So’nggi yangiliklar

11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1

OCHL-2021. "Kavasaki Frontale" bosh murabbiyi Toru Onike: "Ichki chempionatdagi muvaffaqiyatlarimizni OCHLda ham davom ettirishga harakat qilamiz" Yangiliklar

OCHL-2021. "Kavasaki Frontale" bosh murabbiyi Toru Onike: "Ichki chempionatdagi muvaffaqiyatlarimizni OCHLda ham davom ettirishga harakat qilamiz"

OCHL-2021 sharq mintaqasi "I" guruhi ikkinchi turidan o'rin olgan "Kavasaki Fronatale" - "Beyjing Goan" uchrashuvidan oldin Yaponiya klubi bosh murabbiyi Toru Onike va futbolchi YU Kobayashi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Oldindagi bahsda faqat g'alaba haqida o'ylamoqdamiz. Birinchi uchrashuvni foydamizga hal qildik. Bor etiborimiz "Beyjing Goan" bilan o'yinga qaratilgan. Boshqa narsa haqida o'ylayotganimiz yo'q. Umid qilamizki, navbatdagi o'yinda o'ylagan maqsadimizga erishamiz",- deydi Toru Onike.

"Murabbiyimizning fikrlariga qo'shilaman. Ushbu bahsda uch ochkoni o'z hisobimizga yozdirib qo'yishga harakat qilamiz",- deydi YU Kobayashi.

- Har uch kunda o'yinlar bo'lishi qay darajada qiyinchilik tug'dirmoqda?

- Qisqa muddatda boz ustiga yuqori haroratda o'yinlar o'tkazish albatta tasir qiladi. Baribir vaziyatdan kelib chiqib ish qilishimiz kerak bo'ladi. 

- Savolim futbolchiga. O'yindan oldin raqibni oson yutamiz, degan fikr yo'qmi

Raqibning tarkibida yosh futbolchilar bo'lsada, maydonga g'alabaga chanqoq bo'lib maydonga tushishadi. Biz ham xuddi shunday jangga tayyormiz. Maydonning har bir qarichi uchun jang qilib g'alaba qozonishni o'ylamoqdamiz.

- "Kavasaki Frontale" ikkinchi yildirki hamma musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.  O'z chempionatida etakchilik qilmoqda. Bu yutuqlarni OCHLda ham davom ettirgan holda g'olib chiqishni maqsad qilganmisiz?

- CHindan ham biz yaxshi o'yin ko'rsatmoqdamiz. O'z o'yin uslubimizni shakllantirib ulgurdik. Mana shu uslub orqali barcha o'yinlarda ijobiy natijaga erishganlarimizni qita miqyosidagi musobaqada ham davom ettirishga harakat qilamiz. 

- Raqib bosh murabbiyi "Kavasaki Frontale"ni qitaning eng kuchli jamoasi, deya etirof etdi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Bizga yuqori baho bergani uchun raqib jamoa murabbiyiga rahmat aytib qolaman. Lekin biroz oshirib yuboribdilar (kuladi). Hammasi maydonda bilinadi. O'zimizni yaxshi taassurot qoldirishga urinamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика