So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

OCHL. Ikkinchi turning ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OCHL. Ikkinchi turning ramziy terma jamoasi

Seshanba va chorshanba kunlari qitamizda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Saytimiz xodimlari ananani davom ettirib ikkinchi turda O'zbekiston klublari safida o'zini ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzishdi. O'tgan tur ramziy terma jamoasini ko'rmaganlar uchun havola.


Darvozabon
Murod Zuhurov ("Bunyodkor")


Darvozani "Bunyodkor" klubi posboni Murod Zuhurovga ishonib topshirdik. To'g'ri Zuhurov "Al Nasr"ga qarshi bahsda o'tkazib yuborilgan yagona golda xatoga yo'l qo'ydi. Biroq o'sha kungi bahsda Zuhurov jamoasini kamida 3ta muqarrar goldan qutqardi. Darvozabon so'nggi daqiqada o'yin qahramoniga aylanishi mumkin edi, biroq burchak to'pidan so'ng uning yo'llagan zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi. Aks holda Zuhurov jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgan va Jahon OAVda ham mashhur bo'lib ketgan bo'lar edi.



Himoyachilar
SHuhrat Muhammadiev ("Nasaf"), SHerzod Fayziev ("Lokomotiv"), Nemanya Yanichich ("Lokomotiv"), Maqsud Karimov ("Nasaf"), Saydullo Rahmatov ("Nasaf")

"Nasaf" klubi OCHL-2016da o'zbek klublari orasida birinchi g'alabani qo'lga kiritdi. "Al Ahli"ga qarshi bahsda jamoa himoyachilari ancha ishonchli o'ynashdi. O'ng qanotda o'ynagan SHuhrat Muhammadiev juda foydali o'yin namoyish etdi. Aynan u birinchi golda Abdixoliqovga aqlli pas oshirdi. Ikkinchi golda SHuhratning zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni Maqsud Karimov golga aylantirdi. SHu bois saytimiz ijodkorlari Muhammadievni 2-turda o'zbek klublari orasida eng yaxshi futbolchi deb topdik.



Uning jamoadoshlari Maqsud Karimov va Saydullo Rahmatov ham ramziy terma jamoadan joy olishdi.

"Lokomotiv" Saudiya Arabistonida "Al Ittihod" bilan durang o'ynadi. "Temiryo'lchilar" safida Nemanya Yanichich markaziy himoyada ishonchli o'ynadi. O'ng qanotda harakat qilgan SHerzod Fayziev esa raqib hujumchilarini to'xtatishda faol bo'ldi.


Yarim himoyachilar
Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv"), Oleg Zoteev ("Lokomotiv"), Bahrom Abdurahimov ("Nasaf"), SHerzod Karimov ("Paxtakor")


O'tgan turda ham ramziy terma jamoadan o'rin olgan Kaxi Maxaradze "Al Ittihod" bilan safardagi bahsda ham yaxshi o'ynadi. Raqibning hujumlarini to'xtatish va hujum boshlashda ishonchli o'ynadi. CHap qanot yarim himoyasida harakat qilgan Oleg Zoteev gol bilan tugagan penaltini ishladi.

"Paxtakor" "Al Hilol"ga yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi. Lekin jamoa safida SHerzod Karimov boshqalardan ko'ra yaxshiroq o'ynadi. Aynan uning ajoyib pasidan so'ng Sergeev hisobni ochgandi. Ikkinchi bo'limda esa arablar ketma-ket gol urishdi.

"Nasaf" yarim himoyasida o'ynagan Bahrom Abdurahimov Erkin Boydullaevning yo'qligini bilintirmadi. Bir necha bor hujumlarni yaratishda faol bo'lgan Abdurahimov gol urishi ham mumkin edi.




Hujumchilar
Bobir Abdixoliqov ("Nasaf")


Ilk turda ham ramziy terma jamoadan o'rin olgan "Nasaf"ning yosh hujumchisi ikkinchi turda ham ajoyib o'ynadi. Qarshidagi bahsda Bobir hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. 18 yoshli futbolchi bunday natijalar bilan to'xtab qolishi kerak emas.


Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика