OCHL. “Bunyodkor” – “Lahviya”. Yumpey ilk bor O'zbekiston klubi ishtirokidagi o'yinda
17 mar 2015 15:45
Yangiliklar

OCHL. “Bunyodkor” – “Lahviya”. Yumpey ilk bor O'zbekiston klubi ishtirokidagi o'yinda
OCHL guruh bosqichi 3-turida Toshkentning "Bunyodkor" klubi Qatar chempioni "Lahviya" klubini qabul qiladi.
Bu bahsni yaponiyalik hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Bosh hakam – Iida Yumpey. Unga qanotlarda hamyurtlari Nagi Toshiyuki va Yamauchi Xiroshi yordam berishadi. Eslatib o'tamiz, bu uchrashuv 17 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
1981 yilda tavallud topgan ushbu hakam xalqaro faoliyatini 2011 yilda boshlagan. Iida Yumpey shu kungacha asosan OFK kubogi va turli yoshdagi qita chempionati saralashlarida ishlagan. SHu bois ham terma jamoalarimiz va klublarimiz ishtirokidagi bironta o'yinda hakamlik qilmagan. “Bunyodkor” – “Lahviya” uchrashuvi Yumpey uchun 2015 yilgi Osiyo chempionlar ligasidagi debyut bo'ladi.
OCHL. 3-tur. "A" guruhi
BUNYODKOR – LAHVIYA
17 mart 2015. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 18:00
Bosh hakam: Iida Yumpey (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Nagi Toshiyuki (Yaponiya), Yamauchi Xiroshi (Yaponiya)
Zaxira hakami: Okabe Tokuto (Yaponiya)
Nazoratchi: Xusayn Milajerdi Asqari (Eron)
Komissar: Motasem Faris Sulaymon Alnaiti (Iordaniya)

Fikrlar