So’nggi yangiliklar

23:11Муҳсин Муҳаммадиев вафот этди  5 22:58"Астон Вилла" Алиссон билан шартнома имзолади  0 22:27"Насаф" икки футболчиси билан ҳайрлашди  0 22:11"Бавария" посбони Англияда ўйнайди  0 21:51Гвардиоланинг ўрнида ким ишлайди?  0 21:28АПЛ. "Ливерпуль" - "Лидс" ҳамда Лондон дербиси учун асосий таркиблар маълум!  1 21:15Эрон. "Истиқлол"да ғалаба, Ашурматовда автогол, Машарипов қайтди  9 20:50"Тоттенхэм" ҳужумчиси "Кристал Пэлас"га ўтади  0 20:27Расман: Сардор Мирзаев - "Локомотив" футболчиси!  5 20:10Зотеев, Токотаев ва бошқалар... "Андижон" 12 футболчиси билан хайрлашди  9 19:49Расмий хабар: Умид Эргашев — ОКМК футболчиси!  1 19:34Расман: Темурхўжа Абдухолиқов яна "Локомотив"да ўйнайди  5 19:07Расман: Россия футболи тарихидаги энг тезкор гол муаллифи, "Насаф" ярим ҳимоячиси ва "Сурхон" ҳимоячиси "Локомотив" сафига қўшилди  0 18:39"Манчестер Юнайтед" футболчиси совриндор клубнинг устувор мақсадига айланди  3 18:12Артета "Арсенал"нинг трансфер бозоридаги мақсадлари рўйхатини тузди  7

OCHL. Bugun chorak final start oladi Yangiliklar

OCHL. Bugun chorak final start oladi

Bugun qitamizda Osiyo chempionlar ligasining chorak finalidan o'rin olgan dastlabki bahslarga start beriladi.
BAAning “Al Ayn” klubi o'z maydonida Saudiyaning “Al Ittihod” klubini qabul qilsa, Qatarning “Al Sadd” jamoasi safarda Saudiyaning boshqa bir klubi “Al Hilol” mehmoni bo'ladi.

21:00. “AL AYN” (BAA) – “AL ITTIHOD” (S.Arabistoni)

“Al Ayn” bosh murabbiyi Zlatko Dalichning aytishicha, bugungi o'yin ular uchun juda muhim ahamiyatga ega: “Biz bu yil hisobidan OCHL guruh bahslarida “Al Ittihod”ga qarshi ikkita o'yin o'tkazib, hech birida g'alaba qozona olmadik. Bundan ko'rinib turibdiki, ular juda kuchli jamoa. Ammo bu safar ularni mag'lub etishga harakat qilib ko'ramiz”.

“Al Ittihod” ustozi Xalid Al Koroni esa bugungi o'yin oldidan quyidagi fikrlarni bildirdi: “Biz “Al Ayn” to'sig'idan o'tishimizga ishonamiz. Hozir shogirdlarim kuchga to'lib turishibdi, bu esa bizga yordam berishi aniq. Ushbu bahsga tayyorgarlik jarayonini Gollandiyada olib bordik va hammasi yaxshi kechdi”.

22:55. “AL HILOL” (S.Arabistoni) - “AL SADD” (Qatar)

Saudiyaning “Al Hilol” klubida murabbiy o'zgardi. SHu paytgacha jamoani boshqarib kelgan Sami Al Jaber o'rnini Loren Regekamp egalladi. Ushbu murabbiy bahsdan oldin ushbu gaplarni aytib o'tdi: “Men yigitlarga guruh bosqichida “Al Sadd”ni yirik hisobda enganimiz hech narsani anglatmaydi deb aytib o'tdim. CHunki bu pley-off bosqichi va bunda har narsa bo'lishi mumkin”.

Qatarning “Al Sadd” klubini esa Lyusseyn Ammuta boshqarmoqda. Uning aytishicha, “Qirol Fahd” stadionida g'alaba qozonish oson ish emas. Murabbiy bu haqda shunday dedi: “Al Hilol” juda kuchli jamoa. Ular Osiyo futbolida o'z o'rniga ega. Lekin oxirgi yillarda biz ham o'sishga erishdik. Agar yarim finalga chiqa olsak, o'zimizni nihoyatda baxtiyor his qilgan bo'lamiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика