OCHL. Bugun "Bunyodkor" Toshkentda, "Paxtakor" Saudiya Arabistonida sinovdan o'tadi
03 mar 2015 08:00
Yangiliklar

OCHL. Bugun "Bunyodkor" Toshkentda, "Paxtakor" Saudiya Arabistonida sinovdan o'tadi
Osiyo qitasining klublar o'rtasidagi eng nufuzli musobaqasi bo'lgan Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turi bugun start oladi.
Bugun "Bunyodkor" va "Paxtakor" klublari o'z o'yinlarini o'tkazishsa, ertaga "Lokomotiv" hamda "Nasaf" ikkinchi turdagi uchrashuvlarda ishtirok etishadi.
Birinchi turda Saudiya Arabistonida "Al Nasr" bilan durang o'ynagan "Bunyodkor" bugun Eronning "Persepolis" klubini qabul qiladi. Ushbu jamoa ilk turda o'z uyida "Lahviya"ni 3:0 hisobida taslim qilgandi. "Qaldirg'ochlar" ishtirokidagi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 18:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.
O'tgan hafta Toshkentda 10 kishi bo'lib qolganiga qaramay Eronning "Naft Tehron" klubini mag'lub etgan "Paxtakor" bugun Saudiya Arabistonida "Al SHabab" qarshi o'ynaydi. Raqib jamoa birinchi turda "Al Ayn" bilan durang o'ynagandi - 0:0. Bugungi bahs Toshkent vaqti bilan 22:20da boshlanadi.
Ikkala o'yin saytimiz orqali matnli translyaciya qilinadi. Bundan tashqari SPORT telekanali har ikkala bahsni jonli ravishda efirga uzatishni rejalashtirgan.
"Lokomotiv" hamda "Nasaf" o'yinlari haqida ertaga alohida malumot beramiz.

Fikrlar