So’nggi yangiliklar

16:17Ўзбекистонлик ҳакамлар Осиё Кубоги ўйинида ишлайди  0 15:50Саудия Арабистони гранди Брунуга йирик битим таклиф этмоқда  1 15:22"Арсенал" Англия терма жамоаси ҳимоячиси учун курашга қўшилди  0 14:56Карпенко "Бухоро"дан кетди  1 14:30Суперлиганинг 2025 йилдаги энг яхши мураббийи Қозоғистонда ишлайди  3 14:09​Расман: "Манчестер Сити" Семеньони сотиб олди  1 13:48Токотаев "Локомотив"да тиббий кўрикдан ўтолмади  9 13:25"Манчестер Юнайтед" янги мураббий бўйича қарорни кечиктирди  4 12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  1 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  6 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  5

OCHL. Bugun chorak finalning javob bahslariga start beriladi Yangiliklar

OCHL. Bugun chorak finalning javob bahslariga start beriladi

Bugun Osiyo chempionlar ligasining chorak finalidan o'rin olgan ikkita javob bahsi bo'lib o'tadi.
21:00. “Al Sadd” (Qatar) - “Al Hilol” (S.Arabistoni)
Dastlabki uchrashuv
- 0:1

22:50. “Al Ittihod” (S.Arabistoni) - “Al Ayn” (BAA)
Dastlabki uchrashuv - 0:2

O'z maydonida g'alaba qozongan Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi bugun safarda “Al Sadd” mehmoni bo'ladi. Mazkur bellashuvdan oldin har ikkala jamoa bosh murabbiylari o'z fikrlarini aytib o'tishdi.

Lyussanin Ammuta (“Al Sadd” bosh murabbiyi):
“Birinchi uchrashuvda yutqazib qo'ydik. SHu bois javob bahsi oson kechmaydi. “Al Hilol” Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Raqibning ayniqsa hujumi kuchli. Keyingi bosqichga chiqish uchun albatta gol urishimiz shart. Lekin buning uchun 90 daqiqani faqat hujumda o'tkazmoqchi emasmiz. Bundan tashqari, “Al Hilol”ga qarshi ochiq futbol namoyish etmaymiz. Faqat imkoniyat yuzaga kelishini kutamiz”.

Loren Regekamp (“Al Hilol” bosh murabbiyi):
“Bugun bizdan ko'ra “Al Sadd”ga qiyinroq bo'ladi. CHunki ulardan to'p kiritish talab etiladi. O'ylaymanki, birinchi o'yinda bo'lgani kabi bu safar ham gol ura olamiz. Buning uddasidan chiqsak, raqib yanada og'ir vaziyatda qoladi”.

Saudiyaning yana bir nomdor klublaridan biri “Al Ittihod” esa o'z maydonida BAAning “Al Ayn” jamoasini qabul qiladi. Eslatib o'ztamiz, birinchi uchrashuvda “Al Ayn” 2:0 hisobida zafar quchgan. SHunday ekan, “Al Ittihod”ga bugun oson bo'lmaydi.

Xalid Al Koroni (“Al Ittihod” bosh murabbiyi):
“Agar javobsiz uchta to'p kiritsak, keyin bosqichga chiqamiz, lekin buni amalga oshirish juda qiyin bo'ladi. SHunga qaramay, men jamoamga ishonaman va oxirigacha kurash olib boramiz. “Al Ayn” yaxshi jamoa, ammo ular bilan bemalol o'ynasa bo'ladi”.

Zlatko Dalich (“Al Ayn” bosh murabbiyi):
“Yarim finalga chiqish uchun qulay imkoniyatga egamiz. Faqat buning uchun bugungi o'yinni yaxshi o'tkazib olishimiz kerak. Dastlabki bahsda shogirdlarim chiroyli o'yin ko'rsatishdi, bu safar ham shunday bo'ladi deb umid qilaman. “Al Ittihod” ikkita to'p farqini yo'qqa chiqarish uchun bor kuchi bilan oldinga tashlanadi. Bu esa o'z navbatida bizga qarshi hujumlar uchun yo'l ochadi”.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика