaliy Denisov, 90+2), 17.Sanjar Tursunov (15.Oybek Rustamov, 90+2), 22.SHohruh Gadoev, 27.Martin Boake, 88.Siyavash Xaqnazariy (14.Mirjahon Mirahmadov, 80)

Zaxira: 12.Dilshodbek Yoqubov, 25.Valijon Rahimov, 2.Akramjon Komilov, 4.Mirjamol Qosimov, 19.Muhammadanas Hasanov

"Al Sib": 1.Ahmad Faraj, 6.Ahmad Al Xamisi, 7.Zoxir Sulaymon (21.Issom Hamis, 76), 9.Abdul Aziz Humaid, 13.Muhammad Al Musalami, 18.Muhsin Solih, 17.Ali Sulaymon, 22.Hassan Ahmad (8.Maruan Taaib, 81), 24.Tamim Xaytam, 27.Aid Muhammad Al Farsi, 90.Yazid Salim   

Zaxira: 3.Yaqdon Hanis, 14.Usama Muhammad, 18.Muatassim Salim, 19.Yusuf Nashr, 20.Abdulloh Sabah, 25.Muhammad al Amri, 29.Samir Aziz, 42.Javad Xalifa, 70.Hamid Said, 80.Abdulloh Jamil

Ogohlantirish: Anzur Ismoilov (33), Martin Boake (62), Yazid Salim (83)

CHetlatish: Martin Boake (73)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! OKMK jamoasini g'alaba bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Olmaliqliklar saralash bosqchi doirasidagi hal qiluvchi o'yinini Qatarning "Al Arabi" klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 22 avgust kuni o'tkaziladi. Oqil Abdubarnoev bugungi o'yinda sizlarni zeriktirmaslikka harakat qildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi.

7077 nafar tomoshabin bugungi o'yinga tashrif buyuribdi.


83. Hakam cho'ntagini kovlab, keyin qo'lini yuqoriga ko'tardi. Boyadan beri tinchimayotgan Yazid Salim esa shundan so'ng uyga vazifani bajarmagan o'quvchi singari jimgina nari ketdi.

80. OKMK tarkibida ikki o'zgarish: Mirjahon Mirahmadov Siyavash Xaqnazariy o'rniga, Islom To'xtaxo'jaev esa Dilshod Ahmadaliev o'rniga maydonga tushirildi.

73. Boake raqibni jazolash deganda, gol urishni emas, qo'pollik ishlatishni tushungan ekan. Hakam unga kiyinish xonasi qaysi tomonda ekanligini ko'rsatib yubordi.

72. Tursunov aqlli harakatlar amalga oshirib, raqib darvozasini ishg'ol qilmoqchi bo'ldi, ammo "Al Sib" posboni u o'ylaganchalik aqlsiz bo'lib chiqmadi.

70. Boake qaychi uslubida gol urmoqchi bo'ldi. Ammo uning zarbasi qoshiqona uslubga o'xshadi.

66. Boake raqib posboni bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi... Yaxshiyam, Martin o'zbekchani tushunmaydi.

65. "Al Sib" futbolchisining zarbasini o'zining sherigi qaytardi.

62. Garchi Olmaliq osmonida quyosh botgan bo'lsa-da, uning shukuhini bosh hakamning Boakega ko'rsatgan predmetidan his qilishimiz mumkin.

59. Botirali Ergashev o'ljasiga otilgan arslon misoli to'pga tashlandi.

57. "Al Sid"ning xavfli hujumidan so'ng Sardor Rahmonovning otasiga rahmatlar aytildi.

54. Sia bir raqibidan o'tdi, ikkinchisidan o'tdi, keyin qarasa, maydon tugab qolibdi.

47. GOOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLL!!! Xurshid G'iyosov raqib jamoa hamda tanaffusdan hali qaytishga ulgurmagan tomoshabinlarni xafa qildi. 1:0!

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim yakunlandi. Olmaliq shahrida salqin ob-havo hukmron. CHuqur-chuqur nafas olsang arziydi. Uh-u, uh-u. Uzr, juda chuqur nafas olishni maslahat bermayman.

45. "Al Sib" futbolchisi raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda ko'pgina hovlilarda toshoynalarni sinishidan asrab qoldi.  

43. Hamma joyida to'xtadi. Maydon chetidan mehmonlarning yotgan o'yinchisining oldiga qadar ikki xalatli xodimdan kim birinchi kelishi borasida bahs boshlandi.

41. "Al Sib" himoyachisi Boakeni o'tirg'izib qo'ydi. Maydonga. Hakam jarima zarbasi belgiladi.

39. OKMK futbolchisi chap qanotda oldinga yugurdi, ammo qo'lini oldinga cho'zib turgan yon hakamning sariq-qizil rangdagi bayroqchasini svetofor deb o'ylab, shartta to'xtadi. 

36. "Al Sib" futbolchisi hozircha yangi rekord o'rnatdi. To'pni yuqoriga tepish bo'yicha.

33. Katta tezlikda ketayotgan "Al Sid" futbolchisi "ulkan qoya"ga urilib ag'darildi. Oqibatda raqib futbolchisini qo'rqitib qo'ygani uchun OKMK sardori ogohlantirildi.  

27. Hakam "Al Sib" murabbiyi biladigan tilni o'zlashtirishga ulgurgan ekan, shu bois koachning hakam ortidan aytilgan so'zlaridan so'ng uni ogohlantirdi.

26. Hozirgina muxlislar tomonidan "Boyka" deya etirof etilgan Boakening zarbasidan so'ng mezbonlar burchak zarbasi ishlab oldi.

25. OKMKning burchak zarbasidan so'ng yuqoriga sakragan "Al Sib" darvozaboni Boakening boshini to'pga o'xshatib yubordi.

23. ZARBA! Sanchesning chap oyoqda yo'llagan zarbasidan so'ng "Al Sib" posboni kiyimini iflos qilishga majbur qildi.

20. OKMK himoyachilari o'zidan yarimta keladigan raqib futbolchisini u zarba bergunga qadar payqashmadi. 

17. "Al Sib" futbolchisining zarbasini kaftimni peshonamga qo'yib tomosha qildim.

15. G'iyosov... Keling, uning zarbasi tariflagandan ko'ra, ko'rmay qoldim, deb qo'yaqolganim maqulroq.

12. Abdullaev o'zidan oldinda ketayotgan raqibiga "SHoshma, birga ketamiz" demoqchi edi, hakam buni qo'pollik deb tushundi.

11. Gadoev ikkita bayroq o'rtasidan to'pni o'yinga kiritmoqda. Bir bayroq burchakka qadalgan bo'lsa, ikkinchisi yon hakamning qo'lida turibdi. Ammo hujum yakunida noaniq zarba bilan yakunlandi.

9. "Al Sib"ning hujumidan so'ng qo'lim bilan yurak turgan nuqta qolib, ko'ksimning o'ng tarafini changallab qoldim. 

5. Zarba! Ruben Sanchesda ayb yo'q, hamma ayb to'pda!

3. ZARBA! G'iyosovning zarbasidan hayratga tushgan yon hakam ham bayroqchasini ko'tarib yubordi.

1. Uchrashuv boshlandi! Iloyo o'yindan keyin cho'ntagimda turgan hapdorini ichish nasib etmasin!



22 nafar futbolchi, zaxira o'rindig'i vakillari, operatorlar, Mirjalol Qosimov, Jorvan Vieyra, stadiondagi minglab tomoshabin, zangoriekran qarshisidagi ishqibozlar, shu jumladan, men bilan ko'rishganda, qachon men haqimda ham yozasan deydigan tanishim ham jussasi jimjilog'imday keladigan hushtakka qarab turishibdi. Men esa bundan mustasnoman. CHunki, mening nigohim noutbukda, ushbu jumlalarni sizlarga yozib o'tiribman.


Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Bugun OKMK futbolchilari to'q ko'k, "Al Sib" o'yinchilari esa yashil rangli liboslarda harakat qiladi. Sardorlar hakam ishtirokida "Tangani top" o'yinida ishtirok etishdi. 


Stadionni cho'miltirishmoqda.


Jamoalar o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotlarini bajarishmoqda. Stadionda sho'x tarona yangramoqda. Jon deb raqs tushardim-u, internetda mashhur bo'lishni yoqtirmayman. 

Assalomu alaykum, qadrli futbol ishqibozlari! Bugun Olmaliq shahrida Osiyo chempionlar ligasi saralash bosqichidan o'rin olgan OKMK (O'zbekiston) — "Al Sib" (O'mon) uchrashuvi boshlanish arafasida turibdi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика