OCHL. "Lokomotiv" oq, "Al Sadd" qora rangli futbolkalarda o'ynaydi

Aziz Tukhtamuradov
7 apr 2015, 13:37
Toshkent, 7 aprel - Xabaringiz bor, ertaga Osiyo chempionlar ligasining 4-tur doirasida "Lokomotiv" - "Al Sadd" bahsi bo'lib o'tadi.
Bugun har ikkala jamoa menejerlari, uchrashuv komissari hamda o'yinga aloqador shaxslar ishtirokida o'yindan oldingi ananaviy yig'ilish tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida bir qator masalalar hal qilib olindi, shuningdek ertangi bahsda kimning qanday libosda to'p tepishi oydinlashdi. Uchrashuv mezboni "Lokomotiv" oq rangli formada to'p tepsa, mehmonlar "Al Sadd" jamoasi qora rangli futbolkalarda o'ynaydigan bo'ldi. Eslatib o'tamiz, "Lokomotiv" - "Al Sadd" bahsi TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti - 16:00. Biz "Lokomotiv"ga befarq bo'lmagan barchani ertangi o'yinga chorlab qolamiz.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz