So’nggi yangiliklar

02:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, мадридликлар ўйинни бир киши кам бўлиб тугатишди  13 01:10Февзи Давлетов: "Ўйинга тузган режамиз иш берди, аммо бироз реализация етишмади"  1 01:01Виталий Левченко: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак"  8 00:55Ҳаким Фузайлов: "Шундай юқори талаблар орқали ўзбек футболи тартибланиб боради"  1 00:10"Барселона" Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  2 23:37Вадим Абрамов: "Бу ташкилотнинг ички иши, ушбу ишларни сизлар муҳокама қилиш ва ёзишларингиз керак"  1 23:27Сергей Лушчан: "Биринчи бўлимда деярли юз фоизлик вазият бўлди, аммо..."  5 23:17Рўзиқул Бердиев: "Бундай ўйинларда кўп вазиятлар яратилмайди"  9 22:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария" "Окленд Сити"ни "кўмиб қўйди". Германия чемпионлари Янги Зеландия жамоасига жавобсиз 10 та гол урди  29 22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  175 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  26 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  31 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  40

OCHL. OKMK o'z maydonida "Sepaxon"ga mag'lub bo'ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini keskin kamaytirib yubordi Yangiliklar

OCHL. OKMK o'z maydonida "Sepaxon"ga mag'lub bo'ldi va guruhdan chiqish imkoniyatini keskin kamaytirib yubordi

OCHL guruh bosqichi 3-turi doirasida OKMK - "Sepaxon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

OCHL. 4-tur
OKMK - "Sepaxon" 1:3

Bosh hakam: Ahmad Alali (Quvayt)

Yordamchi hakamlar: Abdulhadi Alanezi, Ahmad Abbos (ikkalasi Quvayt)

Zaxira hakami: Xiroki Kasaxara (Yaponiya)

VAR: Abdulloh Jamoli (Quvayt)

AVAR: Abdulloh Alkandari (Quvayt)

Nazoratchi: Ali Hamad Madhad Saif Albedvavi (BAA)

Komissar: Ali Hamud Al Naimi (Qatar)

Gol: Ramin Rizo 32 0:1, Mirjahon Mirahmadov (Xurshid G'iyosov) 35, 1:1, Ramin Rizo 48, 1:2, Rizo Asadi (Milad Zakipur) 60, 1:3

OKMK — 1. Botirali Ergashev, 29. Vitaliy Denisov (34. Ulug'bek Sunnatov, 28), 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov (40. Jahongir Fazilov,46) 2. Akramjon Komilov, 15. Oybek Rustamov, 17. Sanjar Tursunov (s), 18. Baxtiyorjon Qosimov (24. Murat Ermatov,82), 19. Muhammadanas Hasanov (27. Martin Boake,55), 14. Mirjahon Mirahmadov, 10. Xurshid G'iyosov (38. Sirojiddin Bashriddinov,82)
Zaxira: 12. Dilshodbek Yoqubov, 25. Valijon Rahimov, 4. Mirjamol Qosimov, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 9. Ruben Sanches, 20. Islom To'xtaxo'jaev,   33. Asadbek Axmadjonov, 

"Sepaxon" — 1. Payam Niyazmand, 5. Rizo Asadi, 6. Bryan Dabo, 7. Isa Alkasir (11. Kavex Rizayi,84), 9. Ramin Rizo Eyansemiskandi, 10 Farshad Axmadzoda, 14. Arya Yusufi (90. Ehson Pahlavon, 90), 18. Milad Zakipur, 58. Muhammad Danishgar, 66. Muhammad Gurbani, 86. Javad Hussayinnajod (91. Nilson Barbosa,58)
Zaxira: 2. Xadi Muhammadi, 8. Muhammad Karimi,  22. Muhammadsodiq Solihi, 44. Nima Mirzazod, 77. Ali Ahmadi, 80. Arshiya Sarshox,  99. Siyavash Yazdani. 

Ogohlantirish: Arya Yusufi ("Sepaxon") 4, Rizo Asadi ("Sepaxon") 77, Oybek Rustamov (OKMK) 90+4

MATNLI TRANSLYACIYA

Uchrashuv yakunlandi. Tugadi. 

90+4. OGOHLANTIRISH. Oybek Rustamov, OKMK

90. O'ZGARISH. Arya Yusufi o'rniga Ehson Pahlavon tushdi. 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

84. Qosimov bugun tarkibda kichik ekspiriment o'tkazmoqda. 

82. O'ZGARISH. OKMK, Xurshid G'iyosov o'rniga Sirojiddin Bashriddinov, Baxtiyor Qosimov o'rniga Murat Ermatov tushdi 

80. Tursunovning zarbasi aniq bormadi. 

77. OGOHLANTIRISH. "Sepaxon", Rizo Asadi

70. O'yin tempi tenglashdi. 

65. OKMK uyg'onishi kerak. Lekin aksincha bo'lmoqda. 

60. Rizolar bugun OKMKni mag'lub etmoqda. 

60. GOL. CHap qanotdan Milad Zakipurning uzatib bergan to'pini Rizo Asadi aniq zarba bilan golga aylantirdi. Hakam VAR monitorida vaziyatni takroran ko'rdi va golni inobatga oldi. 

58. O'ZGARISH. "Sepaxon", Javad Hussayinnajod o'rniga Nilson Barbosa tushdi. 

55. O'ZGARISH. OKMK, Muhammadanas Hasanov o'rniga Martin Boake tushdi. 

52. ZARBAAAA. Tursunovning zarbasi xavfli chiqdi. To'xtab qolmasdan golga javob berish kerak. Oldinda butun boshli taym bor. 

48. GOL. Ramin Rizo yana standart vaziyatdan gol urdi. Jarima zarbasini Ramin Rizo aniq ijro etdi, 1:2

46. O'ZGARISH. Anzur Ismoilov o'rniga Jahongir Fozilov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus

45+5. Botirali Ergashev raqib futbolchisining zarbasini ushlab oldi. 

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi. 

37. Uchrashuv davom etadi. Olg'a O'zbekiston klubi. 

35. GOOOOOOOOOOOOOL. OKMKdan tezkor javob. Xurshid G'iyosovning chiroyli uzatmasini Mirjahon Mirahmadov qabul qilib oldi va chap oyog'ida kuchli zarba bilan darvozaning burchagini aniq nishonga oldi. Mirahmadov ikkinchi urinishda gol urdi. 

32. GOL. Ramin Rizo baribir niyatiga etdi. U burchak zarbasidan to'g'ri Ergashev darvozasini ishg'ol qildi. Ergashev to'pni qaytarishda xatoga yo'l qo'ydi. 

31. ZARBA. Botirali Ergashev Ramin Rizoning zarbasini qaytardi. 

28. O'ZGARISH. OKMK, Vitaliy Denisov o'rniga Ulug'bek Sunnatov tushdi. 

27. Denisov katta ehtimol bilan almashtiriladi. 

24. Gol bekor qilindi. Hakamdan adolatli qaror. Isa Alkasir to'p uzatilayotgan pallada o'yindan tashqari holatda qolgandi.

22. Hakam VARni eshitmoqda. Gol bekor qilinishi mumkin. 

21. GOL. "Sepaxon" futbolchisi Milad Zakipur jarima zarbasidan hisobni ochdi. 7-raqamdagi Isa Alkasir bu erda chalg'ituvchi vazifasini bajarib berdi. 

16. ZARBAAAAAAAAAA. Mirjahon Mirahmadov jarima maydonchasi ichida yo'llagan qiyin zarbasini Payam Niyazmand qaytarib yubordi. Mirjahon Mirahmadov bugun ancha erkin harakat qilyapti. Unda bugun yana vaziyatlar bo'ladi. Gol ursa qahramon bo'ladi. 

15. Qosimov shogirdlaridan shakllangan hujum. Lekin samara yo'q. 

11. OKMK ham hujum tashkil qildi. Qosimovning zarbasi darvozagacha bormadi. 

10. ZARBA. Arya Yusufining zarbasi noaniq ketdi. OKMK futbolchilari unga ochiq xudud berib qo'ygandi. Yusufiga gol urmagani uchun rahmat. 

6. "Sepaxon" bir tepar uslubida OKMK darvozasi oldiga yaqinlashdi. Himoyachilar o'z o'rnida ishonchli harakat qildi. 

5. Denisovga tibbiy yordam ko'rsatildi va u maydonga qaytishga tayyor. 

4. OGOHLANTIRISH. "Sepaxon", Arya Yusufiga sariq kartochka ko'rsatildi. 

4. "Sepaxon" futbolchisi Vitaliy Denisovga qo'pollik ishlatdi. 

Hakam xushtagini chaldi va o'yinga start berdi. 

- Uchrashuv 19:00da boshlanadi

Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика