OCHL. Bugun 5-tur bahslari davom etadi
03 apr 2018 10:42
Yangiliklar
OCHL. Bugun 5-tur bahslari davom etadi
Bugun esa kun tartibidan yana 8ta o'yin joy olgan. Dastlab kechagi uchrashuvlarga etibor qaratsak. "S" guruhida bahs olib borayotgan "Nasaf" o'z maydonida Eronning "Persepolis" klubi bilan 0:0 o'ynadi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda "Al Sadd" BAAning "Al Vasl" klubini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
SHuningdek, "D" guruhida ham o'yinlar o'tkazildi. Tehronning "Istiqlol" klubi o'z maydonida "Al Rayan"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, Saudiya Arabistonining eng nomdor klubi "Al Hilol" BAAda "Al Ayn"ga 1:2 hisobida yutqazib qo'ydi. Darvoqe, "Istiqlol" tarkibida harakat qilayotgan hamyurtimiz Server Jeparov kechagi o'yinda gol urishga erishdi.
OCHL. "S" guruhi. 5-tur. 2 aprel
"Nasaf" - "Persepolis" 0:0
"Al Sadd" - "Al Vasl" 2:1
OCHL. "D" guruhi. 5-tur. 2 aprel
"Al Ayn" - "Al Hilol" 2:1
"Istiqlol" - "Al Rayan" 2:0
Bugun G'arb mintaqasida 5-tur o'yinlari o'z yakuniga etadi. SHarq mintaqasida esa endi navbatdagi tur bellashuvlari boshlanadi. Bugun "Lokomotiv" Abu Dabida "Al Vahda" mehmoni bo'ladi. "Temiryo'lchilar" birinchi bahsda raqibni yirik 5:0 hisobida mag'lub etishgandi. Bugun "Lokomotiv" o'sha g'alaba tasodif emasligini isbotlashga harakat qiladi.
OCHL. 5-tur. 3 aprel
15:00. "Serezo Osaka" - "Jeju Yunayted"
16:00. "Buriram Yunayted" - "Guangju Evergrand"
16:00. "Suvon Samsung" - "Sidney FK"
17:00. "SHanxay SHenxua" - "Kashima Antlers"
19:15. "Zob Ahan" - "Al Duhayl"
20:10. "Al Vahda" - "Lokomotiv"
20:30. "Al Garafa" - "Al Jazira"
21:20. "Al Ahli" - "Traktorsozi"
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar