OCHL. 3-tur. Guruhdagi narigi o'yin oldidan
19 mar 2014 12:31
Yangiliklar

OCHL. 3-tur. Guruhdagi narigi o'yin oldidan
Bugun OCHLning 3-turidan o'rin olgan bahslar davom ettiriladi.
Toshkentda “Bunyodkor” Eronning “Fulad” jamoasi bilan kuch sinashadi. Guruhdagi narigi o'yin esa Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi. Unda mahalliy “Al Fath” Qatarning “Al Jaish” klubini qabul qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.
Kecha o'yin oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida har ikkala murabiiy o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Fathi Al Jabal (“Al Fath” bosh murabbiyi): “Biz bu o'yinda nima qilib bo'lsa-da, uch ochko olmasak bo'lmaydi. Buning ustiga hali gol urganimiz ham yo'q. Avvalgi turda jarohat olgan Elton bu uchrashuvga hali tayyor emas. Agar g'alaba qozona olmasak, unda guruhdan chiqishimiz juda qiyinlashib ketadi. “Al Jaish” ayniqsa hujumda kuchli jamoa, ular ajoyib ijrochilarga ega. Lekin biz ham qarab turmoqchi emasmiz”.
Nabil Malul (“Al Jaish” bosh murabbiyi): “Biz yaxshi kayfiyatda Saudiyaga tashrif buyurdik. Futbolchilar navbatdagi bellashuvga tayyor. Raqib safida menga yoqqan o'yinchilar bor va ular bizga katta muammo tug'dirishi turgan gap. Garchi “Al Fath” guruh o'yinlarida hali to'p kirita olmagan bo'lsa-da, ularga qarshi kurashish oson kechmaydi”.

Fikrlar