So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  1 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  0 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  0 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  0 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  2 23:45Элдор Шомуродов: "Бишкекка уч очкони қўлга киритиш учун келдик"  10 23:26Футзал. Тожикистон ЖЧда гуруҳдаги рақибимиз — Нидерландияни мағлуб этди  0 23:05Миллатлар лигаси. Бешта ўйин якунига етди  2 22:45Мундиал-2026. Рустам Ашурматов "Бунёдкор" академиясига қандай келиб қолгани ва 2 миллион сўм маош ҳақида   0 22:43Қирғизистон терма жамоаси футболчилари Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан нималар дейишди?  10 22:20Милитао ўнг сон зўриқиши сабаб 10 кунни ўтказиб юборади  0 21:41Футзал. Ўзбекистон иккинчи ўртоқлик ўйинда ҳам Бразилияга йирик ҳисобда мағлуб бўлди  15 21:10БАА Лига кубоги. Ғаниев ассист қайд этди ва "Ал Батеҳ" ғалаба қозонди, аммо...  12 20:35"Барселона" ва яна тўрт клуб Томас Партига қизиқмоқда  3 19:54ПСЖ Энрике билан шартномани узайтирадими?  0

OCHL. Hujumi kuchli AGMK himoyasi zaif "Al Garafa"ga qarshi Yangiliklar

OCHL. Hujumi kuchli AGMK himoyasi zaif "Al Garafa"ga qarshi

Bugun Osiyo yashil maydonlarida CHempionlar ligasi pley-off o'yinlari bo'lib o'tadi.

Bugun AGMK Qatarda OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun o'ynaydi

OCHL guruh bosqichiga chiqish uchun AGMK jamoasi bugun Qatarda "Al Garafa" mehmoni bo'ladi. Agar olmaliqliklar Dohadan zafar bilan qaytishsa, o'zlarini guruh bellashuvlariga olib chiqish bilan birga "Nasaf" uchun OFK kubogi eshiklarini ham ochadi. Aksi bo'lsa, unda Qosimov shogirdlarining o'zi OFK kubogida o'ynaydi. AGMKning g'alabasi bizga bir emas, ikkita muhim voqelikni taqdim etadi.

Al-Gharafa

AFC Champions League Qualification . final-tur

07/04/2021, 20:20

1
:
0
Finished AET

AGMK

Jovan Djokic - 120'

45'
90'
120'
120'  Jovan Djokic

Himoyasi zaif bo'lgan "Al Garafa" legionerlarga tayanadi

"Al Garafa" tarkibida 6 nafar legioner bor. OCHLga esa xorijlik o'yinchilar 3+1 ko'rinishida "zayavka" qilinishi mumkin. Bu holatda dohaliklar kot-d'Ivuarlik ikki futbolchini ro'yxatga kiritishmadi. Bular: markaziy himoyachi Uilfrid Kanon (bo'yi 188 sm) va markaziy hujumchi Jonatan Kodjia (bo'yi 191 sm). Bu esa jamoaga bir yo'la ham himoyada, ham hujumda bir muammoni taqdim etishi mumkin. Ularning o'rnida maydonga tushadigan mahalliy o'yinchilar bo'y jihatidan u qadar baland emas va bu standartlardan himoyalanishda ham, standartlarni ijro etishda ham pand berishi mumkin. O'zi shundoq ham o'yini va natijalarida etarlicha muammolari bor jamoa uchun bu qo'shimcha bosh og'rig'i bo'lishi biz uchun yaxshi.

"Al Garafa"ning himoyasi juda zaif. Jamoa 2021 yil barcha musobaqalarda 14ta o'yin o'tkazdi va 14ta gol urib, 29ta gol o'tkazib yubordi. O'rtacha har o'yinda bittadan to'p kiritib, ikkitadan to'p olib chiqilmoqda. Bir qarashda biznikilarning g'alabasi uchun yaxshi ishora berayotgan statistika.

Ektor Moreno, orqa fonda esa Ku Ja CHol.


Maqola yozishdan oldin "Garafa"ning oxirgi 10dan ortiq o'yinlari lavhalarini ko'rib chiqdim. Birinchi xulosa: Juda zaif himoya. Raqiblar himoyachilardan osongina o'tib ketishmoqda, himoyalanishda agressivlik va tezlik yo'q. Yana bir muammo himoyachilarning to'g'ri joy topa olmasligi, o'tkazib yuborilgan qator gollarda aynan to'g'ri poziciya tanlay olmaslik va raqibni to'g'ri yopolmaslik golga olib kelgan.

Ikkinchi xulosa: Bu jamoani qarshi hujumlarda oson nokdaun qilish mumkin. Yuqorida yozganimdek himoyalanishda tezlik va to'g'ri poziciya tanlashdagi muammolar sabab qarshi hujumlarda "Garafa" jiddiy muammolarga duch keladi.

Uchinchi xulosa: Standartlardan ko'p gol o'tkazib yuboradi. Ikkinchi qavatdagi bo'sh va ishonchsiz o'yin sabab standartlardan keyin ko'p gol o'tkazib yuboradigan jamoa.

To'rtinchi xulosa: O'yin Sofyan Hanni orqali quriladi. Jamoaning miyasi jazoirlik Sofyan Hanni hisoblanadi. Hujum ortida harakat qiladigan Hanni hujumlarni rivojlantirishda asosiy "kalit" vazifasini bajaradi. Sifatli pas beradigan futbolchi asosan oldinga o'ynaydi. SHeriklari bo'sh zonaga yugurishni boshlaganini payqagan hamon nozik pas bilan uni to'p bilan taminlaydi. Sofyanning kesma paslaridan ham ehtiyot bo'lish zarur, bunday aqlli o'yinchi uchun 90 daqiqa davomida birgina imkon tug'ilsa bas, jamoadoshini birga bir vaziyatga chiqarib yuborishi mumkin. Hujumlardagi yana bir muhim o'yinchi 7-raqamdagi Moayad Hassan. Asosan o'ng qanotda harakat qiladigan Hassanda yaxshi pas va yaxshi zarba bor. Jarima zarbalarini ham yaxshi ijro etadi. AGMK azolari unga jarima maydonchasi ichida yoki atrofida darvoza tomon tepishga imkon bermasliklari kerak. Aks holda, bu yaxshilikka olib kelmasligi mumkin.

Jazoirlik Sofyan Hanni.


"Al Garafa" asosan legionerlarga tayanadi. Markazda to'lig'icha xorijliklar to'p tepishida. Adlen Gediura va Ku Ja CHol markazga javob bersa, Sofyan Hanni hujum ortida. Asosiy hujumchi Kodjia "zayavka"ga kirmaganini inobatga olsak, bugun hujumda 13-raqamdagi Ahmed Alaadinni ko'rsak ajab emas. 28 yoshli Alaadin baland bo'yli emas (177 sm) va bu ikkinchi qavatda olmaliqliklar himoyachilariga ustunlik berishi mumkin.


Taxminiy tarkiblar

OCHL-2021. Pley-off bosqichi o'yini.

07.04.2021, 20:20

"Al Garafa" — AGMK

Doha, "Suhaim Bin Hamad" stadioni.

"Al Garafa" (4-2-3-1): 21.Yusuf Hassan; 8.Yusuf Mufta, 3.Tamim Al Muhaza, 15.Ektor Moreno, 24.Homam Ahmed; 17.Adlen Gediura, 10.Ku Ja CHol; 7.Moayad Hassan, 94.Sofyan Hanni, 11.Otman Al Yahri; 13.Ahmed Alaadin.


AGMK (4-3-3): 1.Botirali Ergashev; 77.Dilshod Ahmadaliev, 7.Sardor Rahmonov, 8.Bobur Yo'ldoshev, 2.Akrom Komilov; 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 22.Sanjar SHoahmedov; 94.Elvin Fortes, 10.Husniddin G'ofurov, 18.Aleksandr Kasyan.


Hujumi kuchli, ammo himoyada muammolari bor AGMK

Bugungi raqiblarning umumiy holati bir-biriga o'xshashib ketadi. AGMKda ham hujum kuchli, ammo mavsum avvalidagi o'yinlardan kelib chiqsak markaziy himoyada muammolar bor. Darvozabon masalasi ham bor. Superliganing ortda qolgan 4 turida jamoa darvozasini 3 nafar kiper qo'riqladi. Jamoaga yangi kelgan Botirali Ergashev "Navbahor" o'rinbosarlariga qarshi to'liq o'ynagan va bugun katta ehtimol aynan uni asosiy tarkibda ko'rsak kerak. Bundan tashqari, xuddi Botirali kabi 1-turda "Lokomotiv"ga qarshi jarohat olgan Bobur Yo'ldoshevning qaytishi himoyadagi muammolarni kamaytirish mumkin. Klub matbuot xizmati kecha o'yin oldidan rasmiy mashg'ulotdan foto va videolarni joyladi. Unda Yo'ldoshev umumiy guruhda shug'ullanganini ko'rish mumkin. Demak, katta ehtimol Bobur tarkibga qaytadi.

Yuqorida "Al Garafa" himoyasidagi uch jihatga urg'u berib o'tgandim. O'sha uch jihat bugun Mirjalol Qosimov uchun taomni maromiga etkazishda asosiy "masalliq" vazifasini o'tashi kerak. Olmaliqliklarda hujum kuchli, raqibda esa himoya kuchsiz. AGMK jamoasida tezkor vingerlar bor (Fortes va G'ofurov) va ular qarshi hujumlarni ko'p o'tkazib yuboradigan raqibni jazolay olishadi. Mirjalol Qosimov jamoalari standartlarda doim kuchli bo'lib kelgan va raqibda oxirgi bellashuvlarda buning aksi. Ikkinchi qavatda juda kuchli hisoblangan Kasyanga o'ynayverish kerak. Bundan tashqari, markaziy himoyachilar ham standartlarda faol bo'lishadi.


Raqibning qanot himoyachilari hujumga aktiq qo'shilishadi va aksar hollarda ortga qaytishga ulgurmay qolishadi. Bu esa Fortes va G'ofurov uchun muhim omil bo'lishi zarur. Qatarliklarning himoyasidagi kamchiliklarni sanadik, lekin markazdagi o'yinchilariga etibor bermasak to'g'ri bo'lmaydi. Ehtimol aynan Gediura va Ku Ja CHol raqib hujumlarini himoyagacha etib borishiga to'sqinlik qilar. Har holda bu ikki shovvoz tezlik borasida maqtana olmasada, tajriba borasida maqtana oladilar. Katta o'yinlarda esa tajriba muhim omil hisoblanadi.


Tezkor gol AGMK uchun juda muhim

Qosimov shogirdlari uchun tezkor gol kiritib olish juda muhim. Agar AGMK buni uddalay olsa, uyog'iga ishlar besh bo'ladi. Mezbonlar katta kuch bilan oldinga o'tishga majbur bo'lishadi, bu esa qarshi hujumlarda "Garafa"ni oson "ushlash" imkonini beradi. Murabbiylar etibor qaratishi kerak bo'lgan yana bir jihat bu - to'p nazoratini raqibga berib qo'ymaslik. Yani, to'p olmaliqliklar ko'proq bo'lishi zarur. Hanni, CHol va Hassan kabi o'yinchilari bor jamoada to'p bo'lishi sizning darvozangizga istalgan payt xavfli hujum bo'lishi mumkinligini anglatadi.

Har ikki jamoaning bugungi holatidan kelib chiqib AGMKdan faqat g'alaba kutyapman. Lekin, hammasi bitta o'yinda hal bo'ladigan bahsda nima bo'lishini taxmin qilish murakkablashadi. Oxirgi paytlardagi omadsizliklarga qaramay, mezbonlar bitta uchrashuvga kuchli "nastroy" qilib g'alaba qozonib ketishlari hech gap emas. Bunda koncentraciyani yo'qotmaslik muhim.

AGMK va futbolimizga bugun omad!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика