OCHL-2021. Akbar Navas: "Kuchli raqiblar bilan o'ynash futbolchilarimizga qo'shimcha motivaciya beradi"
30 iyu 2021 13:48
Yangiliklar
OCHL-2021. Akbar Navas: "Kuchli raqiblar bilan o'ynash futbolchilarimizga qo'shimcha motivaciya beradi"
"O'yinga ko'tarinki kayfiyatda tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Umid qilamanki, avvalgidan yaxshi o'ynay olamiz. "CHonbuk Motors" har tomonlama kuchli jamoa. Raqibning har bir chizig'ida yuqori saviyadagi futbolchilar jamlangan. Ular bizga muammo tug'dira olishadi. Qaysidir manoda bu futbolchilarimiz uchun o'ziga hos motivaciya bo'ladi. Birinchi o'yinda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishladik. Ertangi bahsda qo'pol xatolarni takrorlamaymiz, degan umiddaman. Futbolchilar qo'lidan kelgan barcha imkoniyatni ishga solishadi.
Har bir bahsda maydonda maksimal harakat qilmoqdamiz. Hamma bor kuchi bilan o'ynayapti. Ertaga qanday o'yin ko'rsatamiz, buni endi ko'ramiz. Janubiy Koreya jamoalari jismoniy tomondan kuchli va yakkakurashlarda yutqazishmaydi. Bu biz uchun muammo bo'lishi tabiiy. Hammasini maydonda ko'ramiz",- deydi Akbar Navas.
Fikrlar