OCHL-2021 "Paxtakor" guruh bosqichini Eron klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi
29 jan 2021 18:01
Yangiliklar


OCHL-2021 "Paxtakor" guruh bosqichini Eron klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi
Markazlashgan formatda o'tadigan guruh bosqichida "Paxtakor" 14-29 aprel kunlari ishtirok etadi. Hozircha "V" guruhi o'yinlari qaerda bo'lib o'tishi noaniq. Guruhda vakillari bor associaciyalar uni qabul qilish uchun OFKga ariza topshirishlari mumkin. Ariza OFKni qoniqtirgan holatda o'sha guruh bahslarini biror mamlakatda bo'lib o'tishi borasida qaror qabul qilinadi.
Guruh bosqichini "Paxtakor" Eronning "Traktor" klubiga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Ikkinchi turda pley-off g'olibi bilan to'qnash keladi. Keyin esa "SHarja" bilan uchrashuv bo'lib o'tadi. Taqvim bilan tanishib oling.
1-tur, 14 aprel
"Paxtakor" - "Traktor"
2-tur, 17 aprel
Pley-off g'olibi - "Paxtakor"
3-tur, 20 aprel
"SHarja" - "Paxtakor"
4-tur, 23 aprel
"Paxtakor" - "SHarja"
5-tur, 26 aprel
"Traktor" - "Paxtakor"
6-tur, 29 aprel
"Paxtakor" - pley-off g'olibi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar