OCHL. AGMKdan superkambek va tarixiy g'alaba!
22 apr 2021 01:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/632878_original.jpg)
![](/upload/storage/632878_220.jpg)
OCHL. AGMKdan superkambek va tarixiy g'alaba!
OCHL, guruh bosqichi.
"A" guruhi, 3-tur.
21 aprel, chorshanba.
AGMK - "SHabab Al Ahli" 2:1
Ar-Riyod, "Qirol Fahd" stadioni.
Hakamlar: Ali Hasan Abdulnabi (Bahrayn), Mahmud Abu Toxir, Obid Oqil (ikkisi Iordaniya), Qosim Al Xatmi (Ummon).
Gollar: Ahmad al-Hashmi (28, 0:1), Yovan Jokich (87, 1:1), Akramjon Komilov (90+1, 2:1).
AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 77.Dilshod Ahmadaliev, 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov (5.Dilshod Jo'raev, 75), 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar SHoahmedov, 75) - 94.Elvin Fortes (10.Husniddin G'ofurov, 46), 9.Zafar Polvonov (18.Aleksandr Kasyan, 30), 28.SHohruh Gadoev (11.Murod Toshmatov, 79).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev - 15.Abbos Otaxonov, 19.SHeroz Jalolov, 20.Mirg'iyoz Sulaymonov, 21.Sanjar Jumaboev.
"SHabab Al Ahli": 55.Majid Nosir, 2.Salmin Hamis (21.Muhammad Jobir, 76), 3.Karlos Eduardo, 4.Muhammad Marzuq, 5.Volid Abbos, 7.Jaloliddin Masharipov, 9.Abdulaziz Haykal, 15.Abdalla Al Naqbi, 34.Xarib Abdalla (78.Eyd Hamis, 82), 77.Ahmed Al Hashmi (99.Igor Jesus 82), 88.Majid Hassan.
Zaxira: 1.Jamol Ismoil, 17.Hassan Hamza, 22.Yahyo Al Gassani, 30.Muhammad Juma, 37.Ahmad Surur, 62.Abdulaziz Sanqur, 66.Saud Abulrazoq.
Ogohlantirish: Jokich (27), Rahmonov (55), Komilov (57).
AGMK Jovan Djokic - 87', Akramjon Komilov - 90' |
AFC Champions League Grp. A . 3-tur 22/04/2021, 01:00 1
:
2
Tugadi
|
Shabab Al-Ahli Dubai FC Ahmed Al Hashmi - 28' |
Uchrashuv yakunlandi! KAMBEEEKKKK!! Ajoyib g'alaba muborak do'stlar! AGMK OCHLdagi ilk tarixiy g'alabasini qo'lga kiritdi!
90+5. UXXXXX!! "SHabab" so'nggi laxzalarda burchak zarbasini amalga oshiradi.
90+4. Ana endi vaqt cho'zish navbati biznikilarga) Yoqarmikin yashil kiyimlilarga. Ko'rish biram yoqimliki.
90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! AKRAAAMMMMMMMMMMMJONNNNNN!!! AJoyibbbbbb!!! CHiroyli hujum va super gol!!! Bizning jamoalar ham kambek qila olarkannnn!!
89. Masharipovning zarbasiga Yo'ldoshev to'g'anoq bo'ldi.
87. GOOOOOOOOOOOOOOOLLLLLL!!! JOOOKKKIIIICHCHCHCHCHCH!!! AGMKning hujum bosimi nihoyat o'z samarasini berdi.
85. ZARBAAAAA!! Jonga tegdi shu to'sinlar( SHoahmedovning zarbasini darvoza to'sini qaytardi.
82. "SHabab" tarkibida ikki o'zgarish. Gol assistenti va gol muallifi maydonni tark etdi.
80. Habib Abdullaning zarbasini Suhrob Sultonov ushlab oldi.
79. Qosimov so'nggi o'zgarishini amalga oshirdi. Maydonga Toshmatov tushdi.
76. Bir necha daqiqa mobaynida Salmin Hamisga tibbiy yordam ko'rsatilgandi. Buni vaqt cho'zishdek hisoblagandim. Ammo takroriy lavhada u to'pga boshi bilan zarba bergandan keyin qo'nish chog'ida xato qildi. Biroz o'tib almashtirildi ham. O'z fikrimni qaytib oldim.
74. Akrom Komilovning zarbasi noaniq ketdi.
71. Raqib futbolchisi Volid Abbos offsaydda qolib ketdi. Umuman olganda o'yin surati tenglashgan. Bir necha daqiqa mobaynida "SHabab" bosim uyushtirgandi.
66. ZARBAAAAA!! Eduardoning boshi bilan yo'llagan zarbasini Sultonov qaytara oldi! Juda chiroyli seyv!
65. ZARBAAAAAA!! Qosimovning jarimadan uzatgan to'piga Kasyan boshi bilan zarba yo'lladi. Yana bir ajoyib imkoniyat ko'kka sovurildi.
61. Uxxxx!! Komilovning xatosidan "SHabab" futbolchilari foydalana olishmadi. Eduardo AGMK jarima maydonchasiga etganda yiqilib tushdi.
58. Komilov fol ishlatgani uchun sariq oldi. U bunga haqli edi. Ammo raqib futbolchisi bunchalik ko'p vaqt cho'zib yuboradi deb o'ylamagandim.
56. ZARBAAAAAA!! Jaloliddin Masharipovning jarimadan yo'llagan zarbasini Sultonov burchakka chiqarib yubordi.
55. UXXXXXX!! Sardor Rahmonov o'z jarima maydonchasi yonida raqibini yiqitgani uchun jarima zarbasi belgilandi.
54. "SHabab Al-Ahli"da standart vaziyat yuzaga kelgandi. Undan uzatilgan to'p vaqtida hujumda fol ishlatildi.
50. UXXXXXX!!! Sultonovning xatosini Sardor Rahmonov to'g'irlab ketmaganida hisob o'zgarardi.
47. ZARBAAAAAA!! Tursunov ajoyib imkoniyatdan unumli foydalana olmadi...
46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!
Tanaffus!
45+2. Bir ko'rinishdayoq Fortesning offsaydda emasligini ko'rgandim. Qanot hakami AGMKning yaqqol golli vaziyatini yo'qqa chiqardi.
Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
45. Qosimov zarba yo'lladi. SHu zarbasining ortidan ikkinchi bo'lim startida o'zi ham uchsa kerak.
41. ???????? Nimalar bo'lyapti? Fortesning zarbasi raqib posti to'siniga tegdi. Kasyan bo'sh qolgan darvozaga to'pni kirita olmadi. Raqibi to'pni tepib yuborishga erishdi.
38. Jaloliddin Masharipov AGMK jarima maydonchasi ichida Sardor Rahmonovni yiqitgani uchun "SHabab"ning hujumi to'xtadi.
35-daqiqaga kelib, arabcha futbol boshlandi yigitlar) Ko'p kutmadik. Balki bunga o'zimiz aybdordirmiz...
33. Hakam negadir AGMK foydasiga hushtak chalishni istamayotgandek. Bilmadim...
30. AGMK tarkibida o'zgarish. Zafar Polvonov o'rnini Aleksandr Kasyan egalladi. Zafarning elkasida jarohat bor ko'rinadi. U 11-daqiqada raqib posboni bilan to'qnashib ketgandi.
28. Gol! AGMK himoyasidagi qo'pol xatolardan keyin Ahmad al-Hashmi hisobni ochdi.
27. Markazda Sanjar Tursunovni yiqitishgani uchun fol belgilanmagandi. Yovan Jokich jahl ustida raqibiga qarshi fol ishlatgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.
25. "SHabab"da yana bir burchak zarbasi yuzaga kelgandi. Akrom Komilov uzatilgan to'pni oldinga chiqarib yubordi.
21. "SHabab Al-Ahli" xavfli vaziyatga ega bo'ldi. Abbosning darvoza yoniga uzatgan to'pi AGMK futbolchisiga tegib, burchakka chiqib ketdi. Burchakdan oshirilgan to'pni Suhrob Sultonov ushlab oldi.
16. XAVFLI VAZIYATTTT!! Ahmed al-Hashmi darvozamizga zarba berishi mumkin edi. Sardor Rahmonov xavfni bartaraf etdi.
11. Uxxx!! Salmin Hamis hamda Zafar Polvonov to'p uchun kurashda darvozabonga urilib ketishdi.
9. ZARBAAAAA!! Jokichning pasidan keyin Polvonovning xavfli zarbasini Majid Nosir qiyinchilik bilan qaytardi!
7. Xarib Abdalla hujumga o'tayotganida Akrom Komilovni yiqitgani uchun fol belgilandi.
1. UXXXXXXX!! Uchrashuvning 40-soniyasidayoq hisob ochilishi mumkin edi. Karlos Eduardoning zarbasi posbondan o'tib ketdi. Darvozaga kirib ketayotgan to'pni Bobur Yo'ldoshev qaytarib yubordi.
1. UCHRASHUV BOSHLANDI!
- Demak, jamoalar maydonga chiqib kelishdi.
- Assalomu alaykum, hurmatli futbol ishqibozlari! Etiboringizni Saudiya Arabistonidagi eng katta stadionlaridan biri bo'lgan "Qirol Fahd"ga qaratamiz. Ushbu arenada AGMK OCHLning 3-turi doirasida "SHabab Al-Ahli" jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar