OCHL. "Nasaf" birinchi bor "Al Ayn" bilan kuch sinashadi
19 apr 2016 15:12
Yangiliklar
OCHL. "Nasaf" birinchi bor "Al Ayn" bilan kuch sinashadi
"Nasaf" ishtirok etayotgan guruhda Qatarning "Al Jayish" klubi 10 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Bu yilgi ishtirokini pley-offdan boshlagan "Al Jayish" avvalgi turda keyingi bosqich masalasini hal qildi.
"Nasaf"ga kelsak, qarshiliklar 4 ochko bilan uchinchi o'rinni egallab turishibdi. Ikkinchi o'rinda borayotgan "Al Ayn" hisobida esa 6 ochko mavjud. Bugungi bellashuv "Nasaf" va "Al Ayn"ning o'zaro ilk to'qnashuvi bo'ladi. Jamoalar bungacha bir-birlariga qarshi maydonga tushgan emaslar.

- "Nasaf" keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini o'zida saqlab qolishi uchun bugun kamida durang qayd etishi talab etiladi. G'alaba qozonsa-ku yanayam yaxshi.
- "Nasaf" bungacha o'z maydonida ikki bor BAA klubiga qarshi maydonga tushgan va har ikkalasida mag'lubiyatga uchragan. 2012 yil "Al Jazira" bilan bellashuvda 2:4 hisobi qayd etilgan bo'lsa, o'tgan yil "Al Ahli" Qarshidan 1:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytib ketgan.
- Jamoa "Al Ahli"ga yutqazib qo'yganidan beri o'z maydonida uchta uchrashuv o'tkazdi va birortasida mag'lub bo'lmadi.
- Bugun o'yinni SHerzod Azamov sariq kartochkalar tufayli o'tkazib yuboradi.
- Maqsud Karimov, Aziz G'aniev, Dilshod Ramatullaev va Artur Gevorkyan hisobida hozircha bittadan sariq kartochka bor.

- Agar bugun "Al Ayn" g'alaba qozongudek bo'lsa, jamoa ketma-ket uchinchi marta OCHL guruh bosqichidan chiqadi. "Al Ayn" shu paytgacha uch marta O'zbekistonga tashrif buyurgan. Jamoa 2006 yil "Mashal" bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, 2010 yil "Paxtakor"ga 2:3 hisobida mag'lub bo'lgan. O'tgan yil esa bu jamoa "Paxtakor"ni 1:0 hisobida yutib ketgan.
- "Al Ayn"ning braziliyalik legioneri Duglas uchta gol bilan jamoasining eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar