So’nggi yangiliklar

02:47Португалия — УЕФА Миллатлар лигаси соҳиби! Португаллар финалда испанларни пенальтилар серияси орқали мағлуб этишди  139 00:51Забарний "Борнмут"га ПСЖга ўтмоқчи эканини айтди, ҳимоячи учун 70 млн евро талаб қилишмоқда  1 00:25"Манчестер Сити"нинг 70 млн евролик бўлажак трансфери тиббий кўрикдан ўтди  2 23:50Жоб Беллингемнинг янги клуби маълум  0 23:22"Байер" Вирцни 140 млн евро эвазига "Ливерпуль"га сотадими?  2 22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  6 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  43 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  12 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  11 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  16 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  13 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  29 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  5

OCHL. "Paxtakor"ning raqiblari qanday holatda? Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor"ning raqiblari qanday holatda?

Teglar :  "Paxtakor" OCHL
Xabaringiz bor, "Paxtakor" futbol klubi Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasida ishtirok etish uchun 10 sentyabr kuni Qatarga yo'l oladi.

"SHerlar" unga qadar yana 2 ta rasmiy uchrashuvda qatnashishlari kerak:

5 sentyabr, 18:00 “Buxoro” — “Paxtakor”

8 sentyabr, 19:00 “Metallurg” — “Paxtakor”

Toshkent klubi OCHLning dastlabki bahslarida 100% lik natija qayd etgani holda Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasi bilan guruhda etakchilik qilmoqda. 14 hamda 17 sentyabr kunlari mazkur jamoalar o'zaro 2 marta to'qnash kelishadi. Katta ehtimol bilan shu o'yinlar kvartet g'olibi nomiga aniqlik kiritib berishi kerak. Xo'sh, saudiyaliklar ayni paytda qanday holatda?

"Al Hilol"

29 avgust kuni Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 30-turida "Al Hazm" klubini mag'lub qilgan Ar-Riyod jamoasi 16-bor mamlakat chempionligini tantana qildi.

"Al Hilol" ham Qatarga tashrif buyurishdan oldin 2 ta rasmiy o'yinda ishtirok etib, milliy chempionatni yakunlab qo'yishi kerak:

4 sentyabr (22:35). "Al Vahda" — "Al Hilol"

9 sentyabr (22:35). "Al Hilol" — "Al SHabab".

Mazkur jamoa chempionat restarti (5 avgust)dan keyin 6 ta rasmiy o'yinda ishtirok etib, 5 tasida g'alaba qozondi. Yagona mag'lubiyat 28-turda "Al Ahli Jidda"dan qabul qilib olingan (1:2). To'plar nisbati: 17-5 (+12). Saudiya Pro-ligasining ortda qolgan 30 turida Ar-Riyod klubi futbolchilari jami 47 bor sariq kartochka "ishlab olishgan", bir bor maydondan chetlatilishgan. Eng qo'pol futolchi Yosir al-SHaxronidir (o'ng qanot himoyachisi, Masharipovni qo'riqlash vazifasi unga topshirilsa kerak). "Al Hilol" to'purari franciyalik mashhur Bafetimbi Gomis hisoblanadi. 35 yoshli forvard hisobida 27 o'yinda urilgan 24 gol bor. Pleymeyker vazifasini asosan "Yuventus"ning sobiq futbolchisi Sebastan Jovinko hamda Salim al-Dosari bajaradi. 

Yaqindagina "Al Hilol"ni jamoa etakchilaridan biri Karlos Eduardo tark etdi (erkin agent sifatida "SHabab Al Ahli" safiga qo'shilgan). Klub tarkibida 6 ta legioner bor: B. Gomis (Franciya, 35 yosh), S. Jovinko (Italiya, 33 yosh), Omar Xarbin (Suriya, 26 yosh), CHan Xyonsu (J. Koreya, 28 yosh), Gustavo Kuelyar (Kolumbiya, 27 yosh), Andre Karrilo (Peru, 29 yosh - "Benfika"dan ijaraga  olingan). Bosh murabbiy: ruminiyalik Rezvan Luchesku.

Eslatib o'tamiz, Osiyo CHempionlar Ligasining amaldagi g'olibi ham aynan "Al Hilol" (Ar-Riyod) hisoblanadi.

"SHabab Al Ahli"

"Paxtakor" 5-tur uchrashuvini 20 sentyabr kuni Dubayning "SHabab Al Ahli" klubiga qarshi o'tkazishi kerak. Mazkur jamoalar o'rtasida Toshkentda o'tkazilgan bahsda vakillarimizning qo'li baland kelgan edi (2:1). Jamoani Toshkentga boshlab kelgan argentinalik mutaxassis Rodolfo Arruabarrena keyinchalik istefoga chiqarilgan.

Pandemiya tufayli BAA Professional futbol ligasi mart oyining o'rtalarida mamlakat chempionatni to'xtatdi. Turnirning 19 turi ortda qolgan bo'lishiga qaramay, sovrindorlar aniqlanmadi. Ammo musobaqa to'xtatilgan paytda aynan dubayliklar peshqadam edilar.

Demak, "SHabab Al Ahli" futbolchilari oxirgi marta 13 mart sanasida rasmiy o'yinda ishtirok etishgan va o'shanda "Ajman" (5:2) mag'lub etilgandi.  Amirlik klubi ham Qatarga jo'nab ketish oldidan 2 ta rasmiy o'yinda ishtirok etadi:

3 sentyabr (20:00). "SHabab Al Ahli" — "Al Dafra" (BAA liga kubogi)

9 sentyabr (19:45). "Al Ittixod" — "SHabab Al Ahli" (BAA chempionati, 1-tur).

5 oydan oshiq vaqt davomida o'yin amaliyotisiz qolgan Dubay jamoasi katta ehtimol bilan OCHL bahslarida juda qiynalsa kerak. Ammo ularning ham bir ustun jihati bor: Amirlik jamoasi futbolchilari qolgan raqiblar singari toliqib qolishmagan. 

"SHabab Al Ahli" nisbatan qo'polroq o'ynaydi (o'tgan mavsumning 19 o'yinida 63 ta sariq va 3 qizil kartochka). Jamo etakchisi terma jamoamiz muxlislariga yaxshi tanish bo'lgan Ahmad Halildir. Klubning ayni paytda 6 legioneri bor: yamanlik Odil Mahmud al-SHadli (20 yosh), Pedro Konde (Ispaniya, 32 yosh), Leonardo (Braziliya, 28 yosh), Davide Mariani (SHveycariya, 29 yosh), Karlos Eduardo (Braziliya, 30 yosh),  Ahmed Abdulla (Komor o-lari, 26 yosh) va hamyurtimiz Azizjon G'aniev (22 yosh). Bosh murabbiy: Jerard Saragosa (Ispaniya).

"SHahr Xodro"

Raundning so'nggi turida "sherlar" 23 sentyabr kuni Eronning "SHahr Xodro" jamoasi bilan to'nashishadi. Mazkur jamoalar o'rtasida Toshkentda o'tkazilgan bahsda vakillarimizning qo'li baland kelgan edi (3:0)

Eronda mavsum 20 avgust kuni nihoyasiga etdi. "SHahr Xodro"ga barqarorlik etishmadi va yakunda 6-pog'onani egalladi. Toshkentga jamoani Kiprlik Stefano Kuzin boshlab kelgandi. Muvaffaiyatsizliklari tufayli 14 iyul kuni uning o'rniga Suhrob Baxtiyorzoda bosh murabbiy etib tayinlangan. Bir necha kun oldin esa murabbiylik postini jamoaning sobiq darvozaboni Mehdi Rahmati egalladi. Uning murabbiylikda umuman tajribasi yo'q. Malumot uchun, Toshkentdagi bahsda ham "SHahr Xodro" darvozasini aynan Rahmati qo'riqlagan edi.

Xullas, bu jamoada ishlar umuman joyida emas. CHempionatning so'nggi 7 turida atigi 5 ochko jamg'ara olgan klub OCHLda hech kimga qarshilik ko'rsata olmasa kerak. Jamoa tarkibida faqat bitta legioner bor: Miroslav Slavov (Ukraina, kelasi hafta 30 yoshga kiradi).

Fakt: "Al Hilol"da to'p tepadigan o'yinchilarning umumiy qiymati 36,8 mln evroga teng. "SHabab Al Ahli" — 17,1, "SHahr Xodro" — 5,3 mln evro bo'lsa, "Paxtakor" jamoasi futbolchilari Transfermarkt portalida 13, 2 mln evroga baholangan.

Qo'shimcha malumot o'rnida, "Al Hilol" rahbariyati jamoa hujumchisi Bafetimgi Gomisga 7,1 mln evro to'lasa, Jovinko yiliga taxmin 7 mln AQSH dollari miqdorida maosh oladi.

Xalqaro maydon: "SHerlar"imiz muvozanatni o'zgartira olishadimi?  

Muallif :
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика