OCHL. “Lokomotiv”ga qarshi o'ynaydigan legionerlar

11 dek 2014, 17:17
Xabaringiz bor, bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslariga qur'a tashlandi.
Qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston Kubogi sohibi “Lokomotiv” “S” guruhidan joy oldi va “Al Hilol” (S.Arabistoni), “Fulad” (Eron) klublariga qarshi bahs olib boradi. Guruhdagi to'rtinchi jamoa nomi esa pley-off o'yinlaridan so'ng ma'lum bo'ladi.

Yaxshi bilasiz, Osiyo chempionlar ligasida legionerlar katta rol o'ynaydi. Ko'plab arab jamoalarida ko'rganmiz, asosiy ishni ko'pincha legionerlar bajarib berishadi. Shu bois quyida “Lokomotiv”ga qarshi to'p suradigan klublar tarkibida qaysi legionerlar o'ynayotgani borasida qisqacha ma'lumot berib o'tamiz.

“Al Hilol” legionerlari
Saudiya klublari doim yuqori saviyadagi legionerlar xizmatidan foydalanib kelishgan. OCHLning bu yilgi finalchisi “Al Hilol” ham bundan mustasno emas. Jamoa safida Kvak Tae Xvi, Digao, Tyago Neves singari mohir legionerlar bor. Ayniqsa, Tyago Neves kuchli futbol namoyish etadi.   

Kvak Tae Xvi (J.Koreya)
Yoshi: 33
Ampluasi: himoyachi

Digao (Braziliya)
Yoshi: 26
Ampulasi: himoyachi

Tyago Neves (Braziliya)
Yoshi: 29
Ampluasi: yarim himoyachi

Mixay Pintili (Ruminiya)
Yoshi: 30
Ampluasi: yarim himoyachi

“Fulad” legionerlari
Eronning “Fulad” jamoasi tarkibida esa nomdor xorijliklar yo'q hisobi. Ammo eronlik mahalliy o'yinchilarning o'zlari yaxshi o'yin ko'rsatishadi. “Fulad” tarkibida hozircha uch nafar chet ellik to'p tepyapti va osiyolik futbolchi uchun o'rin bo'sh turibdi.

Matias Chago (Kamerun)
Yoshi: 31
Ampluasi: yarim himoyachi

Aloys Nong (Kamerun)
Yoshi: 31
Ampluasi: hujumchi

Leonard Mesarich (Xorvatiya)
Yoshi: 31
Ampluasi: himoyachi

Manba: championat.asia