OCHL. "Lokomotiv" oq, "Al Sadd" qora rangli futbolkalarda o'ynaydi
07 apr 2015 13:37
Yangiliklar


OCHL. "Lokomotiv" oq, "Al Sadd" qora rangli futbolkalarda o'ynaydi
Toshkent, 7 aprel - Xabaringiz bor, ertaga Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasida "Lokomotiv" - "Al Sadd" bahsi bo'lib o'tadi.
Bugun har
ikkala jamoa menejerlari, uchrashuv komissari hamda o'yinga aloqador
shaxslar ishtirokida o'yindan oldingi ananaviy yig'ilish tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir davomida bir qator masalalar hal qilib olindi, shuningdek ertangi bahsda kimning qanday libosda to'p tepishi oydinlashdi. Uchrashuv mezboni "Lokomotiv" oq rangli formada to'p tepsa, mehmonlar "Al Sadd" jamoasi qora rangli futbolkalarda o'ynaydigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Al Sadd" bahsi TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:00. Biz "Lokomotiv"ga befarq bo'lmagan barchani ertangi o'yinga chorlab qolamiz.

Fikrlar