So’nggi yangiliklar

03:00Ла Лига. "Реал" ва "Атлетико" ўртасида қизиқарли кечган Мадрид дербиси якунланди  144 02:59Англия кубоги. "Брайтон" иродали тарзда "Челси"ни мағлуб этиб, лондонликларни мусобақадан чиқариб юборди  8 00:48БАА Про лигаси. "Ал Ваҳда" ўз уйида "Хорфаккан"га 3та гол урди, Эркинов захирадан майдонга тушди  2 00:30Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" ўз уйида "Бешиктош"га мағлуб бўлди, голлардан бири Турғунбоев сабаб белгиланган пенальтидан урилди  2 00:05"Манчестер Сити" 1/16 финал босқичидаги энг чиройли голни ўтказди, Ҳусанов эса дебют голини урди  18 23:59А Серия. Иккита қизил карточка кўрсатилган ўйинда "Милан" иккита гол урди  4 23:43Хаби Алонсо Бундеслига рекордини такрорлади  0 23:14Туркия. "Сивасспор" Сульшер жамоасига мағлуб бўлди, Турғунбоев 53 дақиқа ўйнади  1 22:46Антони яна энг зўри  4 22:13Назорат ўйини. "Локомотив" Россия жамоаси билан дуранг ўйнади  2 21:45Аброр Пирриев Ўзбекистон футзал федерацияси тиббиёт департаменти директори этиб тайинланди  2 21:25Льюис Ҳусанов ҳақида: "Унда оғир старт бўлганди ва бугун гол урганидан хурсандман"  18 20:54Гвардиола Ҳусанов ҳақида гапирди  11 20:25Гвардиолага ёрдамга келган ўзбек  20 20:07Хосеп Гвардиола: "Кейинги босқичга чиққанимиздан хурсандман"  1

OCHL-2021. AGMK Tojikiston chempioniga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

OCHL-2021. AGMK Tojikiston chempioniga mag'lub bo'ldi

Osiyo chempionlar ligasi 2-turidan o'rin olgan AGMK - "Istiqlol" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.



OCHL, "A" guruhi. 2-tur.
18 aprel, yakshanba.
AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston) - 2:3
Ar-Riyod, "Qirol Fahd" stadioni.
Hakamlar
: Mohd Amirul Izvan (Malayziya), Mohd Yusri Muhamad (Malayziya), Parakkrama Hemathunga (SHri Lanka), Dilan Perera (SHri Lanka).
Nazoratchi: Naser Al Gafari (Iordaniya)
Komissar: Munem Fahouri (Iordaniya)

Gollar: Yovan Jokich 45+1 avtogol, - 0:1. Manuchexr Jalilov 55, - 0:2. Zafar Polvonov 57, - 1:2. Muhammadjon Rahimov 81, - 1:3. Zafar Polvonov 90, - 2:3.

AGMK: 35.Valijon Rahimov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov (77.Dilshod Ahmadaliev, 46), 8.Bobur Yo'ldoshev, 7.Sardor Rahmonov, 2.Akrom Komilov - 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov ( 4.Mirjamol Qosimov, 85), 22.Sanjar SHoahmedov (18.Aleksandr Kasyan, 56)- 11.Murod Toshmatov (10.Husniddin G'ofurov, 46), 9.Zafar Polvonov, 28.SHohruh Gadoev (94.Elvin Fortes, 72).
Zaxira: 1.Botirali Ergashev, 32.Suhrob Sultonov - 5.Dilshod Jo'raev, 15.Abbos Otaxonov, 21.Sanjar Jumaboev, .

"Istiklol": 1.Rustam Yatimov, 3.Andrey Mishchenko, 6.Zoir Jo'raboev, 7.Xuseyn Dogan (9.Rustam Soirov, 90+3), 8.Nuriddin Davronov, 10.Alisher Jalilov, 11.Muhammadjon Rahimov (19.Ahtam Nazarov, 90+3), 21.Aleksey Larin, 55.Manuchexr Safarov (4.Vaxdat Xanonov, 46), 63.Manuchexr Jalilov, 70.SHahrom Sulaymonov.
Zaxira: 99.Muhriddin Hasanov, 14.SHarifbek Rahmatov, 16.Safarmad G'aforov, 17.Ryota Nyoma, 27.Romish Jalilov, 28.Salam Ashurmamadov, 77.Xurshed Jo'raev.


YANGILASH



90+3. O'YIN TUGADI! AGMK - "Istiqlol" 2:3! 

90+3. O'zgarishlar. "Istiqlol". Dogan o'rniga Soirov, Rahimov o'rniga Nazarov tushdi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Zafar Polvonovdan dubl! 2:3

89. UXXXXX! Yovan Jokich 5 metrdan gol ura olmadi, u o'yindan tashqari holatda ekan, lekin baribir gol ura olmaslik qiyin edi bu joydan

86. ZARBA! Mirjamol Qosimovning jarimadan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

85. O'zgarish. AGMK. Sanjar Tursunov o'rniga Mirjamol Qosimov tushdi

83. ZARBAAA! Elvin Fortesning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi Yatimovning qo'llariga borib tushdi

81. GOL! Muhammadjon Rahimov jarima maydoni ichidan Valijon Rahimov darvozasiga gol urdi - 1:3

80. AGMK ketma-ket uch marta burchak to'piga ega bo'ldi, samarasiz

79. UXXXX! G'ofurovning jarima maydoniga uzatgan to'pi himoyachiga tegib maydonni tark etdi, Polvonov to'pga eta olmadi!

76. Tashabbus to'liq AGMK tomoniga o'tdi, ketma ket hujumlar, qanotdan to'p uzatishlar, hozircha samarasiz

72. O'zgarish. AGMK. Gadoev o'rniga Fortes tushdi

70. Uchrashuvdagi gollarni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH

65. ZARBA! Polvonov hozir akrobatik tarzda zarba berishga urindi, o'xshamadi

63. UXXXX! G'ofurov hozir supergol muallifi bo'lishi mumkin edi, birozgina noaniq ketdi!

59. GOOOOOOOOOOOOOL! YO'Q! Hakamlar ofsayd deb hisoblashdi. Quyidagi rasmni ko'ring va ofsayd bormidi degan savolga javob toping! 



57. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! ZAFAR POLVONOV! 1:2. Burchakdan uzatilgan to'pni Polvonov boshi bilan darvozaga yo'lladi! VIDEONI KO'RISH

56. O'zgarish. AGMK. SHoahmedov o'rniga Kasyan tushdi

55. GOL! Manuchexr Jalilov jarima maydoni ichidan gol urdi - 0:2

54. ZARBA! Alisher Jalilov jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq!

47. ZARBAAA! Burchakdan G'ofurovning uzatgan to'pi himoyachiga tegdi va darvoza ustuniga tegib qaytdi!

47. ZARBAAA! G'ofurovning zarbasi himoyachiga tegib qaytdi

46. Zaxiradan maydonga tushgan G'ofurov jarima to'pi ishlab oldi

46. O'zgarishlar. AGMK. Sulaymonov o'rniga Ahmadaliev, Toshmatov o'rniga G'ofurov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi! 


45+1. Birinchi taym yakunlandi

45+1. AVTOGOL! Jarimadan uzatilgan to'pni Yovan Jokich o'z darvozasiga gol urib qo'ydi - 0:1!

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

45. UXX! Akrom Komilov hozir Doganni yiqitdi va "Istiqlol"da jarima to'pi


43. ZARBA! CHap qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Gadoev boshi bilan darvozaga yo'lladi, noaniq!

42. ZARBA! Alisher Jalilov 22 metrlardan chap oyog'i bilan burama tarzda zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi!

40. UXX! Tursunovning burchakdan uzatgan to'pini Yatimov qaytardi!

38. ZARBA! Mirg'iyos Sulaymonov 25 metrlardan darvozaga aniq zarba berdi, yana Yatimov to'pni qaytardi!

36. ZARBA! Sanjar SHoahmedov jarima maydoniga kirib zarba berdi, to'pni Davronov qaytardi!

35. O'ng qanotdan Mirg'iyos Sulaymonov uzatgan to'pni Yatimov ushlab oldi

34. Guruhning ikkinchi o'yinida "Al Hilol" "SHabab Al Ahli" darvozasiga ikkinchi golni urdi. Andre Karilo to'p kiritdi - 2:0. 

32. ZARBAAA! Sanjar Tursunov jarima to'pini amalga oshirdi, Yatimov to'pni qiyinchilik bilan ushlab oldi!

26. ZARBAA! Yovan Jokich jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq!

23. Guruhning ikkinchi o'yinida "Al Hilol" "SHabab Al Ahli" darvozasiga gol urdi. 14-daqiqada Bafetimbi Gomis hisobni ochdi 

22. UXXX! Tursunov burchak to'pini amalga oshirdi, Yatimov to'pni qaytardi! Hakam Rahmonov hujumda qoidani buzdi deb topdi

22. Akrom Komilov chap qanotdan oldinga o'tib burchak to'pi ishlab oldi

16. ZARBA! Huseyn Dogan jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, Valijon Rahimov o'z o'rnida!

10. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Gadoevning havodan uzatgan to'piga Polvonov eta olmadi!

8. Xavfli vaziyat! CHap qanotga uzatilgan to'pni Akrom Komilov o'tkir burchakdan darvozaga yo'lladi, noaniq!

4. ZARBA! Alisher Jalilovning chap oyoq bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidib o'tib ketdi!

3.AGMK burchak to'piga ega bo'ldi, to'pni himoyachilar qaytarishdi

2.UXXXX! "Istiqlol"dan burchak to'pi, Rahimov to'pni qaytarishda xato qildi, Manuchexr Jalilov yaxshiyam darvozaga aniq zarba bera olmadi!

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 00:00da boshlanadi.

Reyting: -61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика