OCHL. "Naft Tehron" "Paxtakor", "Al Sadd" "Lokomotiv"ning guruhidan o'rin oldi
17 fev 2015 22:20
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162533_original.jpg)
![](/upload/storage/162533_220.jpg)
OCHL. "Naft Tehron" "Paxtakor", "Al Sadd" "Lokomotiv"ning guruhidan o'rin oldi
Osiyo chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi bir qator o'yinlar o'z yakuniga etdi.
Toshkentning "Bunyodkor" klubi BAAning "Al Jazira" klubini 2:1 hisobida mag'lub etib guruh bosqichiga yo'l olgani haqida xabar berdik. "Qaldirg'ochlar" "A" guruhida ishtiroq etishadi. Ushbu guruhda "Al Nasr" (Saudiya Arabistoni), "Lahviya" (Qatar) va "Persepolis" (Eron) kabi klublar o'rin olishgan.
Biroz oldin Eronda "Naft Tehron" va Qatarning "Al Jayish" klublari o'rtasidagi o'yin yakunlandi. Unda tehronliklar Amir Arsalan Motahari tomonidan urilgan gol evaziga g'olib bo'lishdi.
"Naft Tehron" klubi OCHL guruh bosqichida "B" guruhidan o'rin oldi. Ushbu guruhda O'zbekistonning "Paxtakor", Saudiya Arabistonining "Al SHabab" va BAAning "Al Ayn" klublari bor.
"Al Vahda" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar) uchrashuvi shiddatli kechdi. Asosiy vaqtda 3:3, qo'shimcha vaqtda 4:4 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida qatarliklar omadliroq chiqishdi - 5:4. SHu tariqa "Al Sadd" "Lokomotiv" klubi joy olgan "D" guruhidan o'rin oladi. Ushbu guruhda "Fulad" (Eron) va "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) kabi klublar ham joy olgan.
Pley-off uchinchi bosqich
17 fevral
"Seul" (J.Koreya) - "Xanoy" (Vetnam) 7:0
"Kashiva Reysol" (Yaponiya) - "CHonburi" (Tailand) 3:2
"Central Koast Mariners" (Avstraliya) - "Guanchjou" (Xitoy) 1:3
"Pekin Guan" (Xitoy) - "Bangkok Glass" (Tailand) 3:0
"Naft Tehron" (Eron) - "Al Jayish" (Qatar) 1:0
"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al Jazira" (BAA) 2:1
"Al Vahda" (BAA) - "Al Sadd" (Qatar) 4:4 (penaltilar seriyasi 4:5)
22:10. "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Al Qodsiya" (Quvayt)

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar