OCHL. Bugun "Nasaf" va "Paxtakor" o'ynaydi
07 apr 2015 07:57
Yangiliklar

OCHL. Bugun "Nasaf" va "Paxtakor" o'ynaydi
Bugun Osiyo chempionlar ligasining 4-tur o'yinlari start oladi.
Yurtimiz sharafini himoya qilayotgan ikki klubimiz bugun o'zining navbatdagi o'yinlarini o'tkazishadi.
Qarshining "Nasaf" klubi o'z muxlislari qarshisida BAAning "Al Ahli" klubini qabul qiladi. Dubayda bo'lib o'tgan bahsda tomonlar nursiz durang qayd etishgan edi - 0:0. Ro'ziqul Berdiev shogirdlari bugun g'alaba qozonib o'z ochkolarini 7taga etkazib olishni istashmoqda. Ushbu o'yin soat 19:00da boshlanadi.
Toshkentning "Paxtakor" klubi esa BAAda "Al Ayn" klubi mehmoni bo'ladi. Arablar Toshkentdagi bahsda 1:0 hisobida zafar quchishgandi. Bugungi bahsda Samvel Babayan shogirdlari o'sha mag'lubiyat uchun revansh olishga urinishlari turgan gap. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
Ikkala jamoamizga bugungi o'yinlarda omad tilaymiz!

# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Al Ahli | 3 | 2 | 1 | 0 | 7 - 4 | 3 | 7 |
2 | Nasaf Qarshi | 3 | 1 | 1 | 1 | 3 - 3 | 0 | 4 |
3 | Tractor Sazi Tabriz | 3 | 1 | 0 | 2 | 2 - 4 | -2 | 3 |
4 | Al-Ahli | 3 | 0 | 2 | 1 | 3 - 4 | -1 | 2 |
Toshkentning "Paxtakor" klubi esa BAAda "Al Ayn" klubi mehmoni bo'ladi. Arablar Toshkentdagi bahsda 1:0 hisobida zafar quchishgandi. Bugungi bahsda Samvel Babayan shogirdlari o'sha mag'lubiyat uchun revansh olishga urinishlari turgan gap. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15da boshlanadi.
# | Jamoa | O' | YU | D | M | UG - O'G | T-N | Ochk |
1 | Al-Ain | 3 | 1 | 2 | 0 | 2 - 1 | 1 | 5 |
2 | Pakhtakor Tashkent | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 - 4 | 0 | 4 |
3 | Naft Tehran | 3 | 1 | 1 | 1 | 4 - 4 | 0 | 4 |
4 | Al Shabab | 3 | 0 | 2 | 1 | 3 - 4 | -1 | 2 |

Fikrlar