So’nggi yangiliklar

01:20АПЛ. "Бўрилар" "Қизил иблислар"ни ғажиб ташлади  28 00:57Энцо Мареска: "95-дақиқада гол ўтказиб юбориш ёқимсиз"  0 00:28АПЛ. Бруну қизил олган, Онана бурчакдан гол ўтказиб юборган учрашувда МЮ "бўрилар"га мағлуб бўлди  18 00:04АПЛ. "Ливерпуль" - "Лестер". Асосий таркиблар маълум!  6 23:52"Барселона"нинг ёздаги илк трансфери ким бўлади?  3 23:10"Фулхэм" сўнгги марта "Челси" майдонида қачон ғалабага эришганди?  3 22:49"Бухоро-W" қизлари Қозоғистон жамоасига қарши ўртоқлик ўйини ўтказди  4 22:12МТРК учун футбол мусобақаларини ёритишга мослашган КТС сотиб олинади  14 21:57ДАҲШАТ! "Фулхэм" дербида "Стэмфорд Бриж"да ғалабага эришди!  29 21:09"Манчестер Сити"да нохуш статистикалар  2 20:52Пеп Гвардиола: "Бизда ҳозир шундай даврки..."  9 20:19Аканжи: "Адолатсиз натижа"  6 19:56Моуриньюнинг "Фенербахче"си Абдуқодир Ҳусанов бўйича таклиф билан чиқмоқчи  33 19:32"ФарДУ" клубида мавсум якунларига бағишланган тақдирлаш маросими ўтказилди  2 19:24Муваффақиятсизлик давом этади: "Манчестер Сити" бу сафар ўз уйида "Эвертон" билан дуранг ўйнади, Холанд пенальтидан гол ура олмади  33

OCHL. "Nasaf"ning guruhida barchada imkoniyat saqlanib turibdi, "Al Vihdat" qay tarzda "Al Sadd"ni engdi va kurashga qaytdi?! Yangiliklar

OCHL. "Nasaf"ning guruhida barchada imkoniyat saqlanib turibdi, "Al Vihdat" qay tarzda "Al Sadd"ni engdi va kurashga qaytdi?!

SHu kunlarda Saudiya Arabistonida Osiyo CHempionlar ligasi G'arb mintaqasi guruh bellashuvlari bo'lib o'tmoqda.

O'zbekiston kubogining amaldagi sohibi "Nasaf" joy olgan "E" guruhi uchrashuvlari Dammam shahrida o'tkazilmoqda.

OCHL 4-turidan so'ng "E" guruhidagi holat


"E" guruhida keyingi ikki turda o'tkaziladigan o'yinlar taqvimi

5-tur, 23.04.2022

22:15. "Nasaf" - "Al Sadd"

01:15. "Al Faysali" - "Al Vihdat"

6-tur, 27.04.2022

22:15. "Al Vihdat" - "Nasaf"

01:15. "Al Sadd" - "Al Faysali"


Peshqadam "Al Faysali"

Saudiya klubi guruhda peshqadam bo'lib turibdi. Lekin, "Al Faysali" ushbu guruhning eng zerikarli jamoasi. Hozirgacha o'tkazgan o'yinlarida bir xil uslubdan foydalandi. Marinos Ouzunidis shogirdlari deyarli hech qachon o'yin tempini ko'tarishmaydi, aksincha tempni tushirib o'ynashadi. Jamoa yaxshi himoyalanadi, ikki tayanch yarim himoyachilari Hisham Faik va Ismoil Silva (ikkisi legioner) to'pni ushlashda va tempni "o'ldirish"da muhim rolni bajaradi. Dastlabki ikki o'yinda 6-raqamdagi H.Faik ikkita gol urgan va epizodlarda oldinga ham borgandi. "Nasaf" bilan bellashuvlarda esa u va sherigi (7-raqamdagi I.Silva) oldiga umuman borishmadi. O'zi umuman "Al Faysali" qarshiliklarga qarshi har ikkala uchrashuvda ham bittadan vaziyat yaratdi xolos. Birinchi o'yinda o'sha yagona vaziyatini golga aylantira oldi. Ikkinchi bahsda esa qarshi hujumda qochib ketgan Boylning zarbasini Abduvohid Nematov qaytarib qoldi. Keyingi ikki bellashuvda ham mezbonlar xuddi shu uslubidan foydalanishi aniq. Bos ustiga, "Nasaf" ikki o'yinda ularni ancha charchatdi. To'g'ri, Saudiya klublaridagi vitaminizaciya va tiklanish uchun sharoitlar bizni klublarimiz (shu jumladan "Nasaf")ga qaraganda anchagina yaxshi. Lekin, ikkita o'yin katta kuch bilan himoyalangan jamoada toliqish bo'lishi mumkin.

"Al Faysali" darvozaboni tajribali va kuchli. Ko'p bor jamoasini qiyin vaziyatlarda qutqarib qolmoqda. O'tgan o'yinda o'z himoyachisidan kelgan to'pni ham qaytarib qola oldi. Juda tez darvozabon va har bir to'pga oxirigacha kurashadi.

 

Kutilgan o'yinni ko'rsata olmayotgan "Al Sadd"

Guruhning eng quvnoq jamoasi. "Al Sadd" ishtirokidagi 4 o'yinda jami 16ta to'p kiritildi. O'zi ham o'ynaydi, raqib ham maza qilib futbol o'ynaydi. Ammo, bu ko'pchilik "Al Sadd"dan kutgan o'yin emas. Xavi Grasia shogirdlari bilan bemalol o'ynasa bo'ladi. Buni avvalgi bahslarda ko'rdik. Ehtimol, Qatar chempionlarining bu natijalarida o'yin amaliyoti kamligi ham yaxshigina tasir qilayotgandir. Sababi, jamoa 8-aprel kuni "Nasaf"ga qarshi o'tkazgan o'yinidan oldingi so'nggi rasmiy uchrashuvni 14 mart kuni Qatar kubogi doirasida "Al Duhayl"ga qarshi o'tkazgan va 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan. Ungacha esa ichki chempionat so'nggi turi doirasida 11 mart kuni "Al Vakra"ni 2:1 hisobida enggan. "Al Sadd" mavsumni tugatgan, o'z-o'zidan malum muddat futbolchilarga tatil berilgan va qisqa damdan so'ng yana jamoa yig'ilgan hamda OCHLga tayyorgarlik ko'rilgan. Yakuniga etgan mavsumdan keyin odatdagidek dam olinmagani va rasmiy o'yinlar amaliyoti etishmasligi ham qatarliklar o'yiniga tasir qilyapti. Ertaga, "Nasaf" ham bu omildan foydalanib qolishi lozim. Zero, "Al Faysali" va "Al Vihdat" hozirgi holatdagi "Al Sadd" bilan ortiqcha hayajon va bosimsiz bemalol o'ynash mumkinligi ko'rsatib qo'ydi.


Kutilmaganda kurashga qaytgan "Al Vihdat" "Al Sadd"ni qanday engdi?!

Iordaniyaliklar 2-turda "Nasaf"ga qarshi va 3-turda "Al Sadd"ga qarshi birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdi. Faol o'ynadi, Qatar chempioni darvozasiga dastlabki 45 daqiqalikning so'nggida ikkita to'p kiritib hisobda oldinga ham chiqib oldi. Ammo, Raid Assaf shogirdlari har ikki bellashuvning ikkinchi bo'limida charchab qolishdi va "Nasaf"dan ikkita, "Al Sadd"dan esa 4ta to'p o'tkazib yuborishdi.

"Al Sadd" bilan 4-turdagi o'yinning asosiy tarkibiga doimiy o'ynab kelayotganlardan 3 nafari kiritilmadi. 3, 5 hamda 7-raqamdagi futbolchilar bahsni zaxirada boshlashdi. 7-raqamli Abu Amara "Vihdat"ning asosiy sardori va eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Xullas, murabbiy bu gal tarkib va o'yinda o'zgarish qildi. Oldingi ikkita uchrashuvdagi xatosini to'g'riladi. U tomonda esa Xavi Grasia raqib 2-bo'limda charchab qolayotganini inobatga olibmi asosiy vingeri Akram Afifni zaxirada qoldirdi.


"Al Vihdat" bu safar "Sadd"ga qarshi birinchi bo'limni xotirjam o'tkazdi. Avvalgidek oldinga katta kuch bilan bormadi va kuchini ikki bo'limga taqsimlay oldi. Ikkinchi 45 daqiqalik boshlanganda vajohatli "Al Vihdat" maydonga tushib keldi. Axir, "Sadd"ga bir bo'limda 3ta gol urish oson ish emas. Xullas, iordaniyaliklar ko'pchilik autsayderga chiqarib turgan bir pallada katta g'alabani qo'lga kiritishdi va pley-off yo'llanmasi uchun kurashga qaytishdi. Jamoa futbolchilari maydonda mehnat qilishdan qochishmaydi, muxlislari esa alohida mavzu. Muxlislik madaniyati o'zgacha, jamoasi gol uradimi yoki o'tkazib yuboradimi birdek qo'shiq aytib bayroqlarni ko'targancha olqishlayverishadi.


O'yin jihatdan raqiblaridan ustunlik qilayotgan "Nasaf" buni tabloda aks ettira olmayapti

Ro'ziqul Berdiev shogirdlari to'rttala turda ham o'yin bobida raqiblaridan ustunlik qilishdi. O'yinni nazorat qilishmoqda, kerak bo'lsa raqibni o'z jarima maydonchasiga qamab qo'yishni ham uddalashmoqda. Ammo, bu narsani hisobda aks ettira olishmayapti xolos. To'g'ri, "Nasaf" hozir guruhida 2-o'rinda. Ammo, ular bemalol peshqadam bo'lib turishlari ham mumkin edi. "Nasaf" ortda qolgan 4 o'yinda raqiblar darvozasi tomon 66ta zarba bergan, shulardan 18tasi manzilga aniq borgan va 3tasi golga aylangan. "Ajdarlar" hozir ham guruhni peshqadam sifatida yakunlash imkoniga ega. Qolgan ikki o'yindagi g'alaba va "Al Faysali"ning bitta o'yinda qoqilishini kutish kerak. Yoki ikki g'alaba va jamoa bemalol eng yaxshi ikkinchi o'rin egalaridan biri sifatida pley-offga yo'l oladi. Xullas, hammasi yigitlarning o'z qo'lida.

Ayni paytda "E" guruhidagi barcha jamoalarda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati saqlab turibdi. Va buyog'iga har bir jamoa o'yinlarga finalga tushgandek tushib keladi. "Nasaf" uchun nisbatan qulay tomoni esa "Al Sadd" va "Al Vihdat" saudiya klubi kabi yotib oladigan jamoalar emas, kamchilik bo'lib qolmasa. Ular nisbatan ochiqroq futbol tarafdori. Bundan esa "Nasaf" unumli foydalanishiga umid qilib qolamiz.



"Paxtakor" "Al Duhayl"ning oldingi raqiblaridan ikki barobar ko'proq aniq zarba berdi, ammo qatarliklar "sherlar"ning "nozik" joyini topib olishdi

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика