OCHL. “Lokomotiv”ning raqibi “Sepaxon” durang o'ynadi
19 dek 2015 23:16
Yangiliklar
OCHL. “Lokomotiv”ning raqibi “Sepaxon” durang o'ynadi
Malumki, jamoamiz OCHLda “A” guruhidan joy olgan va “Al Nasr” (BAA), “Sepaxon” (Eron) hamda “Al Ittihod” (S.Arabistoni)/”Al Vihdat” (Iordaniya) juftligi g'olibiga qarshi bahs olib boradi.
Kecha “Sepaxon” safarda “Padideh” mehmoni bo'lib, 1:1 hisobida durang o'ynadi. “Sepaxon”ning ushbu o'yindagi tarkibi haqida hozircha malumot yo'q. Faqat shunisi aniqki, bu jamoadan Mehdi SHarifi gol muallifi bo'lgan. Eron chempionatida 16ta jamoa ishtirok etadi. 15-tur o'yinlaridan so'ng “Sepaxon” 22 ochko bilan 8-o'rinda boryapti.
OCHLda “Lokomotiv”ga raqib bo'lishi mumkin bo'lgan jamoalardan biri “Al Ittihod” ertaga navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazadi. Bu jamoa 14 dekabr kuni safarda “Al Nasr”ga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
Ertaga esa “Al Ittihod” o'z maydonida “Al Taavon”ni qabul qiladi. Saudiya chempionatida 14ta jamoa ishtirok etadi. “Al Ittihod” 11-tur yakunlariga ko'ra, 20 ochko jamg'arib 4-o'rinda boryapti.
Hozirgina BAA chempionatida “Al Nasr”ning o'yini tugadi. Bu jamoa o'z maydonida “Al SHaab” bilan kuch sinashib, 5:1 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur uchrashuvda “Al Nasr”ning braziliyalik legioneri Nilmar uchta gol urdi.
BAA chempionatida 14ta jamoa qatnashadi. “Al Nasr” 12 uchrashuvdan so'ng 24 ochko bilan uchinchi o'rinda boryapti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar