OCHL. Ermatov boshqargan o'yinda “Al Ayn” g'alaba qozondi, lekin
01 okt 2014 08:54
Yangiliklar
OCHL. Ermatov boshqargan o'yinda “Al Ayn” g'alaba qozondi, lekin
Kecha Osiyo CHempionlar ligasida ilk finalchi malum bo'ldi.
BAAning “Al Ayn” jamoasi muhtasham Hazza Bin Zayed Stadium arenasida Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubini qabul qildi. Hamyurtimiz Ravshan Ermatov boshqarib borgan uchrashuvda maydon egalari 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Lekin bu g'alaba finalga chiqish uchun kamlik qildi. Boisi, Ar-Riyodda kechgan dastlabki o'yinda saudiyalik futbolchilar 3:0 hisobida zafar quchishgan edi. Darvoqe, bugungi bahsda Ermatov "Al Ayn" futbolchisi Asamoa Gyanga raqib futbolchisiga ikki oyoqlab sakragani uchun qizil kartochka ko'rsatdi.
Bugun OCHLning ikkinchi yarim final javob uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda Avstraliyaning “Vestern Sidney Uonderers” hamda Janubiy Koreyaning “FK Seul” jamoalari o'zaro munosabatlariga oydinlik kiritib olishadi.

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar