OCHL. G'arbiy mintaqada nimchorak finalning ilk o'yinlari o'tkazildi
06 avg 2019 01:10
Yangiliklar


OCHL. G'arbiy mintaqada nimchorak finalning ilk o'yinlari o'tkazildi
Avvaliga, Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasi o'z uyida «Zobahan»ni (Eron) qabul qilib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Jiddaliklar safida gollarni chililik legioner Luis Ximenes hamda himoyachi Ziyod al-Sahafi urgan bo'lsa, raqiblar safida G'osim Hodadfirar darvozani ishg'ol etdi.
Al Ittihad Luis Jimenez - 10', Ziyad Al Sahafi - 72' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 05/08/2019, 22:00 1
:
2
Tugadi
|
Zob Ahan Ghasem Hadadifar - 7' |
Kunning ikkinchi o'yinida Saudiyaning boshqa bir klubi «Al-Nasr» BAAning «Al-Vahda»si bilan uchrashib, murosa yo'lini (1:1) tanladi. Mezbonlar safida Abdurrazoq Hamdolloh, mehmonlardan esa Leonardo gol muallifiga aylanishdi.
Al Nassr FC Abderrazak Hamdallah - 17' |
AFC Champions League Final Stage . 1/8-tur 06/08/2019, 00:00 1
:
1
Tugadi
|
Al-Wahda Leonardo - 53' |
Bugungi juftliklarning javob bahslari 12 avgust sanasiga belgilangan.
SHuningdek, bugun nimchorak finaldan o'rin olgan so'nggi ikkita to'qnashuv ham bo'lib o'tadi.
21:00 | «Al-Duhail» (Qatar) – “Al-Sadd (Qatar)
21:40 | «Al-Ahli» (Saudiya Arabistoni) – «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar