So’nggi yangiliklar

10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  1 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  0 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  7 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24 04:24АПЛ. "Эвертон" ва "Арсенал" ўртасидаги ўйин тақдирини пенальтидан урилган гол ҳал қилди  6 04:20А Серия. "Ювентус" ва "Рома" ўртасидаги ўйинда учта гол урилди  7 00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0

OCHL. Jilson Da Souza: "Guruhdagi eng yaxshi jamoa "Lokomotiv" edi..." Yangiliklar

OCHL. Jilson Da Souza: "Guruhdagi eng yaxshi jamoa "Lokomotiv" edi..."

OCHL-2019 guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" – "Ar Rayan" uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Jilson Da Souza va darvozabon Abdulaziz Fahad Eysa ishtirok etdi.

"Afsuski ikki klub ham guruhdan chiqa olmadi, shu bois ertaga o'ziga xos o'rtoqlik o'yini bo'ladi. Ammo biz guruh bosqichini g'alaba bilan tugatishni istaymiz", - dedi bosh murabbiy

"Bizning jamoa ertangi bahsga tayyor. Oxirgi uchrashuvni Doxada o'tkazdik va bu o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Ertaga g'alaba qozonib mavsumni yaxshi kayfiyatda tugatmoqchimiz", - dedi darvozabon

- Qatarda mavsum tugaganiga ancha bo'ldi. Klubingiz o'tgan o'yinni OCHL doirasida o'tkazdi va bunga ancha bo'ldi. Jamoa konsentraciyani yo'qotib qo'ymadimi? Jismoniy holat yaxshimi? 

- Biz tonusni yoki konsentraciyani yo'qotdik deb o'ylamayman. Sababi mashg'ulotlar davom etmoqda. Ertangi bahsda kim qanday natija qayd etsa ham guruhdan chiqa olmaydi. Guruhdagi eng yaxshi jamoa "Lokomotiv" edi, ammo futbolda doim ham yaxshi jamoa keyingi bosqichga chiqavermasligini ko'rdik. 

- Guruh bosqichidagi yagona g'alaba "Lokomotiv"ga qarshi o'yinda qo'lga kiritildi. Ertaga ham yuta olishingizga ishonasizmi?

- Biz har bir o'yinda yutishga harakat qildik. "Al Ittihod" bilan o'yinda asosan ikkinchi tarkibni tushirdik va mag'lub bo'ldik. Bu qanchalik to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini bilmayman. Ertangi bahsda esa bosim yo'q va guruhni g'alaba bilan tugatmoqchimiz.

- Futbolchilarda motivaciya bormi?

Abdulaziz Fahad: - Ha, bizda ishtiyoq va xohish bor. Qatarda chempionat tugadi va mavsumni g'alaba bilan tugatishni juda ham xohlaymiz.

- Klub OCHLda guruhdan chiqa olmasligi aniq. SHu boisdan qaysidir etakchilarga dam berib ularni Qatarda qoldirdingizmi yoki barcha kuchli o'yinchilar Toshkentga olib kelindimi?

- Deyarli to'liq tarkibda kelganmiz. Faqat ikki futbolchimizda jarohat bor, ular Doxada qolishdi. Qolgan barcha futbolchilar Toshkentga kelishdi.

- Qatar Yulduzlar ligasida klub mavsumni to'rtinchi o'rinda tugatdi va keyingi yil OCHL pley-offiga yo'llanma qo'lga kiritildi. Rahbariyat bu natijadan qoniqdimi?

- Bu yil ham Eron klubini mag'lub etib guruh bosqichiga chiqqandik. Keyingi yil ham shunday bo'lishiga umid qilaman. Qatar chempionatida albatta barcha singari chempion bo'lishni istagandik, biroq doim ham sen istagan narsa ro'y beravermaydi.

- Amir Kubogi bois "Al Ittihod" bilan o'yinda bir qator etakchilarga dam berdingiz. Bu Amir Kubogi sizlar uchun ko'proq muhimligini bildiradimi?

- Bu birinchi navbatda klub qarori hisoblanadi. Rahbariyat qaysi musobaqa muhim ekanligini aytsa o'sha musobaqaga ko'proq etibor qilaman. Ikkala musobaqa ham kerakli, ammo ikki frontda ham kurashish uchun etarli futbolchilar yo'q. SHu bois OCHLda bazida futbolchilarga dam berdim. Amir Kubogi g'olibi OCHLga yo'llanma beradi, shu sababli ham bu musobaqa nufuzi balandroq.


OCHL-2019. Nima uchun "Lokomotiv" so'nggi turda g'alaba qozonishi shart?

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика