So’nggi yangiliklar

12:09Муҳаммадали Ўринбоев: "Европага яна йўл олиш? Яхши янгиликлар бўлиб қолади"  0 11:48Иброҳим Ибрагимов: "Хорижлик мураббийнинг кўрсатмаларини тўлиқ англамагандирмиз"  2 11:23"Интер"ни икки ҳужумчи тарк этиши мумкин  0 09:53Германиянинг 6 карра чемпиони 7 йиллик танаффусдан сўнг Бундеслигага қайтди  4 09:25“Барселона“ “Эл Класико“ олдидан икки футболчисини қайта тиклаганини эълон қилди  14 09:24Суперлига. Бугун 9-тур якунланади  1 08:51“Пахтакор“ “Бухоро“ни йирик ҳисобда мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  1 08:23Sofascore. “Ризеспор“ мағлуб бўлган баҳсда Алиқулов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:56ОФК Чақирув кубоги. Қўшниларимиз бош совринга эга чиқишди  5 07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  8 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  19 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  14

OCHL oldidan. Kuchlilar etiborini tortishi mumkin bo'lgan futbolchilar Yangiliklar

OCHL oldidan. Kuchlilar etiborini tortishi mumkin bo'lgan futbolchilar

Malumki, OFK tomonidan bizga OCHLda ishtirok etish uchun 3+1 yo'llanmasi berildi.
Bu degani amaldagi chempion “Paxtakor”, Kubok sohibi “Lokomotiv” hamda milliy chempionatda uchinchi o'rinni egallagan “Nasaf” to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichida ishtirok etadi, “Bunyodkor” esa avvaliga pley-offda o'z omadini sinab ko'radi.

Hozir oliy liganing barcha klublari qishki tatilda. Yana to'rt-besh kundan keyin jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlashadi. Albatta, OCHL qitamizda klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqa hisoblangani uchun jamoalar shunga monand tayyorgarlik ko'rishlari kerak. Bunda asosan selekciya ishlari muhim bosqichga chiqadi. OCHLda yurtimiz sharafini himoya qiladigan har to'rttala klub ham oliy liganing bir nechta o'yinchilariga o'z qiziqishini bildirmoqda.

Xususan, “Paxtakor” allaqachon ikki nafar futbolchi - Navro'z Alimov va Alibobo Rahmatullaev bilan shartnoma tuzishga erishdi. “Bunyodkor”ga tunislik legioner SHakir Zuagining o'tishi deyarli hal bo'lib ulgurdi. “Lokomotiv” va “Nasaf” esa hozircha hech bir o'yinchini tarkibga qo'shib olgani yo'q. Agar mulohaza yuritadigan bo'lsak, oliy liganing boshqa klublarida kuchli to'rtlikdan biriga o'tib, OCHLda o'ynab keta oladigan o'yinchilar bormi? Quyida shu haqda o'z fikrlarimizni bildirib o'tamiz.



“MASH'AL”
Zohir Qo'ziboev (24 o'yin/14 gol)
Mirzohid G'ofurov (23/2)

O'tgan mavsumni birinchi ligada o'tkazgan Muborakning “Mashal” jamoasi bu yil yana oliy ligaga qaytib, yakunda beshinchi o'rinni egalladi. “Mashal”dan ikki nafar futbolchi OCHLda qatnashadigan klublar etiborini tortishi mumkin. Bular - Zohir Qo'ziboev bilan Mirzohid G'ofurov.

Qo'ziboev bu yilgi chempionatda 24 o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urdi va ko'pchilik uchun kashfiyotga aylandi. CHap qanot himoyachisi/yarim himoyachisi Mirzohid G'ofurov esa 23 uchrashuvda ishtirok etib, ikkita gol urdi. Umuman olganda, har ikkala futbolchi mavsumni yaxshi o'tkazdi. Bizga malum bo'lishicha, Qo'ziboev Malayziga ketishni xohlamoqda, biroq o'zimizda qolgan taqdirda uning uchun “Nasaf” yaxshi variant hisoblanadi. Negaki kasbilik hujumchi o'z vaqtida birinchi ligada “Nasaf-2” safida to'p tepgan va “Nasaf” uning uchun begona emas.

Mirzohid G'ofurovga kelsak, bu futbolchining “Olmaliq”qa o'tishi haqida gap-so'zlar yuribdi, lekin u ham CHempionlar ligasida ishtirok etadigan klublar etiborini tortishi mumkin.



“OLMALIQ”
Zohir Pirimov (24/2)
Sanjar SHoahmedov (24/3)
Darko Stanoevich (24/0)
SHaker Zuagi (22/4)
Azamat Isroilov (21/2)
Abduqahhor Hojiakbarov (15/0)

“Olmaliq”da istedodlar talaygina. Masalan, o'ng qanot yarim himoyachisi Zohir Pirimov o'zining tezkorligi va individual harakatlari bilan ajralib turadi. O'ylaymizki, Pirimov OCHLda o'ynaydigan to'rtta klubdan birortasiga o'tadigan bo'lsa, yo'qolib qolmaydi.

Hujumkor yarim himoyachi Sanjar SHoahmedovning “Bunyodkor” yoki “Lokomotiv”ga o'tishi haqida gaplar bor. Lekin futbolchi yakuniy qarorga kelgani yo'q. U ham klub o'yinini kuchaytira oladigan salohiyatga ega. Bu gapni serbiyalik himoyachi Darko Stanoevichga nisbatan ham aytishimiz mumkin. Tezligi biroz pastligini hisobga olmaganda, Stanoevich yaxshi himoyachi. Joy tanlashni biladi, qolaversa, jarima zarbalarini ham amalga oshira oladi.

SHubhasiz, bu mavsum “Olmaliq”ning eng yaxshi futbolchisi SHaker Zuagi bo'ldi. Tunislik yarim himoyachi “Bunyodkor”ga o'tsa, “Bunyodkor” yaxshi transferni amalga oshirgan bo'ladi. O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilgan Azamat Isroilov ham bu mavsum qo'ldan kelgancha o'yin ko'rsatdi. Aytaylik, u “Bunyodkor”ning chap qanotida o'ynab keta oladi, mabodo bu o'tish amalga oshib qolgudek bo'lsa. Bu yil kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgan Abduqahhor Hojiakbarov ham yaxshi himoyachi Agar Viktor Karpenko “Lokomotiv”da boshqa to'p tepmaydigan bo'lsa, unda Abramov Hojiakbarovni qo'shib olishi mumkin, har holda bu o'yinchi Abramov qo'l ostida oldin ham o'ynagan.



“NAVBAHOR”
Mansur Saidov (22/3)
Dilshod Jabborov (12/1)

“Navbahor”da o'zini ko'rsatgan futbolchilar ko'p kuzatilmadi. Jamoa etakchisi Mansur Saidov yana “Bunyodkor”ga kelishi mumkin ekan. Davralar oralig'ida “Loko”dan ko'chib o'tgan Dilshod Jabborov ham o'ziga yarasha kuchli yarim himoyachi hisoblanadi. Faqat u “Lokomotiv”ning markaziy yarim himoyasida o'yinchilar ko'pligi bois oxirigacha o'ynab keta olmadi. Bizga malum bo'lishicha, “Nasaf”da Erkin Boydullaev birmuncha raqobatdan xoli. OCHLda esa jamoaning teng kuchli ikkita tarkibga ega bo'lishi lozim bo'ladi va bu variantda Jabborov “Nasaf” uchun chakki emas.



“NEFTCHI”
Ro'zimboy Ahmedov (24/4)
Abdulloh Olimov (17/0)

Boshqalarga qanday ko'rinadi bilmadim-u, lekin menga shu Ro'zimboy Ahmedovning o'yinlari yoqadi. To'p bilan ishlashda abjirlik va tezkorligi bor. Himoyachilarni turtib bo'lsa ham jarima maydonchasi ichiga kirib boraveradi. Ro'zimboy “Bunyodkor” yoki “Nasaf” taktikasiga mos tushsa kerak. CHunki “Nasaf”da tezkor hujumchi Kenja To'raev ko'p marta jarohat olyapti, “Bunyodkor” esa katta ehtimol bilan Zabixillo O'rinboev va Doston Hamdamovdan to'liq foydalana olmaydi. CHunki bu o'yinchilar jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishadi.

Huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli Abdulloh Olimov o'ng qanotda yaxshi harakatlanar ekan. U “Neftchi”da ijara asosida to'p tepdi va “Paxtakor”ga qaytishi ham mumkin. Olimov “Paxtakor”ga qaytadigan bo'lsa, o'ng qanotda SHerzod Karimov o'rnini egallashi mumkin.



“METALLURG”
Sunnatilla Mamadaliev (23/8)
SHahzod Nurmatov (21/8)

“Metallurg”da ham yaxshi futbolchilar bisyor, biroq gap Osiyo chempionlar ligasida o'ynab ketish ustida borar ekan, hammani ham ajratib ko'rsata olmaysiz. Bizningcha, bekobodliklardan ikki nafar o'yinchi OCHLda ishtirok etadigan klublardan biriga o'tsa, o'ynab keta olishadi. Bular - yarim himoyachi Sunnatilla Mamadaliev bilan hujumchi SHahzod Nurmatov.

Mamadaliev yaxshi saviyadagi futbolchi hisoblanadi, unda o'yinni o'qish qobiliyati yaxshi shakllangan. Nurmatov vaziyat bo'ldi deguncha gol uradigan futbolchi. Fikrimizcha, Nurmatov jamoa bilan xayrlashgan Farhod Tojiev o'rniga “Loko”ga taklif etiladigan bo'lsa, yo'qolib qolmaydi.



“DINAMO”
Sanat SHixov (24/7)
Andrey Melnichuk (23/0)

“Dinamo”dan Sanat SHixov bilan Andrey Melnichuk joriy mavsum yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Ayniqsa, Melnichuk yuqori saviyali darvozabon ekanligini bu yil ham namoyish eta oldi. OCHLda ijobiy natija ko'rsatishi uchun “Paxtakor” va “Lokomotiv”ga albatta yaxshi saviyadagi darvozabon kerak bo'ladi. CHunki Aleksandr Lobanovdan doim ham bir tekis o'yin kutish qiyin. SHuningdek, Ignatiy Nesterovda ham chempionat oxirlarida biroz pasayish yuzaga keldi. Melnichuk esa qaysi klubga o'tmasin, kuchli raqobatni yuzaga keltirishi mumkin.

Sanat SHixov borasida nima deyish mumkin? SHixovning o'yin uslubi ko'proq “Nasaf”ga mos tushadi. Bilishimizcha, u ham huquqiy jihatdan “Paxtakor”ga tegishli, ammo “Paxtakor”ga qaytadimi-yo'qmi, bu haqda bir gap aytish mushkul.



“QIZILQUM”
Artyom Makosin (25/0)
Eldor Boymatov (22/2)

“Qizilqum”dan hozircha bitta futbolchi OCHLda to'p tepish imkoniga ega bo'ldi. Bu - “Paxtakor” bilan shartnoma tuzgan Navro'z Alimov. Jamoada shuningdek, Artyom Makosin bilan Eldor Boymatov ham bor. Darvozabon Makosin ushbu mavsumni yaxshi saviyada o'tkazdi. Boymatovga kelsak, “Nasaf”da raqobat kuchliligi bois surxondaryolik yarim himoyachi vaziyat taqozosi bilan “Qizilqum”ga ko'chib o'tgandi. Boymatov yangi jamoasida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'ldi, qolaversa, tajribasini oshirdi. Endilikda u bilan Makosin ham o'zini kuchlirok klubda sinab ko'rsa ajab emas.



“BUXORO”
Ulug'bek Baqoev (9/3)

Ulug'bek Baqoevni “qarib qoldi” deyishga shoshilmang. Garchi 36 yoshga kirgan bo'lsa-da, haliyam bazi hujumchilardan sira qolishmaydi. Ikkinchi davra arafasida “Buxoro”ga kelib qo'shilgan Baqoev 9ta o'yinda maydonga tushib, uchta gol urdi. Baqoev hozirgi holatida ham oliy liganing boshqa istalgan klubida o'ynab keta oladi. CHunki unda tajriba yuqori, imkoniyat berilsa, OCHLda ham o'zini ko'rsatishi mumkin. Taxminimizcha, Ulug'bek Baqoev “Lokomotiv”ga juda mos tushadi.



“SO'G'DIYONA”
Sardor Eminov (26/4)
Suhrob Berdiev (24/5)
Oleksandr Koblash (12/4)

Albatta, “So'g'diyona”da yuqori saviyadagi futbolchilar yo'q hisobi. SHunga qaramay, bu klubga hurmat yuzasidan alohida ajralib turgan o'yinchilarni keltirib o'tmasak bo'lmaydi. Mahalliy futbolchilardan avvalo Suhrob Berdiev bilan Sardor Eminov ajralib turishdi. Legionerlardan esa Oleksandr Koblash yaxshi harakat qildi. Eshitishimizcha, Koblashga “Nasaf” qiziqayotgan ekan.



“ANDIJON”
Aziz Ibragimov (12 o'yin/3)

“Andijon”dagi eng kuchli futbolchi bu shubhasiz, Aziz Ibragimov bo'lsa kerak. Yarim mavsum o'zimizda to'p tepgan Ibragimov tezda yana tilga tushdi, hatto milliy terma jamoaga chaqirildi. Agar imkoniyat berilsa, o'ylaymizki, Aziz ham Osiyo chempionlar ligasida o'zini namoyon eta oladi. O'zining aytishicha, “Andijon”da boshqa qolmaydi va jamoasini almashtirishga tayyor. Aziz namoyish etadigan o'yindan kelib chiqib aytganda, unga “Nasaf” yoki “Paxtakor”dan taklif tushsa ajab emas.


Xayrulla Xoliqov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика