OCHL. "Paxtakor"ning guruhidagi holat va "sherlar"ga raqib bo'lishi mumkin bo'lgan jamoalarning nomi malum bo'ldi
07 may 2019 06:00
Yangiliklar
OCHL. "Paxtakor"ning guruhidagi holat va "sherlar"ga raqib bo'lishi mumkin bo'lgan jamoalarning nomi malum bo'ldi
Tur doirasida Toshkentning «Paxtakor» klubi o'z maydonida Eronning «Persepolis» jamoasi bilan to'qnash kelib, Igor Sereevning yagona goli evaziga zafar (1:0) quchdi. Guruhdagi 2-bahsda esa «Al-Sadd» (Qatar) S.Arabistonining «Al-Ahli» jamoasini taslim etib, keyingi bosqich masalasini ijobiy hal etdi. Demak, so'nggi tur oldidan «D» guruhidagi holat quyidagicha:
Ushbu guruhdan keyingi bosqichga yo'l oladigan ikki jamoaga «C» kvartetidagilar raqiblik qiladi. Mazkur tur doirasida Qatarning «Al-Duxayl» hamda «Istiqlol» (Eron) jamoalari o'zaro to'qnash keldi va ular o'rtasidagi bahsda durang natija (1:1) qayd etildi. SHu tariqa, eronliklar nim chorak finalga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda esa S.Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Al-Ain»ni (BAA) mag'lub (2:0) etib, birinchi o'rinni naqd qildi. Demak, agar SHota Arveladze shogirdlari o'z guruhida peshqadam bo'lsa «Al-Duhail» bilan ikkinchi o'rinni olsa «Al-Hilol» nim chorak finalda uchrashadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar