OCHL. "Nasaf" alo kayfiyatda "Al Sadd"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi GALEREYA
22 apr 2022 03:16
Yangiliklar
OCHL. "Nasaf" alo kayfiyatda "Al Sadd"ga qarshi tayyorgarlikni boshladi GALEREYA
Qarshining "Nasaf" jamoasi Dammam shahrida o'z o'yinlarini o'tkazmoqda. "Al Faysali"ga qarshi o'yindan keyin o'yinchilarga bir kun dam berilgan edi. Kecha "ajdarlar" Ro'ziqul Berdiev boshchiligida "Al Sadd"ga qarshi tayyorgarlikni boshlashdi.
Engil jarohat sabab SHahzod Akramov mashg'ulotda individual tarzda shug'ullangan bo'lsa, G'olib G'aybullaev asta-sekin umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi. Mashg'ulotni murabbiylar turli qiziqarli o'yinlar bilan olib borishdi. Alo kayfiyatda o'tgan mashg'ulotdan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA
Suratlar muallifi: Tolibjon Qosimov
"Nasaf"ning Dammam shahridagi 21 aprelda o'tkazilgan mashg'ulotidan suratlarni saytimizning maxsus bo'limi orqali tomosha qilishingiz mumkin >>>>> FOTOGALEREYA
Fikrlar