OCHL. “Al-Hilol”ning keyingi bosqichdagi raqibi malum bo'ldi
23 sen 2020 22:00
Yangiliklar


OCHL. “Al-Hilol”ning keyingi bosqichdagi raqibi malum bo'ldi
Musobaqaning 6-turi doirasida o'tgan “A” guruhidagi “Istiqlol” – “Al Ahli” bahsi yakunlandi.
Uchrashuvda eronliklar yirik hisobda (3:0) zafar quchib, keyingi bosqichga 2-o'rin bilan yo'l olishdi.
“Istiqlol”ning 1/8 bosqichdagi raqibi esa koronavirus girdobiga tushib qolgan “Al-Hilol” bo'ladi. Guruh peshqadami “Al-Ahli”ga "B" kvartetidagi ikkinchi jamoa (“Paxtakor” yoki “SHabab Al Ahli”) raqiblik qiladi. Nimchorak final doirasidagi ushbu bahslar 26 sentyabrda bo'lib o'tadi.
SHuningdek, “C” va “D” guruhidan bir-biriga to'qnash keladigan juftliklar esa 27 sentyabrda keyingi bosqichga chiqish uchun kurashadi.
“Istiqlol” (Eron) – “Al Ahli” (S.Arabistoni) 3:0 (2:0, 1:0)
“Al Janub” o'yingohi
Gollar: Gayedi 29, Karimi 38, Diabate 54
O’xshash yangiliklar
18:35
"Al Bataeh" - "Al Vahda". G'aniev va Erkinov jamoalari o'rtasidagi o'yin uchun tarkiblar malum 0

Fikrlar