So’nggi yangiliklar

23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  0 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  60 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1

OCHL-2021. "Traktor"da jiddiy muammolar paydo bo'ldi. Klub keyingi hafta Masharipov jamoasiga qarshi o'ynaydi Yangiliklar

OCHL-2021. "Traktor"da jiddiy muammolar paydo bo'ldi. Klub keyingi hafta Masharipov jamoasiga qarshi o'ynaydi

Teglar :  TraktorOCHL-2021
Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida Eronning "Traktor" klubi haqida malumot berdi.

"Eron nashrlari Tabrizning "Traktor" klubi moliyaviy muammolar tufayli OCHLdagi o'z yurishini davom ettira olmasligi mumkinligi haqida yozishdi. "Traktor" keyingi hafta 1/8 finalda Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubiga qarshi o'ynaydi.

Klubni bir qator etakchilar tark etdi va ularning o'rnini to'ldira olmadi. "Traktor" sobiq futbolchilari oldidagi qarzdorligi tufayli yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkaza olmadi. Eronda transfer oynasi yopilgan. OCHL uchun ham yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga kech qolindi.

Agar "Traktor" o'yinga bormasa OFK tomonidan katta jarima va jiddiy diskvalifikaciya kutadi. SHu bois klub o'yinga yo'l oladi.

Ko'pchilik agar "Traktor" musobaqani davom ettira olmaganida uning o'rnini guruhda uchinchi o'rinni olgan "Paxtakor" 1/8 finalda o'ynashi haqida gapirdi. Ammo agar shunday bo'lgan taqdirda ham "Traktor"ning o'rniga ikkinchi o'rinni olganlar orasida 4-bo'lgan "Al Sadd" qatnashardi.

Bu holat menga 2000 yilgi Kubok egalari kubogini eslatib yubordi. O'shanda "Navbahor" chorak finalda "Al-Ahli"ga ikki o'yin natijasiga ko'ra yutqazgandi (1:6, 2:0), ammo baribir yarim finalga chiqqandi. Sababi "Al-Ahli" Tailandga borishni istamagan. Saudiya Arabistoni mamlakati o'z fuqarolariga Tailandga borishni taqiqlab qo'ygan", - deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o'z kanalida.


Malumot uchun, "Al Nassr" - "Traktor" uchrashuvi 14 sentyabr kuni Doxa shahrida bo'lib o'tadi. "Al Nassr" safida o'zbekistonlik Jaloliddin Masharipov to'p tepmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика