

"Paxtakor" va "Shahr Xodro" jamoalari uchrashuvidan oldin klublar vakillari va o'yin rasmiylari ishtirokida yig'ilish o'tkazildi.
Unda uchrashuvni tashkil etish masalalari bilan bir qatorda jamoalarning o'yinda qanday liboslardan foydalanishiga aniqlik kiritildi. "Paxtakor" sariq-ko'k rangli libosda maydonga tushadi. Mezbonlar darvozaboni och qizil rangli kiyimda bo'ladi. "Shahr Xodro" esa to'q qizil rangli liboslardan foydalanishi ma'lum qilindi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" - "Shahr Xodro" uchrashuvi 17 fevral kuni soat 16:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.



