So’nggi yangiliklar

16:58"Манчестер Юнайтед" 95 млн еврога олган ўйинчисини 40 млн фунтга сотишга тайёр  0 16:34Футзал. Испания терма жамоаси Андижонга етиб келди  1 16:01Маттейс де Лигт: "МЮга ўтганимдан хурсандман. АПЛ мухлислари Бундеслиганикидан кўпроқ"  4 15:29"Ювентус" вингери Туркияга йўл олиши мумкин  0 14:28"Бавария" Нойер" бўйича қарор қабул қилди  2 13:52"Атлетик" афсонаси Икер Муньяин янги клуби билан шартнома имзолади  2 13:20Про лига. 19-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:50Футзал бўйича ЖЧ. Кимлар келди? Кимлар қачон келади?  4 12:30Кейн Роналду, Месси ва Модрич ҳақида гапирди  1 12:13Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши ўйинга кетиш олдидан сўнгги машғулотни ўтказди ГАЛЕРЕЯ  2 11:44CA делегацияси машинада Бишкекка етиб борди, стадиондан лавҳа  9 11:242015 йилдан трансферларга энг кўп пул сарфлаган лига қайси?  1 10:50"Челси"да тахт учун кураш бошланди  4 10:17"Ман Сити" Де Брюйненинг ўрнига номзод топиб қўйди  1 09:43Осимхен "Галатасарой" сафига ўтганидан кейин илк бор фикр билдирди  5

OCHL. AGMK OCHL guruh bosqichidagi debyutida "Al Hilol" bilan durang o'ynadi Yangiliklar

OCHL. AGMK OCHL guruh bosqichidagi debyutida "Al Hilol" bilan durang o'ynadi

Teglar :  AGMKAl Hilol
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Hilol" - AGMK uchrashuvi matnli translyaciyasini kuzatib boring.

OCHL, guruh bosqichi.

"A" guruhi, 1-tur.

15 aprel, payshanba.

"Al Hilol" - AGMK 2:2

Ar-Riyod, "SHahzoda Faysal bin Fahd" stadioni.

Hakamlar:
Ryuji Sato, Xiroshi Yamauchi, Jun Mixara (Yaponiya), Ali Hasan Abdulnabi (Bahrayn).

Komissar: Bashir Abdul Xoliq (Livan).

Gollar: Zafar Polvonov (11, 0:1), Sardor Rahmonov (27-avtogol, 1:1), Lusiano Vetto (36, 2:1), Sanjar SHoahmedov (70, 2:2).

"Al Hilol": 1.Abdulloh Al Mayyuf, 2.Muhammad Al Burayk, 5.Ali Xadi Al Bulayhi, 8.Abdulloh Otayf, 10.Lusiano Vetto (26.Favaz Al Terais, 63), 12.Yosir Al SHahroni, 18.Bafetimbi Gomis, 19.Andre Karilo (16.Nosir Al Davsari, 75), 20.Jang Xyun Su, 27.Xatan Baxbri (11.Solih Al SHehri, 75), 28.Muhammad Kanno.
Zaxira: 31.Xabib Al Vatyan, 32.Muteb Al Mufarrij, 22.Amir Kurdi, 23.Madallah Al Olayan, 55.Hamad Al Abdan, 70.Muhammad Jahfali.

AGMK: 35.Valijon Rahimov - 77.Dilshod Ahmadaliev (20.Mirg'iyos Sulaymonov, 86), 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar SHoahmedov, 62), 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo'raev, 86) - 11.Murod Toshmatov (94.Elvin Fortes, 62), 9.Zafar Polvonov, 10.Husniddin G'ofurov (28.SHohruh Gadoev, 41).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 32.Suhrob Sultonov - 15.Abbos Otaxonov, 21.Sanjar Jumaboev, 29.Vladimir Kozak, 

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi! AGMK guruh bosqichidagi tarixiy debyutida "Al Hilol" bilan durang o'ynadi!

90+3. Akrom Komilovning jarimadan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarib yuborishdi.

90+2. Iltimos yigitlar!! Gol uraylik!!

O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi.

88. So'nggi daqiqalar biroz xayajonli o'tmoqda.

85. AGMK tarkibida dabl-o'zgarish. Natija saqlab qolinsa bo'lgani.

81. ZARBAAAAA!!! NIMA BO'LDIIIII!!! To'p "Al Hilol" futbolchisining qo'liga tekkandek. Lekin bu vaziyat penaltiga tortmasdi. To'p tanaga yopishib turgandi. Satoning fikriga qo'shilaman.

80. Fortes o'ng qanotda bir raqibini aldab, to'pni darvoza yoniga oshirdi. Himoyachi to'pni burchakka chiqarib yubordi.

78. "Al Hilol" jarima zarbasiga ega bo'ldi. Undan oshirilgan to'pni Boburbek Yo'ldoshev qaytarib yubordi.

74. Fortes o'yinni O'zbekiston chempionati deb o'yladi chog'i, zarbani anchagina noaniq yo'lladi.

72. SEEEYYYYVVVV!!! VALIJONNNNNNN!!! Malades!!! Otangga rahmat!!! Otayfning zarbasini ajoyib tarzda qaytarib, to'pni ushlab oldi.

70. GOOOOOOOOOOOOLLLLLLL!!!! Darvozabondan yana xato va SHoahmedov hisobni tenglashtirmoqda!!!!

65. UXXXX!! AGMK temp qo'sha oldi. Ahmadaliev o'z qanotdan ikki marta "Hilol" darvozasi yoniga to'pni uzatdi. Ammo himoyachilar to'pni qaytarib yuborishmoqda.

62. Men kutgan futbolchilar maydonga tushdi. Birinchi bo'lim yakunida ikki futbolchining maydonga tushishini istagandim. Adash Qosimov meni eshitdi)

61. XAVFLI VAZIYATTTT!!! AGMKdan yaxshi hujum. Polvonovning zarbasini raqib himoyachisi qaytardi.

58. Toshmatovning zarbasi noaniq ketdi.

57. Umuman markazdan o'ta olmayapmiz. Biroz o'yinni ochish kerak. "Al Hilol" ham bor kuchi bilan o'ynamayapti.

54. Buraykning zarbasini Rahimov ushlab olishda qiynalmadi.

52. UXXXXX!! AGMK darvozasi tomon juda xavfli nuqtadan jarima zarbasi! To'p oldida Al Burayk!

50. ZARBAAAAA!! Gadoevning zarbasini Mayuf qiyinchilik bilan qaytardi!

49. AGMK ikkinchi bo'limni himoyada boshladi. SHahroniyning pasini Komilov burchakka chiqarib yubordi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Tanaffus!

45+2. Balki ikkinchi bo'limda Fortes va SHoahmedovdan birini maydonda ko'rarmiz. AGMK markazni boy bergan. Kreativlik esa yo'q. G'ofurov kreativ bo'lib turgandi. Ammo xato uning maydondan olinishiga sabab bo'ldi.

45+1. Gadoev deyarli o'ynamayapti. AGMK 10 kishi bo'lib qolgandek. SHoxruhda braklar juda ko'p.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. Baxbri to'p bilan uzoq masofani bosib o'tib, AGMK jarima maydonchasi ichida sirpanib yiqildi.

43. Taymni shu hisobda yakunlab olsak, ikkinchi bo'limda nimadir kutsak bo'ladi. "Al Hilol" maydonda o'z tizimini o'rnatib bo'ldi. Kichik tanaffus esa bizning foydamizga ishlashidan umidvormiz.

41. Xato kechirilmadi. Husniddin G'ofurov almashtirildi. Uning o'rnini SHoxruh Gadoev egalladi. Balki, futbolchi ruhiy tushkunlikka tushib qolgandir.

40. "Al Hilol" istagancha hujum qilmoqda. Istasa zarba bermoqda, istamasa yo'q.

39. Vettoning zarbasi noaniq ketdi.

36. GOL! Kariloning qanotdan oshirgan to'pini Vetto darvozaga kiritdi................. Yo'q joydan olib keldik.

35. Rahimov yana bir bor jamoasini goldan qutqarib qoldi. Baxbri to'pni to'xtatishda xatolikka yo'l qo'ygani uchun Valijon biroz oldinga chiqdi va to'pni ushlab oldi.

33. RAHIMOVVVVVVVV!!!! "Hilol" AGMK jarima maydonchasi ichiga shunday oson kirib keldiki, hech kim ularga qarshilik qila olmadi. Vettoning zarbasini esa Valijon qaytardi!!! Super seyv ko'rdik

32. "Hilol" xavfli hujum uyushtirishi mumkin edi. Gomis to'pni yo'q joyda yo'qotdi. AGMK esa qarshi hujumda raqibini "ushlashga" harakat qilmoqda. Umuman olganda bu yomon g'oya emas.

28. ZARBAAAAA!! Tursunovning zarbasini Mayuf ushlab oldi.

27. GOL! Gomis hisobni tenglashtirdi.

23. RAHIMOOOVVVVVV!!! Odamni biroz qo'rqitdi. Qanotdan oshirilgan to'pni ushlab olishda xatolikka yo'l qo'ydi va tezda to'pni ushlab oldi.

21. ZARBAAAAA!! Husniddin G'ofurov to'pni ajoyib tarzda to'xtatib olgani muxlislarga maqul keldi. Keyinchalik u bir raqibini aldab o'tib, chiroyli zarba yo'lladi. Aylanma traektoriya hosil qilgan zarba darvozaning yuqorisidan o'tib ketdi.

17. UXXXX!! Gomis AGMK jarima maydonchasi yonida paydo bo'lib, zarba yo'lladi. Qosimov podkati orqali to'pni qaytardi.

16. POLVONOOOOVVVV!!! UXXXXX!! Sal qoldi!!! Toshmatovning qanotdan oshirgan to'pini Zafar darvoza tomon to'g'riladi. Biroz noaniq. 

14. Xavfli vaziyat bo'lishi mumkin edi. Kariloning Vetto tomon uzatgan to'pini Valijon Rahimov ushlab oldi.

11. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!!!!! Al Mayufning qo'pol xatosidan keyin Zafar Polvonov darvozani ishg'ol qildi!!!!

10. Vettoning jarimadan oshirgan to'pini Murodjon Toshmatov burchakka chiqarib yubordi.

9. Jokich o'z jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitgani uchun jarima zarbasi belgilandi. Umuman olganda xavfli nuqta.

6. "Al Hilol" hujumga o'tishga harakat qildi. Markazdan to'p Al Buraykka oshirildi. Muhammad to'pga eta olmadi.

4. Dastlabki daqiqalardan uchrashuv teng kurashlar ostida kechmoqda.

1. UCHRASHUV BOSHLANDI!!!! Yurtdoshlarimizga omad tilaymiz!!!

- Uchrashuv oldi barcha rasmiy marosimlar bo'lib o'tdi. Endi uchrashuvni boshlash kerak.

- Demak, jamoalar OFK madhiyasi sadolari ostida maydonga tushib kelishmoqda!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari! AGMKning OCHL guruh bosqichidagi debyut o'yini boshlanishiga oz vaqt qolmoqda! Raqib esa salobatli "Al Hilol"! Ammo biz yurtdoshlarimizga, Mirjalol Qosimov jamoasiga ishonamiz!

Reyting: +130   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика