So’nggi yangiliklar

14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  1 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  3 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  0 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  3 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  1 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1 10:23Сон Хён Мин фаолиятини АҚШда давом эттиришга яқин  2 09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  3 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  3 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  4 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  1

OCHL-2022. "Nasaf" fevral emas, sentyabr oyida o'ynaydimi? Yangiliklar

OCHL-2022. "Nasaf" fevral emas, sentyabr oyida o'ynaydimi?

Teglar :  NasafOCHL-2022
FIFA shu kunlarda 2023 yilgi klublar o'rtasidagi Jahon chempionati BAAda o'tkazilishini elon qiladi.

Qaror ancha oldin qabul qilingan edi. Faqat rasmiyatchilik qoldi.

SHunday ekan, 2023 yilning fevralida OFK CHempionlar ligasi o'yinlari o'tkazilmaydi. Birinchidan, FIFA uchun OFK klublar o'rtasidagi JCHda ishtirok etadigan vakilini aniqlab olishi kerak. Oldingi turnir g'olibi ("Al Hilol")ning ishtirok etish varianti esa FIFAni qoniqtirmaydi. Hatto, bu FIFAni qoniqtirganda ham, OCHLning g'arbiy mintaqasidagi o'yinlar fevralda o'tkazilmasdi, sababi "Al Hilol" bir vaqtning o'zida ikkita turnirda ishtirok eta olmaydi. Ikkinchidan, ikkita klublar o'rtasidagi JCHga bir xil klubni jo'natish Osiyoning boshqa jamoalariga adolatsizlik bo'lar edi. Bu ham sport, ham moliyaviy nuqtai nazardan adolatsizlik.

OFK endilikda CHempionlar ligasi musobaqasini yakunlash uchun kalendardan yangi sanalarni qidirmoqda. Jahon chempionatining 18 noyabrda boshlanishi hisobga olinsa, ikkita asosiy variant bor — 2022 yilning sentyabr yoki 2023 yilning yanvar oyi. Ammo, ikkinchi variantga BAA va Saudiya Arabistoni vakillari faol tarzda qarshilik qilishmoqda. Ularga CHempionlar ligasi o'yinlari yanvar oyida Iroqda bo'lib o'tadigan Ko'rfaz Kubogi musobaqasiga to'g'ri kelib qolishi mumkinligi yoqmayapti.

SHunday ekan, 2022 yilning sentyabr oyi CHempionlar ligasi o'yinlari uchun eng maqbul vaqtga o'xshaydi va "Nasaf" aynan shu vaqtga hozirlik ko'rishi kerak", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика