OCHL-2021. Masharipov va "SHabab Al Ahli" Ar-Riyodga etib keldi
13 apr 2021 14:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630743_original.jpg)
![](/upload/storage/630743_220.jpg)
OCHL-2021. Masharipov va "SHabab Al Ahli" Ar-Riyodga etib keldi
Olmaliqning AGMK klubi kecha tunda Saudiya Arabistoni poytaxtiga etib borgani haqida xabar bergan edik.
OCHL-2021. AGMK Saudiya Arabistoniga etib bordi
"A" guruhida AGMKga raqiblik qiladigan BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasi ham kecha tunda qirol Holid nomidagi Ar-Riyod aeroportiga etib keldi. Tarkibida hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov ham bor dubayliklarni Saudiya Arabistoni futbol Federaciyasi vakillari kutib olishdi va mehmonxonagacha kuzatib borishdi.
"SHabab Al Ahli" jami 28 nafar o'yinchini "zayavka"dan o'tkazdi. Ular orasida osiyolik futbolchi limiti uchun Jaloliddin Masharipov ro'yxatga kiritilgan. Aziz G'anievda jarohat bor, Odil Hamrobekov esa OCHL "zayavka"siga kiritilmagan.
Eslatib o'tamiz, Ar-Riyod shahri mezbonlik qiladigan "A" guruhida "SHabab Al Ahli"dan tashqari, "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), AGMK (O'zbekiston) va "Istiqlol" (Tojikiston) jamoalari joy olishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar