So’nggi yangiliklar

22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  13 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  113 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  16 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3

OCHL. "Paxtakor" mehmonda "Al Ayn"dan ustun keldi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" mehmonda "Al Ayn"dan ustun keldi va guruhdan chiqish imkoniyatini saqlab qoldi

OCHLning 5-turi doirasidagi "Al Ayn" - "Paxtakor" bahsi bo'lib o'tdi.

"Al Ayn" - "Paxtakor" 1:3

21:00 | "Hazza bin Xayid" stadioni

Hakamlar: Adham Mahadmeh, Mustafo Kalaf, Ahmad Moannes (Iordaniya), Ryo Tanimoto (Yaponiya).

VAR: Jumpey Iida (Yaponiya).

AVAR: Ahmad Faysal (Iordaniya).

Nazoratchi: Ismoil Safiri (Eron). 

Komissar: SHun Kitamura (Yaponiya).

Gol: Eysa Halfan 18, Hojimat Erkinov 54, 1:1, Hojimat Erkinov 62, 1:2, Dragan CHeran 78

"Al Ayn": Muhammad Bu Sanda, 4. Muhammad Ali SHokir, 8. Muhammad al-Balushi (30. Hazem Muhammad,82), 10. Alexandro Romero, 11. Bandar al-Ahbobi, 27. Sulton al-SHamsi (  20. Matias Palasios, 62), 40. Holid Ali al-Balushi, 42. Jonatas Santos, 66. Mansur Said (16. Holid al-Hoshimi,62), 70. Alen Traore (2. Falah Volid,82), 90. Eysa Halfan (99. Josna Loulendo, 66)

Zaxiradagilar: 6. Yahyo Nodir, 12. Sulton al-Manteri, 13. Ahmad Barman,  44. Said Juma, 

"Paxtakor": 36. Pavel Pavlyuchenko, 88. SHahod Azmiddinov (Po'latxo'ja Xoldorxonov,90), 5. Muhammadqodir Hamraliev, 34. Farruh Sayfiev, 77. Dilshod Saitov, 27. Sardor Sobirxo'jaev, 28. Diyor Xolmatov, 2. Behruzbek Asqarov, 8. Azizbek Turg'unboev (Muhammadali O'rinboev, 90), 20. Xojimat Erkinov (Dostonbek Hamdamov,86), 10. Dragan CHeran.

Zaxiradagilar: Nikita SHevchenko, Sanjar Quvvatov, Doston Tursunov,  Sunnatilla Poyonov,   Saidmuhammad Saidnurullaev, Usmonov, Kimi Merk.

Ogohlantirish: SHahzod Azmiddinov ("Paxtakor") 10, Mansur Said  ("Al Ayn") 19, Behruz Asqarov ("Paxtakor" 45+2), Josna Loulendo ("Al Ayn") 69

MATNLI TRANSLYACIYA


Uchrashuv yakunlandi. 

90. Ikkinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi. 

90. O'ZGARISH. "Paxtakor", SHahzod Azmiddinov o'rniga Po'latxo'ja Xoldorxonov, Aziz Turg'unboev o'rniga Muhammadali O'rinboev tushdi. 

86. O'ZGARISH. "Paxtakor", Hojimat Erkinov o'rniga Dostonbek Hamdamov tushdi. 

82. O'ZGARISH. "Al Ayn", Alen Traore o'rniga Falah Volid, Muhammad Al Blushi o'rniga Hazem Abbos Muhammad tushdi. 

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Al Ayn" himoyasi bugun "sherlar"ga em bo'lmoqda. Hojimat Erkinov yana katta sahnaga chiqdi va bu safar CHeranga qulay imkoniyat yaratib berdi. CHerandan ajoyib gol, 1:3

72. SEEEEYV. "Al Ayn" jarima zarbasini ishladi. Yuqorilatib uzatib berilgan to'pni Al Blushi boshi bilan darvozaga yo'lladi. Pavlyuchenkodan qoyilmaqom seyv. U yuqori to'qqizlikka qarab ketayotgan to'pni qaytardi. 

66. O'ZGARISH. "Al Ayn" Eysa Halfan o'rniga Josna Loulendo tushdi

62. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. Yana Hojimat Erkinov. "Al Ayn" himoyachisini ko'rdim demay aldadi, darvozabonni ham chalg'itdi va kuchli zarba bilan gol urdi. Erkinov bugun "sherlar"ning haloskori.

54. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL. "Paxtakor" hisobni tenglashtirdi. Saitov-CHeran-Erkinov kombinaciyasi gol bilan tugadi, 1:1. Hojimat Erkinov jarima maydonchasi ichida juda sovuqqon o'ynadi va darvozani ishg'ol qildi. 

48. ZARBA. Santosning zarbasi "Paxtakor" darvozasi tepasidan o'tib ketdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+2. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", Behruz Asqarov

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

42. Xojimat Erkinovdan zarba. Noaniq. 

37. CHeran zarba berib ko'rdi. Amirlik himoyachilar to'p yo'liga qalqon bo'la oldi. 

31. O'yinda temp pasaydi. "Paxtakor" vaziyatni tenglashtirishga harakat qilyapti. Ammo harakatlar samarasiz kechmoqda. 

22. "Paxtakor" dastlabki 15 daqiqalikda yomon taassurot qoldirmagandi. 2ta qulay vaziyatdan foydalana olmadi. Raqib esa ikkinchi vaziyatni gol bilan yakunladi. 

19. OGOHLANTIRISH. "Al Ayn", Mansur Said

18. GOL. "Al Ayn" "Paxtakor"ning 2ta hujumiga 1ta hujum va gol bilan javob qaytardi. Bandar Muhammadning o'rtadan bergan qulay uzatmasini Eysa Halfan osongina golga aylantirdi.

17.ZARBAAAAAAAAAAAAAA. Saitovning etkazib bergan to'pini Xolmatov darvozaga yo'lladi. Zarba xavfli lekin noaniqyu 

15. ZARBAAAAAAAA. Dragan CHeran 17 metrlardan aniq zarba yo'lladi. Bu Sanda to'pni qaytardi. Qaytgan to'pni Xojimat Erkinov darvozaga yo'llab gol urdi. Ammo Erkinov bu vaziyatda o'yindan tashqari holatda qolib ketgandi. 

13. "Al Ayn" "sherlar" darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratdi. Eysa Xalfan kirib borib "Paxtakor" futbolchilarini aldashga kirishib ketdi. Himoyachilar o'z ishini yaxshi bajardi. 

13. To'p nazorati mezbonlarda. 

11. ZARBA. Bandar Al Ahbobining jarimadan yo'llagan zarbasini "Paxtakor" posboni Pavlyuchenko qaytardi. 

10. OGOHLANTIRISH. "Paxtakor", SHahzod Azmiddinov

7. Ikki jamoa ham navbati bilan oldinga o'tmoqda. Lekin himoyachilar hozircha xatosiz harakat qilmoqda. 

O'yinga start berildi. 

- Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика