So’nggi yangiliklar

13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  1 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  2 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  3 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  6 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  7 09:38"Ливерпуль" рекорд ўрнатди  3 09:12"Ньюкасл" 63,5 млн евро эвазига ҳужумчи сотиб олди  3 08:42Расман. 38 ёшли Варди фаолиятини Италияда давом эттиради  1 08:16Алексис Санчес Ла Лигага қайтди  1 07:48Расман. Сенне Ламменс - "Манчестер Юнайтед" футболчиси  4

OCHL qurasi oldidan: "Paxtakor" nega 3-savatchada? Buning sababi shundaki... Yangiliklar

OCHL qurasi oldidan: "Paxtakor" nega 3-savatchada? Buning sababi shundaki...

Bugun saytimizda Osiyo chempionlar ligasi qurasidan oldin jamoalar tushgan savatchalar elon qilindi.

Malumki, 27 yanvar kuni bu yilgi OCHLga qura tashlanadi. Pandemiya tufayli barcha ishtirokchi klublarni bir joyga yig'ishning imkoni yo'q. SHu bois qura onlayn tartibda olib boriladi. 

Qura mexnazmiga ko'ra, har bir klub o'ziga tegishli savatchadan joy olgan. Malumki, bu yildan boshlab OCHL guruh bosqichida 32ta emas, balki 40ta jamoa qatnashadi. SHunda G'arb mintaqasida 5ta, SHarq mintaqasida ham 5ta guruh bo'ladi. G'arbdagi guruh o'yinlari 14-30 aprel kunlari bo'lib o'tadi. 

OCHL-2021 musobaqasida "Paxtakor" O'zbekiston chempioni sifatida to'g'ridan to'g'ri guruhda o'ynaydi. "Paxtakor" garchi o'tgan yil chorak finalga qadar etib borgan bo'lsa-da, uchinchi savatchadan joy olgan. Tabiiyki savol tug'iladi: nima uchun?

Keling, bu savolga javob berishdan oldin yana bir bor savatchalar bilan tanishib chiqsak. 

1-savatcha: "Al-Duhayl" (Qatar), "Al-Hilol" (Saudiya Arabistoni), "Persepolis" (Eron), "SHarja" (BAA), "Al-Sadd" (Qatar).

2-savatcha: "Al-Nassr" (Saudiya Arabistoni), "Traktorsozi" (Eron), "SHabab Al-Ahli Dubay" (BAA), "Al-Rayyan" (Qatar), "Al-Ahli" (Saudiya Arabistoni).

3-savatcha: "Paxtakor" (O'zbekiston), "Al-Vihdat" (Iordaniya), "Goa" (Hindiston), "Istiqlol" (Tojikiston), "Istiqlol" (Eron).

4-savatcha: "Al-SHorta" (Iroq), "Al-Garafa" (Qatar)/AGMK (O'zbekiston) g'olibi, "Al-Vahda" (Saudiya Arabistoni)/"Eyr Fors" (Iroq) g'olibi, "Fulad" (Eron)/"Al-Ayn" (BAA) g'olibi, "Al-Vahda" (BAA)/"Al-Zavra" (Iroq) g'olibi.

O'tgan mavsum "Paxtakor"dan past natija ko'rsatgan "SHarja" 1-savatchada, lekin "Paxtakor" 3-savatchada, nega? Muxlislarda shu kabi savol yuzaga kelishi tabiiy. Buning javobi shundaki, OFK klublarni savatchalarga bo'lib chiqishda eng avvalo mamlakatlarning reytingda tutgan o'rniga qaragan. 

Bu esa 1 va 2-savatchadagi jamoalar reytingda O'zbekistondan yuqorida turganini bildiradi. O'zbekiston OFK reytingida 6-o'rinda turibdi. Bizdan yuqorida Qatar, Saudiya Arabistoni, Eron, BAA va Iroq bor. BAA reytingda bizdan tepada bo'lgani uchun ham "SHarja" 1-savatchadan joy olgan. Xullas 1 va 2-savatchadagi jamoalarning hammasi reytingda bizdan baland. SHu bois shunday holat yuzaga keldi. 

SHu o'rinda OFK reytingiga ko'ra, G'arb va SHarq mintaqasining kuchli o'ntaligini keltirib o'tamiz. 

G'arb mintaqasi

1. Qatar

2. Saudiya Arabistoni

3. Eron

4. BAA

5. Iroq

6. O'zbekiston

7. Iordaniya

8. Hindiston

9. Tojikiston

10. Turkmaniston


SHarq mintaqasi

1. Xitoy

2. Yaponiya

3. Janubiy Koreya

4. Tailand

5. Avstraliya

6. Filippin

7. KXDR

8. Vetnam

9. Malayziya

10. Singapur

Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика