So’nggi yangiliklar

02:11Олимпиада ярим финалида Африка Европага қарши  2 02:03Олимпиада. Франция ярим финалда!  2 00:59Олимпиада. Миср - Парагвай учрашувида ғолиб пенальтилар сериясида аниқланди  8 00:37"Арсенал" "Наполи"нинг шартларига рози бўлди  1 00:16"Байер" футболчисини "Бавария"га сотмоқда  0 23:50Илёс Зейтуллаев: "Бугун ютқазишга ҳақли эмасдик"  6 23:41Жамшид Саидов: "Ғалаба ҳар доим ёқимли"  0 23:16Тен Хаг Санчо билан мунозараси ҳақида: "Барчаси ортда қолди"  0 22:54Ибрагимович "Милан"даги фаолияти ҳақида: "Босим жуда катта. Нонуштага ҳам босимни еймиз"  0 22:37Расман: Довбик - "Рома" футболчиси  3 22:11Олимпиада. Испания Японияга имконият қолдирмади  22 22:00Суперлига. "Қизилқум" - "Бунёдкор" 1:0  0 21:40Суперлига. "Қизилқум" бу йил ҳисобидан иккинчи маротаба "Бунёдкор"дан устун келди  12 21:18Олимпиада. Марокаш АҚШ дарвозасига 4та гол урди ва ярим финалга чиқди  9 20:54Назорат учрашуви. "Динамо" - "Насаф" баҳсида ғолиб аниқланмади  0

OCHL. "Paxtakor" ham 3-turda ochkosiz qoldi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" ham 3-turda ochkosiz qoldi

"Paxtakor" va "Al-Ayn" o'rtasidagi OCHL 3-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Paxtakor" - "Al-Ayn" 0:1

Gol: Miroslav Stox 61 (M. Abdulrahmon).

"Paxtakor": Lobanov, Merzlyakov, Krimec, Oraxovac (Soliev 79), Hoshimov, Sohibov (Pardaev 70), Maxaradze (s), Kozak, Andreev (Masharipov 64), Iskanderov, Sergeev.


"Al-Ayn": Holid Isa, Ismoil Ahmad, Muhannad Salim, M.G'arib, Faris Juma, Jires Ekoko (Said Musbeh 90), M.Abdulrahmon (Rashid Muhayir 90), Ibrohim Diaki (Al-Hatiri 85), Ahmad Barman, Stox, Myun Ju.

Ogohlantirish: Sohibov 45, Ahmad Barman 65.

CHetlatish: Stox 76.



90+8. Uchrashuv yakunlandi.


90+7. Bo'ldi endi xushtak chalinsa kerak. Yo'q o'yin davom etyapti.


90+6.  Hakam biznikilarga yana imkoniyat beryapti.


90+5. To'p yana jonli devorga tegdi. Ushbu hujum Maxaradzening zarbasi bilan yakun topdi.


90+4. "Paxtakor"da yana standart. Bu safar yanada yaqinroq. To'p qarshisida yana Iskanderov.


90+3. Iskanderovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.


90+2. "Paxtakor" qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Raqib darvozasidan 25 metr uzoqlikda jarima zarbasi.


O'zgarish. Muhammad Abdulrahmon o'rniga Rashid Muhayir.

90+1. Pardaevning zarbasi juda noaniq.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Hakam 5 daqiqa qo'shib berdi.


90. O'zgarish. Ekoko o'rniga Said Musabeh.


88. "Paxtakor" futbolchilari to'pni oldinga tepib yuborib hujum boshlashga urinib ko'ryapti, ammo bari befoyda yakun topmoqda.


85. O'zgarish. Ibrohim Diaki o'rniga Al-Hatiri


84. Muxlislar xushtakbozlik uyushtirishmoqda. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 5 daqiqa qoldi.


83. Hujumchilar bilan kurashda mehmonlar darvozaboni jarohat oldi.


82. Hujumlar soni ortib boryapti, ammo goldan darak yo'q.


81. Kaxi Maxaradzening boshi bilan bergan zarbasini darvozabon ushlab oldi.


80. Bunday o'zgarishlar kechagi o'yinlarda foyda bermagan edi, xo'sh bugun bundan qanday natija chiqar ekan. Ko'ramiz...


79. O'zgarish. Himoyachi o'rniga hujumchi. Oraxovac - Soliev.


76. Qizil kartochka. Miroslav Stox. Ortiqcha gap so'zlar uchun futbolchi maydondan chetlatildi.



75. Iskanderov 27-28 metr uzoqlikdan darvoza tomon zarba berdi. Noaniq.


74. "SHerlar" uyushtirayotgan hujum darvozaga zarba berish bilan yakunlanmayapti.


72. Sariq kartochka. Ekoko o'yin vaqtini cho'zib, to'pni tepib yuborgani uchun ogohlantirildi.


70. O'zgarish. Sohibov o'rniga Pardaev.


69. Abdulrahmon to'pni chap qanotda ochilib borayotgan Stoxga etkazdi, Miroslav esa to'pni jarima maydonchasi markaziga etkazib berdi, himoyachilarning palapartish o'yinidan Ekoko foydalanib qoldi va zarba berdi. Yana baxtimizga Lobanov to'pni egallab oldi.


67. Masharipov "Paxtakor"ni ancha jonlantirdi.


65. Sariq kartochka. Ahmad Barman.


64.O'zgarish. Andreev o'rniga Masharipov.


61. Gol! Miroslav Stox Muhammad Abdulrahmon etakzib bergan to'pga darvozadan 24-25 metr uzoqlikdan kuchli zarba berdi. Lobanov uni himoyachi to'sib turgani sabab, to'pni qaytarishga kech qoldi.


57. Andreev chap qanotdan to'pni raqib jarima maydonchasiga tashlab berdi, ammo oshirmagi biroz kuchliroq chiqqani uchun to'p o'ng qanotdagi Iskanderovga kelib tushdi. Jamshid ham to'pni jarima maydonchasiga tashladi. To'p barchadan o'tib ketdi, Andreev esa bu to'pga biroz kech qoldi.


55. Merzlyakov burchak zarbasi ishlab oldi. Burchak to'pini qaytargan mehmon jamoa tezda qarshi hujumga o'tdi, Muhammad Abdulrahmonning zarbasi bilan yakunlangan bu hujum golsiz yakun topdi.


54. "Paxtakor" pressingni kuchaytiryapti.


52. Sergeev yaqin masofadan o'ng oyog'i bilan raqib darvozasini nishonga olishga urinib ko'rdi, ammo himoyachi to'pi yo'nalishida turgani sabab bu vaziyat faqat burchak to'pi bilan yakunlandi.


Ekoko Davron Hoshimovni aldab darvoza tomon zarba berdi, baxtimizga bu zarba noaniq yo'nalish oldi.

51. "Al-Ayn" xuddi  birinchi bo'limdagidek qarshi hujumda o'ynayapti.


49. Qanotlardan uyushtirilayotgan hujumlar o'z samarasini berayotgani yo'q.


46. Ikkala jamoada o'zgarish bo'lgani yo'q.


- Ikkinchi bo'lim boshlandi.

- Birinchi bo'lim yakunlandi.


45+1. Sohibov birinchi bo'lim oxirida sariq kartochkali bo'lib oldi.


45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.


43. Birinchi bo'lim vaqti tugab boryapti, hozircha hisob ochilgani yo'q.


39. "Paxtakor" himoyasi yana xato qilishni boshladi. Yaxshiyamki "sherlar" darvozasini Lobanov qo'riqlaydi.


38. Raqib futbolchisi bosh bilan "Paxtakor" darvozasi tomon aniq zarba yo'lladi, Lobanov esa bu zarbani qiyinchilik bilan bo'lsada bartaraf etdi.


35. "Paxtakor" yana burchak zarbasiga ega bo'ldi. Standart bosh bilan zarba ila yakunlandi. Ammo darvozabon o'zi tomon kelayotgan to'pni qiyinchiliksiz ushlab oldi.


34. Qarshi hujumga o'tishga harakat qilgan mezbonlar to'p oshirishda bir-birini tushunmadi.


33. "Al-Ayn"ning xavfli hujumlari davom etyapti. Navbatdagi burchak zarbasini "sherlar" bartaraf qildi.


31.Himoyachi qaytargan to'pni Ibrohim Diaki erga tushishini kutib o'tirmay zarba berdi, Lobanov to'pni qaytardi. Burchak zarbasi.


30. Kaxi Maxaradze raqib jarima maydonchasiga kirib bordi, ammo so'nggi pallada to'p undan yiroqlashib maydonni tark etdi.


27. Birinchi burchak zarbasi bartaraf etildi, ikkinchisini esa darvozabon qaytarib qoldi. Navbat uchinchi burchak to'piga. Uchinchi burchak to'pi ham besamar yakun topdi.


26. "Paxtakor" burchak to'pi ishlab oldi.


23. "Paxtakor" to'pga egalik qilish bo'yicha raqibdan ustun.


19. Franciyalik Kembo Ekoko 2006 yildan 2012 yilgacha Franciya CHempionatida ishtirok etuvchi "Renn" tarkibida to'p tepgan. U 21 yoshgacha bo'lgan Franciya terma jamoasida ham maydonga tushgan.


15. Ekoko 24 metr uzoqlikdan "Paxtakor" darvozasi tomon kuchli va aniq zarba berdi. Lobanov esa to'pni ishonch bilan ushlab oldi.


13. Andreev raqibdan to'pni olib qo'yib, uni "Al-Ayn" jarima maydonchasiga tashlab berdi, ammo Sereev to'pga etib kela olmadi.


11. Egor Krimec juda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va raqib hujumchisi Lobanov bilan birga-bir chiqib ketdi. Ammo Ekoko "Paxtakor"ni kechirdi.


9. Bugun maydonda Umar Abdulrahmon va Asamoa Gyan bo'lmasada, Miroslav Stox raqibning asosiy yulduz futbolchisi bo'lib turibdi.


7. Muhammad Abdulrahmon Oraxovacning boshiga oyog'i bilan zarba berdi. Adnan soppa-sog'. 


3. "Al-Ayn" esa ikki o'yinda durang qayd etgan va 2 ochko ega. Ular "Al-SHabab" bilan ikkinchi o'rinni bo'lishib turibdi.


2. Osiyo CHempionlar ligasi 2-turidan so'ng "Paxtakor" 4 ochko bilan "B" guruhida etakchi bo'lib turibdi.


1. Davron Hoshimov birinchi daqiqadayoq raqib futbolchisiga qo'pollik ishlatdi.


- Hakam xushtak chaldi  va uchrashuv boshlandi.


- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.


- Ikki jamoa maydonga chiqishga tayyor. Eslatib o'tamiz, "Al-Ayn" tarkibida Umar Abdulrahmon va Asamoa Gyan yo'q.


- 3-turda hozircha hech bir klubimiz ochko ola bilmadi.


- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Yurtimiz jamoalarinig 3-turdagi 2 kuch uchrashuvlarini "Paxtakor" boshlab beradi. Bugun "sherlarning" raqibi "Al-Ayn" klubi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика