OCHL. "Bunyodkor" "Al Jazira"ni engib guruh bosqichiga yo'llanma oldi
17 fev 2015 18:54
Yangiliklar

OCHL. "Bunyodkor" "Al Jazira"ni engib guruh bosqichiga yo'llanma oldi
OCHL pley-off bosqichi doirasidagi "Bunyodkor" - "Al Jazira" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
"Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al Jazira" (BAA) 2:1
17 fevral 2015. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni.
Hakamlar: Alirizo Fag'oni (Eron), Rizo Suhandon (Eron), Muhammad Rizo Abdulfazli (Eron), Hasan Akramiy (Eron)
Gollar: Vohid SHodiev 22, - 1:0. Ali Mabhut 45+1 penalti, - 1:1. Sardor Rashidov 52, - 2:1.
"Bunyodkor": 45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov, 7.SHaker Zuagi, 8.Javlon Ibrohimov, 9.Sato Minori, 11.Mirzohid G'ofurov (17.Doston Hamdamov, 55), 13.Ivan Miloshevich, 14.Vohid SHodiev (39.Eldor SHomurodov, 65), 16.Artyom Filiposyan, 21.Sardor Rashidov, 48. Akram Komilov.
Zaxira: 25.Murod Zuhurov, 4.Xayrulla Karimov, 15.Obid Jo'raboev, 19.Zabihillo O'rinboev, 20.Samir Bekrich, .
"Al Jazira": 36.Al Senani, 5.Musallim Fayoz, 7.Ali Mabhut, 8.Jusiley, 10.Manuel Lanzini, 11.Pitroypa, 13.Hamis Ismoil (4.Yosir Matar, 84), 18.Abdulla Musa, 23.Xolid Sebil, 28.Saif Xalfan (14.Hasan Amir, 63), 60.Bashir Said.
Zaxira: 30.Muhammad Ali G'ulom, 3.Juma Abdulla, 21.Yoqib Yusuf, 70.Ahmad Al Hashmi, 82.Sulton Abdulaziz.
Ogohlantirishlar:
CHetlatish: Holid Sebil 90
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
90+3. O'YIN TUGADI! "BUNYODKOR" OCHL guruh bosqichiga yo'llanma oldi! O'zbekiston tarixida ilk bor to'rtta jamoa guruh bosqichida o'ynaydi! Barchaga rahmat! Uchrashuvni matnli translyaciyasini Narzulla olib bordi. Unga SHahboz Beg'amov, Jasur Aslanov va Omonjon yordam berib borishdi. Rasmlarni Tolibjon Qosimov etkazdi.
90+2. O'yinning eng yaxshi futbolchisi Sardor Rashidov, a kak je?
90+1. Jarima to'pi noaniq amalga oshirildi.
90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shib berildi
90. QIZIL KARTOCHKA! "Al Jazira". Xolid Sebil
90. Eldor SHomurodov burchak to'pi ishlab oldi, Rashidov to'p yonida
88. Sardor Rashidov bugungi o'yinga 6ta zarba berdi, shulardan 4tasi darvozaga aniq bordi. Statistika uchun Jasur Aslanovga rahmat
86. Xavfli vaziyat! Rashidov va SHomurodovda gol urish uchun imkoniyat bo'ldi. Sardorning zarbasini darvozabon qaytardi, Eldor esa noaniq zarba berdi
84. O'zgarish. "Al Jazira". Hamis Ismoil o'rniga Yosir Matar tushdi
81. Lanzini tomonidan yo'llangan zarba noaniq chiqdi
80. Uchrashuvning asosiy vaqti tugashiga 10 daqiqa qoldi, agar hisob o'zgarmasa "Bunyodkor" guruh bosqichida o'ynaydi.
77. Rashidovning chap qanotdan oshirgan to'pini Eldor SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon o'z joyida
75. "Bunyodkor"ning tezkor qarshi hujumi... Rashidovning ikki marta qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi
72. O'yinni ko'rish uchun "Bunyodkor" stadioniga 9263 tomoshabin keldi
70. Mehmonlar burchak to'pini amalga oshirishmoqda. Berilgan Musallam Fayozning zarbasi noaniq chiqdi
67. Sardor Rashidov jarima maydoni ichidan to'pni darvozaga yo'lladi, posbon o'z o'rnida
67. O'yindan issiq rasmlar
65. O'zgarish. "Bunyodkor". Vohid SHodiev o'rniga Eldor SHomurodov tushdi
63. O'zgarish. "Al Jazira". Saif Xalfan o'rniga Hasan Amin Abdulla tushdi
61. "Bunyodkor" hujumlar yomg'irini yog'dirmoqda... "Jazira" hayratda. Rashidovning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi
60. Minori raqib jarima maydoni ichida yiqildi, hakam buni simulyaciya deb hisobladi
60. Ogohlantirishlar. "Bunyodkor". Sato Minori, Vohid SHodiev, Javlon Ibrohimov...
59. Hamdamov o'yinga ancha faol tarzda qo'shilib ketdi.
56. Xavfli vaziyat! Doston Hamdamov o'ng qanotda to'pni olib qo'yib Rashidovga to'p uzatdi, pas noaniq chiqdi
55. O'zgarish. "Bunyodkor". Mirzohid G'ofurov o'rniga Doston Hamdamov
52. Maydon markazidan oshirilgan to'pni Sardor Rashidov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib borib darvozani ishg'ol qildi - 2:1.
52. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SARDOR RRRRRASHIDOV! 2:1.
49. Raqibning tezkor qarshi hujumi...Ivan Miloshevich Mabhutga imkon bermadi
47. CHamasi 25 metrlardan belgilangan jarima to'pini Sardor Rashidov amalga oshirdi, noaniq
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Birinchi bo'lim statistikasi:
Burchak to'pi 6:2
Qoida buzish 9:10
Sariq kartochka 2:1
Qizil kartochka 0:0
Zarbalar 3:1
Aniq zarbalar 1:0 (penaltidan berilgan zarba hisoblanmaydi)
Gollar: 1:1
45+2. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha 1:1. 15 daqiqa dam olamiz
45+2. GOL! 1:1. Ali Mabhut! 11 metrli jarima to'pidan hujumchi osonlik bilan gol urdi.
45+1. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Akbar To'raev
45+1. PENALTI! Jonatan Pitroypa jarima maydoni ichida Akbar To'raev tomonidan yiqitildi. Hakam penalti belgiladi
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi
42. So'nggi daqiqalarda mehmonlar ko'proq hujumda. "Qaldirg'ochlar" himoyalanishmoqda.
40. Ogohlantirish. "Al Jazira". Hamis Ismoil
37. O'yin tempi biroz tushdi, bu orada Sardor Rashidov yiqildi,
33. "Jazira"ning qarshi hujumi, hakamlar o'yindan tashqari holat sabab o'yinni to'xtatishdi... OK-2015 to'purari Mabhut esa darvozaga zarba berishga qaror qildi, aksiga olib to'p darvozga to'siniga tegib qaytdi, bu sizga Osiyo kubogi emas, OCHL...
32. Minori burchak to'pini amalga oshirdi, darvozabon to'pni qaytardi.
31. To'lqin, to'lqin, stadionda jonli to'lqin. Qo'shnimga salomlar)
29. Lanzini jarima to'pini amalga oshirdi, bu safar Filiposyan boshi bilan to'pni qaytardi. "Bunyodkor"ning tezkor qarshi hujumi, Javlon Ibrohimov himoyachidan o'tib keta olmadi
27. "Jazira" gol o'tkazgach o'yinni tezlashtirdi, tezlashtirmay qayoqqa ham borardi
25. Lanzini ikki marta burchak to'pini amalga oshirdi, himoyachilar bir amallab hujumni qaytarishdi
23. OCHL doirasida "Bunyodkor" stadionidagi ilk golni Vohid SHodiev urdi.
22. Burchak to'pidan so'ng Rashidovning zarbasi himoyachilarga tegib rekoshet hosil qildi va SHodievga bordi, Vohid hujumchilarga o'xshab to'pni darvozaga yo'lladi - 1:0.
22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 1:0. VOHID SHODIEEEEEEEEEEEEEEEEV!
20. Ogohlantirish. "Al Jazira". Bashir Said
20. Ogohlantirish. "Bunyodkor". Akrom Komilov
19. ZUAGIIIIIIIIII! Burchakdan oshirilgan to'pni SHaker boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq. Yana bir burchak to'pi
17. XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAT! SHaker Zuagining yana bir zargarona pasidan so'ng Rashidov darvozabon bilan birga bir vaziyatga chiqib ketdi, ammo Al Senani Noyerga havas qilgan ko'rinadi, jarima maydonini tark etib to'pni qaytarib yubordi.
16. SHorahmedov o'ng qanotdan bir nafar futbolchini aldab raqib jarima maydoniga to'pni uzatdi, Mirzohid G'ofurovning bosh bilan yo'llagan zarbasi noaniq chiqdi
15. Stadion maysasi borasida savol berganlarga: CHim ajoyib holatda, futbolchilar bemalol o'z o'yinlarini namoyish etishmoqda
14. "Jazira" hech qaerga shoshilmayapti, xuddiki raqib yirik hisobda oldinda borayapti va o'yin tugashini kutayotgandek.
13. "Qaldirg'ochlar" safida bugun uch nafar yangi futbolchi o'ynamoqda: SHaker Zuagi, Mirzohid G'ofurov va Artyom Filiposyan.
12. Mirzohid G'ofurov va Sardor Rashidov o'z qanotlarini almashib olishdi. Endi Sardor o'ngda o'ynamoqda.
11. Rashidov ketma-ket ikki marta burchakdan to'pni o'yinga kiritdi. Birinchisida himoyachilar, ikkinchisida Al Senani yaxshi o'ynadi.
9. Zuagidan ajoyib pas, o'ng qanotdan Mirzohid G'ofurov to'pga darvozabondan keyin etib keldi. Ajoyib vaziyat ediya.
7. "Bunyodkor"ning bir hujumi. Yana Rashidov voqealar rivoji markazida, bu safar uning pasidan so'ng Zuagi zarba bermadi. Hujum besamar ketdi.
5. Yana bir vaziyat. Akmal SHorahmedov o'ng qanotdan oldinga o'tib kutilmaganda to'pni darvozaga kuchsiz tarzda yo'lladi.
5. Navbat "Bunyodkor"ga. CHap qanotdan Rashidov tezlanish oldi, biroq raqibni alday olmadi.
4. "Jazira" jarima to'piga ega bo'ldi. Lanzini tomonidan oshirilgan to'pni Akbar To'raev mushtlari bilan qaytardi.
3. Mehmonlarning ilk hujumi. Jusiley jarima maydoni tashqarisidan to'pni darvozaga yo'lladi, kuchsiz zarba noaniq chiqdi.
2. Xolid Sabilga shifokorlar yordam ko'rsatishdi. O'yin davom etadi.
2. Xavfli vaziyat! Minorining pasidan so'ng Zuagi to'pni egallab oldi. U Rashidovga to'p uzatdi, Sardorning jarima maydoniga havolatib oshirgan to'pini himoyachilar qaytarishdi.
1. Dastlabki vaziyatni Vohid SHodiev yaratdi. U o'ng qanotdan raqib jarima maydoniga to'p uzatdi, darvozabon o'z o'rnida
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- O'yin boshlanishiga barchasi tayyor, oz qolmoqda. Olg'a "Bunyodkor"!
- Uchrashuvda "Bunyodkor" sardori sifatida Javlon Ibrohimov o'ynaydi.
- "Bunyodkor"ga yig'ilgan barcha muxlislar "qaldirg'ochlar"ning logosi tushirilgan bayroqlarni xilpiratishmoqda. Jamoalar maydonga tushib kelishmoqda.
- Stadion ichidagi muhit ajoyib... O'zbekistonni madh etuvchi qo'shiqlar yangramoqda. Tomoshabinlarning tashrifi davom etmoqda... Havo salqinlashib qolgan.
- Raqiblar safida serbiyalik Mirko Vuchinich bugun qaydnomadan o'rin olmagan.
- O'yin boshlanishiga 20 daqiqa qolganida stadionga taxminan 8 ming muxlis kelgan.
- O'yin soat 17:00 da boshlanadi.

Fikrlar