OCHL. Bugun "Paxtakor" va "Nasaf" o'ynaydi
03 may 2016 07:57
Yangiliklar
OCHL. Bugun "Paxtakor" va "Nasaf" o'ynaydi
Bugun Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan dastlabki 8ta o'yin bo'lib o'tadi.
"Paxtakor" klubi o'z maydonida BAAning "Al Jazira" klubini qabul qiladi. No'mon Hasanov shogirdlari keyingi bosqichga chiqishlari uchun raqibni mag'lub etishlari va "Traktorsozi"ning g'alabasini kutishlari kerak bo'ladi.
"Nasaf" esa BAAda "Al Ayn" mehmoni bo'ladi. Qarshi klubi guruhdan chiqishi uchun o'zi g'alaba qozonishi va "Al Ahli"ning mag'lubiyatini kutishi lozim.
"C" guruhi
19:30 - "Paxtakor" - "Al Jazira"
19:30 - "Traktorsozi" - "Al Hilol"
"D" guruhi
21:30 - "Al Ayn" - "Nasaf"
21:30 - "Al Ahli" - "Al Jayish"
"G" guruhi
15:00 - "Melburn Viktori" - "Gamba Osaka"
15:00 - "Suvon Samsung" - "SHanxay Ist Eysha"
"H" guruhi
15:30 - "Guanchjou Evergrand" - "Sidney"
15:30 - "Urava Red Daymonds" - "Poxang Stilers"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar