So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

OCHL. 6 avgust kuni o'ynaydigan jamoalar amalga oshirgan transferlar Yangiliklar

OCHL. 6 avgust kuni o'ynaydigan jamoalar amalga oshirgan transferlar

5-6 avgust kunlari G'arb mintaqasida Osiyo chempionlar ligasi 1/8 final dastlabki uchrashuvlar bo'lib o'tadi.

Musobaqaning 1/8 finalida Saudiya Arabistonidan 4ta, Qatardan 2ta, BAA va Erondan bittadan jamoa o'ynaydi. Hozirda ushbu jamoalar yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirishyapti. 

OCHL. 1/8 final o'yinlari: 

5 avgust. "Al Nasr" (Saudiya Arabistoni) - "Al Vahda" (BAA)

5 avgust. "Al Ittihod" (Saudiya Arabistoni) - "Zobahan" (Eron)


6 avgust. "Al Duhayl" (Qatar) - "Al Sadd" (Qatar)

6 avgust. "Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 


Javob bahslari 12-13 avgustda o'tkaziladi.


Kecha saytimiz orqali 5 avgust kuni o'ynaydigan jamoalar yozda amalga oshirgan transferlar haqida to'xtalgandik. Bugun 6 avgustda maydonga tushadiganlar haqida malumot berib o'tamiz. 


"Al Duhayl" (Qatar) 

Qatar chempioni "Al Duhayl" ushbu yozda ikki nafar asosiy futbolchisini Evropaga qo'yib yubordi. Hujumchi Yussef El Arabi Greciyaning "Olimpiakos", yarim himoyachi SHoya Nakajima esa Portugaliyaning "Portu" klubiga o'tib ketdi. Ketganlar o'rnini "Al Duhayl" Iroq terma jamoasi azosi Mohanad Ali bilan to'ldirdi. SHuningdek, Belgiyaning "KAS Eupen" klubida ijara bo'yicha to'p tepgan Yussef Msakni ham jamoaga qaytdi. 


"Al Sadd" (Qatar) 

To'rt yillik faoliyatdan so'ng Jezualdu Ferreyra "Al Sadd"ni tark etdi. Endilikda bu jamoani Xavi boshqaradi. "Al Duhayl"ga qarshi Xavi bosh murabbiy sifatida jamoani tayyorlamoqda. "Al Sadd" yozda o'zining asosiy raqobatchsii "Al Duhayl"dan Nam Tai Xini qo'lga kiritdi. Koreyalik futbolchi asosiy o'yinchilardan biri bo'lishi kutilmoqda. Bunjdan tashqari jamoada Bagdad Bunedja, Gabi kabi kuchli futbolchilar borligini unutmaylik. 


"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) 

"Al Ahli" milliy chempionatda kuchli uchlikka kira olmadi. Bu jamoa musobaqani 4-o'rinda tugatdi, bu esa kelasi yil OCHLni pley-off bosqichidan boshlaydi degani. Jidda klubi yozgi tanaffusda Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" klubidan bosniyalik Elvis Sarichni qo'shib oldi. Ushbu yarim himoyachi bilan uch yillik shartnoma imzolandi. Bundan tashqari braziliyalik Jozef de Souza ham yangi mavsumda "Al Ahli" sharafini himoya qiladi. 


"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) 

"Al Hilol"da yil boshidan beri to'rt marta murabbiy almashdi. Hozirda bu jamoani mashhur Mircha Lucheskuning o'g'li Rezvan Luchesku boshqarmoqda. Kichik Luchesku iyunda "Al Hilol" bosh murabbiyi etib tayinlandi. "Al Hilol" yaqinda koreyalik Jang Xyun Suni o'z safiga qo'shib oldi. SHuningdek, perulik Andre Karilo ham yangi mavsumda Ar Riyod klubida o'ynaydi. Omar Abdulrahmon esa jamoa bilan xayrlashdi.


OCHL. 5 avgust kuni o'ynaydigan jamoalar amalga oshirgan transferlar

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика