OCHL. "Paxtakor" - "SHahr Xodro". Jamoalar liboslari rangi malum qilindi
16 fev 2020 21:12
Yangiliklar
OCHL. "Paxtakor" - "SHahr Xodro". Jamoalar liboslari rangi malum qilindi
Ertaga Osiyo chempionlar ligasi 2-turi doirasida "Paxtakor" o'z maydonida "SHahr Xodro" jamoasini qabul qiladi.
"Paxtakor" va "SHahr Xodro" jamoalari uchrashuvidan oldin klublar vakillari va o'yin rasmiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Unda uchrashuvni tashkil etish masalalari bilan bir qatorda jamoalarning o'yinda qanday liboslardan foydalanishiga aniqlik kiritildi. "Paxtakor" sariq-ko'k rangli libosda maydonga tushadi. Mezbonlar darvozaboni och qizil rangli kiyimda bo'ladi. "SHahr Xodro" esa to'q qizil rangli liboslardan foydalanishi malum qilindi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "SHahr Xodro" uchrashuvi 17 fevral kuni soat 16:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.
Fikrlar