So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  3 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  6 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

OCHL-2020. Saralashda "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Seul" va "SHanxay SIPG" kimlarga qarshi o'ynaydi? Yangiliklar

OCHL-2020. Saralashda "Lokomotiv", "Bunyodkor", "Seul" va "SHanxay SIPG" kimlarga qarshi o'ynaydi?

Ertaga, 10 dekabr kuni 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi.

Ayni paytga kelib guruh bosqichiga yo'llanma olgan 24ta klub nomi malum. Qolgan 8ta klub saralash bahslaridan so'ng malum bo'ladi. Yani ikkala mintaqadan 4tadan klub guruh bosqichiga yo'llanma oladi.

O'zbekiston vice-chempioni "Lokomotiv" klubi ikkinchi saralash bosqichida o'z maydonida Tojikiston chempioni "Istiqlol" klubiga qarshi o'ynaydi. Ushbu bahs g'olibi pley-off bosqichida Saudiya Arabistonida "Al Ahli" bilan to'qnash keladi. Aynan mana shu uchrashuvda g'alabaga erishgan jamoa guruhda o'ynaydi.

Superligada uchinchi o'rinni egallagan "Bunyodkor" ham ikkinchi saralash bosqichini o'z uyida Iroqning "Al Zavra" klubiga qarshi o'tkazadi. Bu o'yin g'olibi BAAda "Al Ayn" mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs g'olibi guruh bosqichiga chiqadi.

Hamyurtimiz Odil Ahmedov o'ynayotgan Xitoyning "SHanxay SIPG" klubi pley-off bosqichini o'z maydonida "Buriram Yunayted" (Tailand) - "Xo SHi Min" (Vetnam) juftligi g'olibiga qarshi o'tkazadi.

Yana bir o'zbekistonlik futbolchi Ikrom Aliboev faoliyat olib borayotgan "Seul" klubi ham pley-offni o'z uyida o'tkazadi. Janubiy Koreyaga "Kedah" (Malayziya) - "Tay Po" (Gonkong) juftligi g'olibi tashrif buyuradi.




G'ARB MINTAQASI
Birinchi saralash bosqichi
14 yanvar

1."CHennayin Siti" (Hindiston) - "Al Riffa" (Bahrayn)
2."Al Faysali" (Iordaniya) - "Al Kuvayt" (Kuvayt)

Ikkinchi saralash bosqichi
21 yanvar

1."Bunyodkor" (O'zbekiston) - "Al Zavra" (Iroq)
2."Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)
3."SHahr Xodro" (Eron) - birinchi saralash bosqichi 1 g'olibi
4."Istiqlol" (Eron) - birinchi saralash bosqichi 2 g'olibi

Pley-off bosqichi
28 yanvar

I."Al Ayn" (BAA) - ikkinchi saralash bosqichi 1 g'olibi
II."Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - ikkinchi saralash bosqichi 2 g'olibi
III."Al Sayliya" (Qatar) - ikkinchi saralash bosqichi 3 g'olibi
IV."Ar Rayan" (Qatar) - ikkinchi saralash bosqichi 4 g'olibi



SHARQ MINTAQASI
Birinchi saralash bosqichi
14 yanvar

1."Seres-Negros" (Filippin) - "SHan Yunayted" (Myanma)
2."Tampines Rovers" (Singapur) - "Bali Yunayted" (Indoneziya)

Ikkinchi saralash bosqichi
21 yanvar

1."Kedah" (Malayziya) - "Tay Po" (Gonkong)
2."Buriram Yunayted" (Tailand) - "Xo SHi Min" (Vetnam)
3."Port FK" (Tailand) - birinchi saralash bosqichi 1 g'olibi
4."Melburn Viktori" (Avstraliya) - birinchi saralash bosqichi 2 g'olibi

Pley-off bosqichi
28 yanvar

I."Seul" (Janubiy Koreya) - ikkinchi saralash bosqichi 1 g'olibi
II."SHanxay SIPG" (Xitoy) - ikkinchi saralash bosqichi 2 g'olibi
III."Tokio" (Yaponiya) - ikkinchi saralash bosqichi 3 g'olibi
IV.Yaponiya klubi - ikkinchi saralash bosqichi 4 g'olibi


Oldinroq saytimizda "Lokomotiv" va "Bunyodkor" klublari saralashdan muvaffaqiyatli o'tishsa qaysi guruhda ishtirok etishlari haqida xabar bergan edik.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика