So’nggi yangiliklar

15:51Хаби Алонсо: "Ғалабага тайёрланяпмиз"  1 15:10Аденис Шала: "Ўзбек футболи Македония ва Косовога нисбатан анча устун. Канте мени ниҳоятда ҳайратда қолдирди"   1 14:59Ибрагимович "Аякс"га ўтишга яқин  1 14:28Депай ёзда эркин агентга айланиши мумкин  0 14:01"Челси" Беллингемни нишонга олди. "Реал" бунга муносабатини билдирди  8 13:37ПСЖ хавбеки Туркияга йўл олиши мумкин  1 13:14“Челси” футболчиси Лондоннинг бошқа бир клубига ўтиши мумкин  3 12:58Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  42 12:55"Манчестер Сити" "Болонья" ҳимоячисини нишонга олди  0 12:25U-23 Осиё чемпионати 2-тур олдидан: Бугун муҳим ўйин бор  0 11:58"Барселона" Рэшфордни МЮдан 30 млн еврога сотиб олмоқчи  5 11:35Қойил, Саудия ҳаммасини эплаяпти  17 11:18Бугунги ўйинлар: Эрон U-23 — Ўзбекистон U-23 ва бошқалар  1 10:47Эрлинг Холанд кетма-кет олтинчи марта Норвегиянинг "Йил футболчиси" деб топилди  1 10:19Дембеле 30 миллионлик таклифни қабул қилмади. Унинг ўз талаби бор  6

OCHL-2018. "Nasaf" "Persepolis" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

OCHL-2018. "Nasaf" "Persepolis" bilan durang o'ynadi

Teglar :  OCHLNasafPersepolis
Bugun OCHL 5-turi doirasida Qarshining "Nasaf" jamoasi o'z maydonida Eronning "Persepolis" klubini qabul qildi.

Ushbu sahifada o'yinning natijasi va eng asosiy vaziyatlarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



90+3. O'YIN TUGADI. "Nasaf" - "Persepolis" 0:0

90+2. ZARBAAAAAAAAA! CHeran hozir hisobni ochishi mumkin edi, o'yindan tashqari holat ham bor ekan...

90+1. Stadionga kelgan muxlislar uylariga ketishni boshlashdi

90. O'yinga 3 daqiqa qo'shib berildi

88. O'zgarish. "Nasaf". Jasur Hasanov o'rniga SHarof Muhitdinov tushdi

87. O'zgarish. "Persepolis". Vohid Amiri o'rniga Ali Muslix Taklimi tushdi

80. ZARBAA! Bobur Abduxoliqovning zarbasini darvozabon egallab oldi!

78. O'zgarish. "Nasaf". Azizjon G'aniev o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

76. Ogohlantirish. "Nasaf". Azizjon G'aniev

73. O'yin shiddati biroz pasaygandek, "Persepolis"ga durang ham etarli natijaligini barcha bilib turibdi

69. O'zgarish. "Persepolis". Siyomak Nemati o'rniga Axmad Nurullohi tushdi

66. ZARBA! Mehmonlarning zarbasini Quvvatov egallab oldi

63. ZARBAAAAAAAAAAA! Abduxoliqoooooooooooov! Akrobatik tarzda zarba berdi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

62. O'zgarish. "Nasaf". Islom Kenjaboev o'rniga Dragan CHeran tushdi

59. Mehmonlar burchak to'pi tepishga tayyorlanishmoqda.

57. CHeran maydonga tushishga tayyorlanmoqda

52. Jasur Hasanov chap qanotda juda faol o'ynamoqda, ammo hozircha goldan darak yo'q.

48. Vakillarimiz taymni hujumkor boshlashdi.

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. TANAFFUS

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

42. Xavfli vaziyat! Mehmonlar o'ng qanotdan oldinga o'tishdi, uzatib berilgan to'pni Alipur darvozaga yo'lladi, noaniq!

40. ZARBA! G'anievning zarbasi darvozaga qadar etib borgani yo'q!

36. Qarshi hujumda Islom Kenjaboev to'pni raqiblarga oldirib qo'ydi

35. Mehmonlar burchak to'pini amalga oshirishdi. Bu safar ham Quvvatov o'z o'rnida ishonchli o'ynadi

31. Jasur Hasanov chap qanotdan to'pni uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi.

27. O'yin hamon teng kurashlar ostida o'tmoqda

19. Mehmonlar burchak to'pini amalga oshirishdi, Quvvatov to'pni qabul qilib oldi

17. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan uzatilgan to'pni Jasur Hasnaov to'xtata olmadi.

15. "Nasaf" safida Rashidxonov, Hasanov, Lukich, Muhitdinov va Eshmurodovda bittadan sariq kartochka bor. Ular bugun ogohlantirish olishsa 6-turni o'tkazib yuborishadi.

12. Vakillarimiz hujumga o'tishga urinmoqda, ammo raqib himoyasi xatosiz o'ynamoqda

10. Negadir "Nasaf" futbolchilari sirg'anib ketishmoqda... bunga nima sabab bo'layotganidan xabarimiz yo'q

5. Dastlabki besh daqiqada tomonlar teng o'yin namoyish etishdi. Hech bir tomon xavfli hujum uyushtira olmadi.

- O'yin boshlandi.


OCHL-2018. “S” guruhi, 5-tur
“Nasaf” (Qarshi) – “Persepolis” (Eron) 0:0  
02.04.2018. “Markaziy” stadion. 18319 tomoshabin

Bosh hakam: Ali Abdulnabi (Bahrayn)
Qanot hakamlari: Muhammad Salmon (Bahrayn), Abdulla Alravoiymi (Bahrayn)
Zaxira hakami: Ismoil Habib Ali (Bahrayn)
Nazoratchi: Lam CHi Xo (Gonkong)
Komissar: Ali Jabroil (Falastin)

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G'aniev (17.Doniyor Narzullaev, 77), 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abdixoliqov, 20.Islom Kenjaboev (69.Dragan CHeran, 62), 22.Igor Golban (s), 27.Islom Rashidxonov, 31.Saydullo Rahmatov, 55.Slavko Lukich, 77.Jasur Hasanov (14.SHarof Muhitdinov, 88), 92.Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 8.Sanjar Rashidov, 21.Jahongir Aliev.

“Persepolis”: 1.Alirizo Beyranvand, 2.Sodih Muharrami, 4.Said Jalol Husayni (s), 10.Farshod Axmadzoda, 11.Komil Kamilobi Ziyo, 13.Husayn Mohiyni, 15.Muhammad Ansori, 18.Muhsin Robi Xon, 19.Vohid Amiri (69.Ali Muslix Taklimi, 87), 70.Ali Alipur (5.Bashar Buniyan, 90+2), 88. Siyomak Nemati (8.Axmad Nurullohi, 69).  
Zaxira: 44.Bujidor Radoshevich, 25. Abulfazi Darveshvand, 77.Muhsin Musulmon, 90.Godvin Mensha.

Ogohlantirishlar: Azizjon G'aniev 76, Axmad Nurullohi 90+3.

Reyting: +74   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика