OCHL. Alirizo Beyranvand - birinchi yarim finalning eng yaxshi futbolchisi
05 okt 2018 13:14
Yangiliklar
OCHL. Alirizo Beyranvand - birinchi yarim finalning eng yaxshi futbolchisi
Musobaqaning yarim finalida Dohaning "Al Sadd" klubiga qarshi bahs olib borgan "Persepolis" safarda 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning oxirlarida Ali Alipur tomonidan kiritilgan gol mehmonlarga kichik hisobdagi yutuqni taqdim etdi. "Persepolis" darvozaboni Alirizo Beyranvand OFK sayti tomonidan yarim final dastlabki uchrashuvlarining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U o'yin paytida 6 bor seyv qildi, uchta duelda g'olib chiqdi va 25 marta to'pni sheriklariga aniq etkazib berdi.
Bu borada ikkinchi o'rin "Suvon Samsung" hujumchisi Deyan Damyanovichga nasib etdi. Uning jamoasi "Kashima Antlers" bilan kechgan bahsda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Damyanovich bu jamoa darvozasiga bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Bu hujumchi OCHLda jami 35ta gol urgan. Uchinchi o'ringa esa "Kashima" hujumchisi Serjino loyiq ko'rildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar